Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Meni ham bir yigit shunday sevsaydi,
Sevib o'ldirsaydi meni ham shunday.
(X.Davron)
Uzun tunlar bunchalar mahzun,
Mahzun tunlar bunchalar uzun.
(Iqbol Mirzo)
She’riy sintaksisda eng keng qo‘llaniluvchi vositalar- 
dan biri takrordir. Avvalo shuni aytish kerakki, takror tilning 
barcha sathlariga xos hodisa bo'lib, she’riyatda uning bir 
qator xususiy (tovush takrori, so‘z takrori, anafora, epifo- 
ra, ma’no takrori, ma’noning kuchaytirilgan va susaytiril- 
gan takrori, misra takrori, band takrori) ko'rinishlari faol 
qo'llaniladi. She’riy misralarda bir xil tovushlar takrori al- 
literatsiya deb yuritiladi. Alliteratsiyaning vokal alliteratsi- 
ya (unlilar takrori) va konsonans alliteratsiya (undoshlar 
takrori) turlari mavjud. Xullas, turli ko'rinishdagi takrorlar 
she’riy nutqqa musiqiylik, xushohanglik (evfoniya) baxsh 
etuvchi muhim vosita sanaladi.
So'z takrori ham sintaktik usullardan sanalib, u fikrni 
ta’kidlab ifodalash bilan birga ohangdorlikni oshirishga va
325


shular asosida she’rning ta’sir kuchini oshirishga xizmat 
qiladi. Masalan, X.Davron bir she’rida yozadi:
Oppoq edi boshda bu dunyo,
Ko‘cha oppoq, kechalar oppoq.
Qanday yaxshi ekan bolalik,
Oppoq rangiar bilan yashamoq...
Bir bandning o'zida «oppoq» so'zi to'rt marta takror- 
lanmoqda. Bolalik sog'inchi ifodalangan she’rda «op­
poq» so'zining ta’kidlab takrorlanishi bejiz emas - lirik 
qahramonning sog'inchi, aslida, o'sha oqlik, musaffolik, 
beg'uborlik sog'inchidir. Ya’ni bu o'rinda «oppoq» so'zining 
ta’kidli takrori lirik qahramon dilidagi kechinmani yorqinroq 
ifodalashga, ayni paytda, o'sha sog'inchning o‘quvchiga 
yuqtirilishida yetakchi ahamiyat kasb etadi. Yoki I.Mirzo 
she’ridan olingan mana bu bandda «yumshoq» so'zi to'rt 
bora aynan takrorlanadi:
Ushuq urgan ko'saklar yumshoq,
Paxta yumshoq, 
go'daklar yumshoq -
Domlaga gap qaytarmas edik,
Yer ham yumshoq - botardi etik...
Takrorlanayotgan «yumshoq» so'zi sho'ro zamonida 
paxtaga qul qilingan xalq fojiasini «yumshoqlik» bilan ochib 
beradi, lekin bu «yumshoqlik»ning ta’siri ancha-muncha 
invektiva ruhidagi xitoblardan ham ta’sirliroq. Buning bosh 
omili takrorning o'rinli, aniq badiiy-estetik maqsadni ko'zda 
tutgan holda amalga oshirilganidir. Gap takrorlanayotgan 
so'zlarning o'rniga tushganidagina ham emas, muhimi, 
ular fikr-tuyg'uni ta’kidlab-bo'rttirib ifodalayotganida. Tak­
rorlanayotgan «yumshoq» so'zi «osmon uzoq, yer qattiq»
326


naqli bilan pinhon zid qo'yiladi va shu asosda holatning 
mantiqqa sig'maydigan, chidab bo'lmaydigan ekanligi 
anglashiladi.
Anafora (misralar boshida bitta so'zning takrorlanishi) 
bilan epifora (misralar oxirida bitta so'zning takrorlanishi) 
ham mohiyatan so'z takrorining xususiy ko'rinishlaridir. 
Mumtoz she’riyatimizdagi radif va hojib ham, aslini olgan- 
da, so'z takrorining bir turi bo'lib, ular ham qat’iy belgilan- 
gan o'rinda - qofiyadan keyin yoki oldin takrorlanishi bilan 
xarakterlanadi. Aytish kerakki, mumtoz poetikada takror- 
lanuvchi so'zlar she’r misrasining qayerida joylashganiga 
qarab (baytning birinchi misrasi boshi va ikkinchi misra 
oxirida; ikkala misra boshida; birinchi misra oxiri va ikkin­
chi misra boshida va b.) takrorning yana bir qator ko'rinish- 
lari farqlanadi.
She’riy misralarda aynan bir so'zni emas, balki ma’noni 
kuchaytirib takrorlashga asoslangan usul gradatsiya deb 
yuritiladi. Masalan, I.Mirzo she’ridan olingan quyidagi par­
chada ma’noning kuchaytirilgan takrori kuzatiladi:
Sevgilim,
dilsizlar dillarimizni 
toshbo'ron g/'/salar, 
vayron g/'/salar,
tikonlar qoplasa yo'llarimizni...
E’tibor berilsa, avvalo, bu o'rinda ma’noning kuchay­
tirilgan takrori sintaktik parallelizm asosida voqelanayot- 
gani ko'riladi. Aynan sintaktik qurilish jihatidan o'xshash 
birliklarning ma’no urg'usi olayotgani she’r ritmini zarb 
bilan ta’kidlaydi, zarb esa she’r ohangiga sezilarli ta’sir 
qiladi - ovoz tonalligi ma’no kuchayishi barobarida yuqo- 
rilab boradi. Ma’noning kuchaytirilishiga kelsak, buning 
qisqacha sharhi quyidagicha: toshbo'ron vayronalikka
327


olib keladi, vayrona esa tikonzorga aylanishi bilan xarak- 
terlanadi. Ma’noning kuchaytirilgan takrori bu o'rinda lirik 
qahramon kechinmalaridagi dinamikani berish bilan birga 
o'quvchida ham tuyg'uni kuchaytirib, kechinmani chuqur- 
lashtirib boradi.
Tabiiyki, biz she’riy nutqning tashkillanishiga xos bar­
cha xususiyatlar, barcha usul va vositalarga mufassal 
to'xtalish imkoniga ega emasmiz. Demak, berilgan yo'na- 
lish asosida bu haqdagi tasavvur va bilimlaringizni boyi- 
tish sizning zimmangizga tushadi. Buning uchun sizdan 
she’rni mutaxassis sifatida o'qish, ya’ni yuragingizni «jiz» 
etkizgan she’rga mutaxassis sifatida qarash, o'sha she’r 
nimasi bilan ko'nglingizga o'tirishgani-yu shoir qaysi usul 
va vositalar bilan dilingizga yo'l topa bilganini anglashga 
intilishingiz talab qilinadi.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling