Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Ulug'vor bir qudrat bilan
Chayqaladi cho‘ng dengiz, -
satrlari normadan og'ish bo'lmagan holda, ya’ni to'g'ri tar- 
tibda «Cho'ng dengiz ulug'vor qudrat bilan chayqaladi» 
tarzida berilishi kerak. Inversiya hodisasining yuz berishi 
natijasida «qudrat bilan» so'z qo'shilmasi va «dengiz» 
so'zi misralardagi urg'uli pozitsiyaga chiqariladi, ayni shu 
so'zlarga ma’no urg'usining tushishi esa mualiif ijodiy ni- 
yatiga, she’r mazmuni va emotsional tonalligiga muvofiq 
keladi. She’rning keyingi satrlari:
Qancha og'ir xarsang toshlar
Tubda unga cho‘kkan tiz, -
inversiyaning funksiyalari aytilganlar bilan cheklanmasli- 
gi, uning bundan boshqa ham muhim vazifalari borligini 
ko'rsatadi. Odatdagi tartibda bu misralar «Tubda unga 
qancha og'ir toshlar tiz cho'kkan» shaklida bo'lishi lozim 
edi. Inversiya natijasida, birinchidan, ifodalash ko'zlangan 
mazmun uchun eng muhim so'zlar («xarsang toshlar», 
«tiz cho'kkan») urg'uli pozitsiyaga o'tkaziladi, ikkinchidan, 
«dengiz» va «tiz» so'zlari qofiyalanadi.
Sintaktik sathdagi og'ishlarning yana biri ellipsis bo'lib, 
unda gap bo'laklaridan biri (ko'proq bosh bo'laklar) atayin 
tushirib qoldiriladi. Masalan:
Bulbullarmi?! Yetar!
Gullarmi?! Bo'ldi!
So‘z navbati - yurakka...
(X.Davron)
322


Keltiriigan parchada kesim tushirib qoldiriigan va buning 
natijasida «yurakka» so'zi mantiqiy urg'u oladi, she’rning 
dastlabki misralaridagi ohangning saqlanishiga erishiladi. 
Mabodo kesim tushirilmaganida edi, unda so'nggi misra 
«So'z navbati yurakka beriladi» shaklida bo'lar, natijada 
esa yuqorida aytilgan samara tamoman yo'qqa chiqar edi. 
Shunga o'xshash, she’riy misralarning atayin tugatilmay 
qo'yilishi yana bir sintaktik figura - jim qolishni yuzaga 
chiqaradi:
Men sendan ketmoq istayman 
Yomglrdek emas -  
Yomg'ir yana qaytib keladi.
Men sendan ketmoq istayman 
Shamoldek emas -  
Shamol yana qaytib yeladi.
Men sendan ketmoq istayman 
Muhabbat kabi...
(X.Davron)
She’rning dastlabki ikki satri uchinchi misra bilan, keyin­
gi ikki satri oltinchi misra bilan izohlansa, so'nggi ikki satrda 
shoir bu yo'ldan bormaydi - jim qoladi, izohni endi she’r- 
xonning o'zi shakllantirishi zarur bo'ladi. Shunisi borki, ifo­
da etilmagan so'nggi izoh avvalgilariga mazmunan zid: 
yomg'ir qaytib keladi, shamol qaytib keladi - muhabbat 
qaytib kelmaydi. Eng muhimi, shoir bu xulosani aytmagani 
uchun ham she’rni o'qiyotgan kitobxon ongini «ketgan mu­
habbat qaytib kelmaydi» degan xulosa bir lahza chaqindek 
yoritib o'tadi - qo'llangan usulning estetik samarasi, ta’sir- 
dorligi ham shunda.
She’r misralarida bir xil yoki bir-biriga juda yaqin sin­
taktik konstruksiyalarning takrorlanib qo'llanishi - sintaktik 
parallelizm ham she’rning ohangdorligini, ta’sirchanligini 
oshiruvchi figuralardan sanaladi:
323


Yo'lin yo'qotsa odam - muhabbatga suyangay, 
G'ussaga botsa odam - muhabbatga suyangay, 
Chorasiz qotsa odam - muhabbatga suyangay...
(A.Oripov)
Ko'rib turganimizdek, keltirilgan parchada misralarning 
har biri bitta gapga teng, uchala gap bir xil tartibda qu- 
rilgan. Biroq bu sintaktik parallelizm voqe bo'lishi uchun 
albatta gap takrori bo'lishi kerak degani emas, u bir gap 
doirasida - bir xil sintagmalar takrori asosida ham yuzaga 
kelaveradi:
Men nima axtardim, neni izladim?
Kimga ermak bo'ldi go'zal hislarim?
Sinfdosh qizlarim, dildosh qizlarim
Kimlarga ko'ngilsiz yor bo'lib o'tar.
(Iqbol Mirzo)
Ko'p hollarda sintaktik parallelizm boshqa stilistik fi- 
guralar bilan birga qo'llanadiki, bu o'sha usulning este­
tik samarasini oshiradi, uni ta’kidlab ko'rsatishga xizmat 
qiladi:
Shamolga sovrildim, soylarda oqdim,
Sen hamon o'shasan, sen o'sha-o'sha.
(Iqbol Mirzo)
Birinchi misrada sintaktik parallelizm tufayli yuzaga 
kelgan ohang va mazmun ta’sirida o'quvchi ikkinchi mis­
rada ham shuni «kutadi», lekin ikkinchi misrada kesimlik 
qo'shimchasi tushirib qoldiriladi (buni shartli ravishda no- 
to'liq ellipsis deyish mumkin) va «kutilmaganlik» effekti 
asosida «o'sha-o'sha» so'ziga ayricha urg'u beriladiki, bu 
bilan ta’sirdorlik sezilarli ortadi. Yoki quyidagi misralarda 
ellipsis to'liq namoyon bo'ladi:
324


Aylanadi charxpalak, guldiraydi tegirmon,
Umr o'tar suv kabi, bug'doymisol to'kilar.
(Iqbol Mirzo)
Ikkinchi misradagi «bug'doymisol to'kilar» jumlasi- 
da ega («umr») tushirib qoldirilgan. Agar «Umr o‘tar suv 
kabi» jumlasi «ega - kesim - hoi» qolipida qurilgan bo‘lsa, 
«bug'doymisol to'kilar (umr)» jumlasi «hoi - kesim - (ega)» 
tarzida unga teskari tartibda qurilgan. Sintaktik parallelizm- 
ning bu turi xiazm deb atalib (mumtoz poetikada tardi aks), 
u sintaktik qurilmani teskari tartibda takrorlashga asosla- 
nadi:

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling