Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

aksentli she’r bir-biridan o'lchovga solinganlik darajasi bi­
lan farqlanadi.1 Agar dolnikda ikki va uch bo'g'inli stopalar 
aralash kelgani holda, umuman olganda, izosillabizm va 
stopa tartibi mavjud bo'lsa, taktovikda izosillabizm saqlan-
1 Федотов О.И. Основы теории литературы. В 2-х ч. 4.2. - М.: Владос, 
20 03 .- С . 106.
332


gani holda, stopa tartibiga amal qilinmaydi, ya’ni har ik- 
kisida ham sillabo-tonik she’r bilan aloqa hali butkul uzilib 
ketgan emas. Aksentli she’r esa tom ma’nodagi tonik she’r 
bo'lib, unda urg‘ular soni teng bo‘lgani holda, bo‘g‘inlar 
sonida erkinlik kuzatiladi.
Aslida, sillabo-tonik she’r tizimini tonik va sillabik 
she’rning to'liq sintezi deyish mumkin, Negaki, unda mis- 
ralardagi bo'g'inlar sonining ham, urg'ular sonining ham 
teng bo'lishi nazarda tutiladi. Bu she’r tizimi rus she’ri­
yatida XVIII asr o'rtalaridan qaror topa boshlagan va ho- 
zirgi vaqtda ham salmoqli o'rin tutadi. Sillabo-tonik she’r 
tizimida, nomlanishidan ham ko'rinib turibdiki, bo'g'inlar 
va urg'ular soni birdek ahamiyatli, unda she’r misralarida 
urg'uli va urg'usiz bo'g'inlarning muayyan tartibda (besh- 
ta asosiy turoq - stopa shaklida: - v, v - , — v, v — , - v 
- ) takrorlanib kelishi o'lchov asosi sanaladi. Ayni shun­
day sintez turkiy aruz uchun ham xosdir. Negaki, turkiy 
aruzda ham qisqa va cho'ziq hijolar muayyan tartibda 
takrqrlanadigina emas, misralardagi bo'g'inlar soni ham 
aksariyat hollarda tengdir.
Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon»da bergan ma’lumot- 
ga ko'ra, «aruz» atamasi uning asoschisi Xalil ibn Ahmad 
yashagan joydagi vodiy nomi bilan bog'liq ekan. Boshqa 
aruzshunoslar, xususan, Vahid Tabriziy esa «aruz» arab ti- 
lida chodirni tutib turish uchun o'rtaga qo'yiladigan yog'och 
(ustun)n\ anglatadi va aruz atamasi shu so'zdan olingan 
deb hisoblaydi. Ular bu fikrning qo'shimcha asosi sifatida 
yana baytdagi birinchi misraning oxirgi taqtesi ham «aruz» 
deb atalishi, baytning ham (xuddi chodir «aruz»ga tayan- 
ganidek) shu ruknga tayanishi, ya’ni shu rukn o'qilganda 
she’rning qaysi vaznda ekanligi aniq bo'lishini keltiradilar. 
Bu fikrlaming qaysi biri haqiqatga yaqinligidan qat’i nazar, 
biz «aruz»ning istilohiy ma’nosi bilan ish ko'ramiz, ya’ni 
«aruz» deganda sharq she’riyatida keng tarqalgan metrik 
she’r tizimini tushunamiz.
333


Mutaxassislar aruz she’r tizimi arab adabiyotida VIII 
asrdan maydonga kelgani va iX asrdanoq forsiy tilda- 
gi adabiyotda ham qo'llana boshlaganini qayd qiladi­
lar. Turkiy adabiyotda ham aruzning qo'llana boshlashi 
taxminan shu vaqtga to‘g‘ri keladi degan fikr mavjud. 
Fitrat bu haqda to‘xtalib: «Bizning 0 ‘rta Osiyo turklari 
tomonidan qachon qabul etilgani aniq emas. Biroq hijriy 
462 da Qashqarda yozilgan mashhur «Qutadg'u bilik» 
kitobining shu aruz vaznida yozilg'ani e’tibor etilsa, juda 
eskidan qabul etilgani ma’lum bo'ladur»1, - deb yozadi. 
Hartugul, turkiy aruzda yaratilgan ilk asar deb hozircha 
«Qutadg'u bilik» tan olinar ekan, aruzning turkiy adabi­
yotda qaror topishi taxminan X - XI asrlarga to‘g‘ri kela- 
di deyish mumkin.
Aruzdagi eng kichik ritmik bo'lak sifatida ayrim muta­
xassislar (arab va fors aruzshunosligi an’analariga mu- 
vofiq) harfni, boshqalari esa (turkiy tillar va turkiy aruz xu- 
susiyatlaridan kelib chiqib) hijoni ko‘rsatishadi. Ya’ni eng 
kichik ritmik bo'lak sifatida harfning olinishi arab tili (va yo- 
zuvi) uchun xosroq, o'zbek tili uchun esa hijoning olingani 
qulayroq. Shunday bo‘lsa-da, aruzdagi tarkiblanishni yax- 
shiroq tasavvur qilish uchun harf eng kichik birlik sifatida 
olingan holatdagi tarkibianishga qisqacha to'xtalib o'tish 
maqsadga muvofiq.
Demak, arab aruzshunosligida eng kichik ritmik bo'lak
- harf, harf esa ikki turli bo'ladi: mutaharrik (cho'zg'ili) va 
sokin (cho'zg'isiz). Cho'zg'i deganda unli tovush tushuni- 
lishi e’tiborda tutilsa, «mutaharrik harf», «sokin harf» ata- 
malarining ma’nosi anglashiladi. Masalan, «ko'z» so'zi ikki 
harf: bir mutaharrik («ко'») va bir sokindan («z») tarkib 
topadi. Mutaharrik va sokin harflarning muayyan tartibda 
qo'shilishidan juzvlar yuzaga keladi. Juzvlar harfga nis- 
batan kattaroq ritmik bo'lak sanalib, ular har biri o'z ichida
1 Фитрат А. Адабиёт коидалари // Фитрат А. Танланган асарлар. 4 ж. 4-ж. -
Тошкент: Маънавият, 2006. - Б.29.
334


ikkiga bo'linadigan uch turga ajratiladi: sabab, vatad va 
fosila. Juzvlarning muayyan tartibda birikishidan ruknlar, 
ruknlarning she’r misrasida muayyan tartibda takrorla- 
nishidan esa bahrlar hosil bo'ladi.
O'zbek aruzi uchun eng kichik ritmik bo'lak sifatida hijo 
olinishi aytildi. Hijolar uch turli bo'ladi: qisqa, cho'ziq va o'ta 
cho'ziq. Birgina qisqa unlidan (a-lam, i-lik) iborat bo'lgan 
yoki qisqa unli bilan tugagan ochiq bo'g'in (ma-kon, ba- 
lo) qisqa hijo hisoblanadi, u paradigmada (v) belgisi bilan 
ifodalanadi. Cho'ziq hijo cho'ziq unli bilan tugagan ochiq 
bo'g'in yoki qisqa unlili yopiq bo'g'inga teng bo'lib, para­
digmada (-) belgisi bilan ifodalanadi. Tarkibida cho'ziq unli 
bo'lgan (chi-roq) yoki qo'sh undosh bilan tugallangan yopiq 
bo'g'in (ishq, ko'shk) o'ta cho'ziq hijo sanalib, paradigmada 
(misra ichida bo'lsa: - v, misra oxirida esa: ~) belgisi bilan 
ifodalanadi.
Hijodan keyingi ritmik bo'lak - juzvni alohida ajratish 
o'zbek aruzi uchun uncha zarur bo'lmasa-da, ularga ham 
qisqacha to'xtalib o'tamiz. Yuqorida aytilganidek, uch juzv- 
ning birinchisi sabab deb nomlanadi. Sabab o'z ichida ik­
kiga bo'linadi:
1) sababi xafif bir harakatli va bir sokin harfning qo'shi- 
lishidan yuzaga keladi, ya’ni bir cho'ziq hijoga teng bo'ladi: 
ko'z, so'z, yuz (-);
2) sababi saqiyl ikki harakatli harfning qo'shilishidan ho­
sil bo'ladi, ya’ni ikki qisqa hijoga teng bo'ladi: o'zi, ko'zi, 
so'zi (vv).
Vatad juzvi ham asosan ikki xil:
1) vatadi majmu’ ikki harakatli va bir sokinning qo'shi­
lishidan hosil bo'ladi, ya’ni bir qisqa va bir cho'ziq hijoga 
teng: malak, palak (v -);
2) vatadi mafruq ikki harakatli o'rtasida bir harakatsiz 
harf kelishidan hosil bo'ladi, ya’ni bir cho'ziq va bir qisqa 
hijoga teng: hafta, chipta ( - v).
Fosila juzvi ham ikki turli:
335


1) fosilayi sug'ro uchta mutaharrikdan so‘ng bir sokin 
kelishidan hosil bo'ladi, ya’ni ikkita qisqa va bir cho‘ziq hi- 
joga teng: kapalak (v v -);
2) fosilayi kubro to'rt mutaharrik va bir sokindan hosil 
bo'ladi, ya’ni uchta qisqa va bir cho'ziq hijoga teng bo'ladi: 
kurashajak (v v v -).
Shunga o'xshash, keyingi ritmik bo'lak - ruknlar juzv- 
larning muayyan tartibda birikishidan hosil bo'ladi. Masa­
lan, bitta vatadi majmu’ (v - ) va ikki sababi xafif (-) biri-
kuvidan mafoiylun ( v -------) rukni hosil bo'ladi. Aruz tizimi
asosini tashkil etuvchi sakkiz rukn (asilar) quyidagilar: 
Faulun v —
Foilun - v -
Mafoiylun v ------
Foilotun - v —
Mustafilun — v -
Maf’u lo t u ------ v
Mutafoilun v v - v -
Mafoilatun v - v v -
Mazkur asllarning she’r misrasida muayyan tartibda 
takrorlanishidan bahrlar yuzaga keladi. Aruz tizimidagi 
bahrlar soni manbalarda turlicha ko'rsatiladi. Xususan, 
Hazrat Navoiy «Mezon ul-avzon»da bahrlar adadini 19 
ta deb ko'rsatadiki, biz shuni asos deb olamiz. Bahrlarni 
tarkiblanishiga ko'ra uch guruhga ajratish mumkin:
a) bitta aslning takroridan hosil bo'luvchi bahrlar: 
faulun / faulun ... = mutaqorib
foilun / foilun ... = mutadorik 
mafoiylun / mafoiylun ... = hazaj 
foilotun / foilotun ... = ramal 
mustafilun / mustafilun ... = rajaz 
mutafoilun / mutafoilun ... = komil 
mafoilatun / mafoilatun ... = vofir
b) ikki aslning ma’lum tartibdagi takroridan hosil bo'luv­
chi bahrlar:
336


mafoiylun / foilotun = muzori’ 
foilotun / mustafilun = xafif 
mustaf’ilun / foilotun = mujtass 
mustafilun / mafulotu = munsarih 
mafulotu / mustafilun = muqtazab 
faulun / mafoiylun = tavil 
foilotun / foilun = madid 
mustafilun / foilun = basit
d) ikki bir xil va bir boshqa xil aslning takroridan hosil 
bo'luvchi bahrlar:
mafoiylun / mafoiylun / foilotun = qarib 
foilotun / foilotun / mafoiylun = mushokil 
foilotun / foilotun / mustafilun = g‘arib 
mustafilun / mustafilun / maf ulotu = sari’
Aytish kerakki, sanalgan bahrlar o'zbek she’riyatida 
ishlatilishi, faolligiga ko'ra bir-biridan jiddiy farqlanadi. 
Jumladan, aruzshunos A.Hojiahmedov ma’lumotiga ko'ra, 
ulardan 7 tasi (vofir, muqtazab, madid, basit, qarib, musho­
kil, g‘arib) o'zbek she’riyatida mutlaqo qo'llangan emas; 
mutadorik, komil va tavil bahrlaridan juda kam shoirlarfoy- 
dalanganlar. Qolgan 9 ta bahr (hazaj, ramal, rajaz, muzo­
ri’, xafif, mujtass, munsarih, sari’, mutaqorib) esa o'zbek 
she’riyatida faol qo'llangan.
Bahr tarkibidagi asllar o'zgarishsiz yoxud ma’lum 
o'zgarishga uchragan holda takrorlanishi mumkin. O'zga­
rishsiz takrorlangan asllardan hosil bo'luvchi bahrlar solim 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling