Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
tayyor bo'ladi» demoqda, ya’ni ohang tayyor holda beril-
maydi, balki materialni anglash-u his qilish jarayonida dun- yoga keladi - «tayyor bo'ladi». Shunga o'xshash, birguruh rus adiblari orasida ritmning nasrdagi o'rni va ahamiyati haqida so'rov o'tkazilganida, ko'pchiligi har bir asarning o'z ritmi, ohangini topib olish g'oyat muhim ekanini u yoki bu yo'sinda ta’kidlaganlar. Jumladan, mashhur adib V.Astafyev aytadiki: «Tovushsiz so'z mavjud emas. So'z paydo bo'lishidan avval tovush dunyoga keldi. Nasrda ham shunday: hali syujet paydo bo'lmay turib, ijodiy niyat shakllanmasidan avval asar «jarang topishi», ya’ni qalbda «ohang» o'laroq tug'ilishi lozim, boshqa hamma narsa esa keyin, boshqa hammasi shunga elchib keladi».2 Tilshunoslikda nutqning eng kichik ritmik bo‘lagi sifati da sintagma e’tirof etiladi. Sintagma esa tilshunoslik ata- masi bo'lib, semantik-grammatik-fonetik jihatlardan bir- lashgan so'zlar guruhini anglatadi. Bu holda sintagma, aksar, so'z birikmasiga teng, biroq uning ba’zan birgina so'zga, ba’zan esa gapga teng kelish hollar! ham uchrab turadi. Shuningdek, sintagmani «nutq-tafakkur jarayonida mazmuniy birlikni ifodalovchi fonetik birikma»3 deb tushu nish ham mavjud bo'lib, bu holda uning chegarasi pro- sodik vositalar (urg'u, pauza) bilan belgilanishi aytiladi. L.V.Shcherba fransuz tilida urg'u so'zga emas, mazmunan o'zaro bog'liq so'zlar guruhiga tushishini nazarda tutgan holda sintagmani fonetik birlik sifatida talqin qiladi. Bundan 1 Суз бу - сехрли дунё. Узбекистан халк ёзувчиси Уткир Хошимов билан су*бат // Шарк юлдузи,- 2010,- №1. - Б.133 - 134. 2 ^аранг: Гиршман М.М. Ритм художественной прозы. - М.: СП, 1982. - С.60, 38. 3Щерба Л.В. Фонетика французского языка. - М.: Высшая школа, 1963. - С.86. 294 tashqari, L.V.Shcherba ayrim fransuz fonetiklari sintagma- ni nafas guruhi deb atashlari va bunda ayni so'zlar guruhi bir nafasda aytilishi, ularning orasida pauzalar bo'lmasligi lozim ekanligini nazarda tutishlarini ham aytadi.1 Agar nutq ritmikligi nuqtayi nazaridan qaralsa, sintagmaga fonetik birlik sifatida qarashni asos uchun olgan qulayroq, biroq uning semantik va grammatik tomonlarini ham hamisha yodda tutish zarur bo'ladi. Albatta, o'zbek tilidagi nutq ham so'zlarning mazmuniy-grammatik-fonetik jihatdan birikishi asosida tashkil topuvchi guruhlar - sintagmalarga bo'lina- di. O'z navbatida, qonuniyatlar umumiy ekanidan kelib chiqsak, ayni guruhlarning har biri bitta mazmuniy urg'u olishi, bir zarb bilan talaffuz etilishi ham tabiiydir. Adabiyotshunoslikda nasriy nutqning ritmik bo'laklar- ga ajralishi qadim zamonlardayoq anglangan. Antik ritori- kadan boshlab nasriy nutqning eng kichik ritmik bo'lagi ko- lon i§tiiohi bilan yuritilgan. Zamonaviy adabiyotshunoslikda ham ushbu termin yuqorida ta’riflangan sintagma istiiohi o'rnida qo'llanadi. Aslida, bu ikki termin o'zaro «umumiy- lik - xususiylik» munosabatida: agar sintagma umuman nutqqa xos ritmik bo'lak ma’nosida qo'llansa, kolon badiiy nasrga xos ritmik bo'lakni anglatadi. Nasr ritmikligi masalasiga mumtoz Sharq adabiyot- shunosligida ham alohida e’tibor bilan qaralgan. Jum ladan, Atoulloh Husayniy saj’ «arabiyyat ahlining birtoifasi nazdida nasrga xos» ekani va bunda «nasr fosilalarining oxirgi harfta muvofiqlig'i» nazarda tutilishini aytadi. So'ng ta’rifini zarur izoh bilan oydinlashtiradi: 1) «fosiladin mu- rod ul so'zdurkim, aning tufaylidin kalom qarinalari, ya’ni bo'laklari bir-biridan ayrilib turg'ay»; 2) «oxirg'i harftin mu- rod so'z o'zagidagi qofiya raviysi yanglig' amalda bo'lg'an oxirg'i harf yoki o'shul harfqa o'xshash o'zga bir harftur».2 10'sha joyda. 2Атоуллох; ^усайний. Бадойиъу-с-саноииъ. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1981. - Б.62. 295 Endi mazkur ta’rifni yaxshiroq tushunib olmoq uchun, ma salan, hazrat Navoiy qit’alaridan biriga qo'yilgan quyidagi sarlavhani olaylik: «Kamol kasbiga dalolat-u nuqsonidin izhori malolat». Bunda kalom (gap)ni ikki qarina (bo'lak) ga ajratayotgan dalolat va malolat so'zlari fosilalar bo'lib, ular oxirgi harf (l)da o'zaro muvofiqdir. Boshqa bir qit’aning sarlavhasida esa to'rtta fosila mavjud, ya’ni unda to'rtta ritmik bo'lak ajraladi: «Dono nuktasini nodon eshitmasa, qoyilg'a ne ziyon, gavhareki bu sochar, ul termasa, munga ne nuqsori». Ilmi badiga oid ayrim manbalarda saj’ nasrga xos deyil- sa, boshqalarida ham nasrga, ham nazmga xosligi e’tirof etiladi. Shunga qaramay, sajni nasrga xos deb bilish, qofi- yali nasr sifatida tushunish kengroq ommalashgan va bu ilmiy jihatdan to'g'riroqdir. Ikkinchi tomoni, garchi saj’ de ganda eng avval qofiyali nasrtushunilsa-da, o'sha qofiyalar ajratuvchi nutqiy bo'laklarning o'lchovda taqriban yaqinligi ham e’tiborga olinadi. Masalan, yuqorida keltirilgan qit’a sarlavhalari, xususan, ikkinchisini har bir bo'lagini alohida satrga joylashtirib yozib ko'raylik: Dono nuktasini nodon eshitmasa, 12 qoyilg'a ne ziyon, 6 gavhareki bu sochar, u\termasa, 11 munga ne nuqson». 5 Ko'rib turganimizdek, ushbu parchada fosilalar ajra tayotgan 1 - 3- va 2 - 4-bo'laklar taqriban teng, shu bois ham uning talaffuzida ritm aniq his etiladi. Mumtoz adabi- yotshunoslikda «saj’ning eng yuksak martabasi uldurkim, bo'laklar barobar bo'lg'ay» deb hisoblangan. O'rta marta- basida esa kalomdagi «keyingi bo'lak oldingi bo'laktin had- din ortiq bo'lmag'an darajada ozg'ina uzunroq bo'lg'ay». Faqat shunisi borki, agar «Kalom uch bo'lakli bo'lsa-yu uchunchi bo'lak birinchi va ikkinchi bo'laklarning yig'in- 296 disiga teng bo'lsa, andin mustasnodir, chunki bu holda ikki bo'lak uchunchi bo‘lak qarshisida bir bo'lak hukmida bo'lur». Nihoyat, saj’ning tuban martabasida kalomning «keyingi bo'lagi olding'i bo'lagidin ko‘p uzun (yoki ko‘p qisqa - D.Q.) bo'lg'ay va bu aybdur».1 Bir qarashda ush- bu ta’rifdagi saj’ning yuksak martabasi degani nazmga - she’riy nutqqa taalluqlidek ko'rinadi. Sirasi, badiiy nutq sifatida asosan nazm e’tirof etilgan bir sharoitda «yuksak martaba» she’rga loyiq ko'rilishi tabiiydek ham. Biroq «ka- lom bo'lagining uzunligi» deyilganidan (yoki o'sha kalom bo'lagining vazni, ya’ni undagi uzun va qisqa hijolar kom- binatsiyasi deyilmaganidan) bu o‘rinda gap aruziy tushun- chadagi vaznda tenglik haqida emas, balki nasrdagi ritmik- lik haqida borayotgani yaqqol anglashiladi. Shu o'rinda yana bir muhim nuqtaga diqqat qilish maq- sadga muvofiq: saj’ta’rifida «kalom bo'laklari» tushunchasi- ning asos qilib olingani mumtoz adabiyotshunosligimiz bilan zamonaviy adabiyotshunoslikning bu boradagi qa- rashlarida mushtaraklik borligini ko'rsatadi. Negaki, ho- zirgi adabiyotshunoslikda ham nasming ritmik bo'laklari gap (kalom) bilan bog'liq belgilanadi: sintagma (yoki ko- Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling