Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

lon), gap-komponent va gap. Mazkur birliklar qo‘shma gap 
doirasida to'la namoyon bo'lishi mumkin. Qo'shma gap 
tarkibidagi sodda gaplar gap-komponent bo'lsa, ularning 
tarkibidagi so'z birikmalari sintagmadir. Ayni chog'da, rit­
mik jihatdan qaraganda bitta so‘z ham, bitta so‘z birikmasi 
ham, bitta gap (masalan, qo'shma gap tarkibidagi yig‘iq 
sodda gap) ham sintagmaga teng kelaverishi mumkinligini 
unutmaslik kerak. Nasriy matnning mazmuniy va ritmik-in- 
tonatsion jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lagi esa abzats 
bo'lib, u she’rdagi band kabidir.
Saj’ning ildizlari xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi. 
Buning sababi, xalq og'zaki ijodi janrlarining asosan ijro-
1 Атоулло* Х,Усайний. Бадойиъу-с-санойиъ. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 
1981. - Б.67.
297


ga mo'ljallangani, ayrim janrlar ijrosining musiqa jo'rligida 
amalga oshirilgani bilan belgilanadi. Zero, ritmiklik matn­
ning eslab qolinishini osonlashtiradi, ijro paytida xushja- 
ranglik bag'ishlaydi, asarning har bir konkret qismiga ifo- 
da etilayotgan mazmunga mos hissiy bo‘yoq beradi va 
pirovardida o'sha hislarni tinglovchiga yuqtiradi. Masalan, 
«Alpomish»ning Fozil Yo'ldosh o'g'lidan yozib olingan vari- 
antidagi ilk jumlalarga diqqat qiling1:
Burungi o'tgan zamonda, / 
8
o'n olti urug' Qo'ng'irot elida, / 
11
Dobonbiy degan o'tdi.// 
7
Dobonbiydan / 
4
Alpinbiy degan / 
5
o'g'il farzand paydo bo'ldi. // 
8
Alpinbiydan / 
4
tag'i ikki o'g'il paydo bo'ldi:// 
10
kattakonining otini 
8
Boybo'ri qo‘ydi, 
5
kichkinasining otini 
8
Boysari qo‘ydi.// 
5
Boybo'ri bilan Boysari - / 
8
ikkovi katta bo'ldi. // 
7
Boybo'ri boy edi,
6
Boysarisi shoy edi, 
7
bu ikkovi ham farzandsiz bo'ldi. Ill 
10
Keltirganimiz doston matnidagi ilk abzats, ya’ni rit- 
mik-intonatsion jihatdan nisbiy tugal qism. Odatda, katta 
epik asarlar shunday vazmin-salobatli ohangda boshla- 
nadi. Baxshi gapni uzoq o'tmishdan boshladi - ajdodlarni 
sanab, doston zamoniga yetkazdi, informatsiya e’tiroz-u 
shubhaga o'rin qoldirmaydigan tarzda, ayni haqiqat o'laroq
'
Ritmik bo'lak va vositalar ko'zga aniq tashlanib tursin degan maqsadda misol 
qilib keltiriladigan nasriy parchalar satrlarga ajratib berilyapti.
298


taqdim etildi. Albatta, bunda o'sha vazmin-salobatli ohang 
muhim. Ilk jumla ohangi - leytmotiv, kuy ilk pardalaridan 
tanib olingani kabi. Bu ohangni hosil qiladigan ritm esa, av- 
valo, ilk jumladagi kolonlarning uzunligi (8,11 va 7 bo'g'in) 
hisobiga yuzaga keladi. Agar, o'rta martabadagi saj’da 
kalom bo'laklari bir-biridan «ozgina uzun (yo qisqa)roq» 
bo'lishi mumkinligidan kelib chiqqan holda, 7 va 8 bo'g'inli 
kolonlarni yaxlitlab, shartli ravishda 8 bo'g'inli, 10 va 11 
bo'g'inlilarni 10 bo'g'inli, 4, 5 va 6 bo'g'inlilarni 5 bo'g'inli 
deb olsak, parchada 5, 8 va 10 bo'g'inli kolonlar muayyan 
tartibda takrorlanayotganini ko'rish mumkin bo'ladi. Albat­
ta, bunda she’rdagi kabi qat’iy o'lchov va tartib asosidagi 
ritm yo'q, biroq taqriban teng bo'laklarning birmuncha er­
kin tarzdagi takroridan o'ziga xos ritmiklik yuzaga keladi. 
Kolonlar oxiridagi tovushlar ohangdoshligi, takror, sintak- 
tik parallelizm kabi ritmik vositalar esa ritmiklikni ta’kidlab 
kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tasvirlanayotgan narsa-hodisa, hayotiy holat ruhiyatga 
ta’sir qiladi, buning natijasida ko'ngilda boshlangan tuyg'ular 
harakati esa eng avval ritmda o'z aksini topadi. Masalan, 
Ergash Jumanbulbul o'g'li daryoda oqib kelgan sandiqdan 
Xolbeka oyimning surati chiqib, «ishqi yuz bo‘lgan»idan 
Kuntug'mish to'ra «toqat qilolmay» behush yiqilgan paytda- 
gi tahlikali vaziyatni mana bu tarzda tasvirlaydi:
Qirq yigit shoshib, 
5
dami ichiga tushib, 
7
aqlidan adashib, 
6
barisi chuvlashib, 
6
to'rani o'rtaga olib, 
8
hay-hayni solib: 
5
- Ko'zingni och! - dedi. 
6
To'rani asio o'ziga keltirolmadi. 
13
E’tibor berilsa, baxshining hayajoni qirq yigitnikidan aslo 
kam emas, go'yo qirq yigit qatori shahzoda uchun mas’ul-
299


lik unga ham yuklangan-u, hozirgi holdan aqli shoshib, ne 
qilarini bilmay turibdi. Ayni hisni o'quvchiga yuqtirish, uni 
hayotiy holat ruhiga olib kirishda ritm hal qiluvchi ahami­
yat kasb etadi. Tahlikali vaziyatga mos shiddatli ritm 5-6 
bo‘g‘inli qisqa kolonlar, sanash ohangidagi uyushiq gap va 
bo'laklardan tarkibiangani, ulardan oltltasining ohangdosh 
tugatilgani, mazmunning izchil kuchaytirib borilgani kabilar 
hisobiga yuzaga keladi. Yettinchi kolonning avvalgilari kabi 
ohangdosh emasligi, boshqacha tugallangani «zarb» ef- 
fektini hosil qiladi. Nihoyat, parchaning oxiridagi 13 bo'g'in- 
li kolon - jumladagi ruhiy holat bungacha kuzatilganiga 
tamom zid. Ya’ni endi nuqtayi nazar tamom o'zgardi: bun­
gacha vaziyat ichdan tasvirlangan bo'lsa, endi unga chet- 
dan nazar solinyaptiki, bu asarning qabul qilinishini bosh- 
qarishda ham ritmning muhim rol o'ynashiga dalolat qiladi.
Mumtoz adabiyotimizning ko‘plab namunalarida saj’dan 
g‘oyat mohirona va samarali foydalanilgan. Yuqorida Haz- 
rat Navoiy qit’alarining nasriy sarlavhalarldan ayrim namu- 
nalarni ko‘rib o'tdik. Bundan tashqari, «Xamsa» dostonlari 
boblarining nomlanishida ham saj’ning turli martabadagi 
navlari qo'llanganini ko'rish mumkin. Masalan, «Lay I i va 
Majnun»ning XVII bobl mana bu tarzda sarlavhalanadi:
Majnunning firoq chohida tanur ichidagi otd e k tobi 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling