Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

«D o m la 
(fikridan chalg'imay): Yo'q, xonim, siz gapni 
chalkashtiryapsiz. Mustaqillik boshqa, ozodlik tushuncha­
si bir boshqa, ijtimoiy adolat, tenglik g ‘oyalari -  boshqa! 
Axir, milliy mustaqil mamlakatda ham adolatsizlik, bedodlik 
hukm surishi mumkin-ku. Misol kerakmi sizga?.. Bilgingiz 
kelsa, men ijtimoiy adolat, insoniy tenglik tarafdoriman, xo- 
los. Zinhor-bazinhor kechagi istibdodrimg emas! Qolaver- 
sa, odamzod muayyan bir g'oyadan charchasa yoki ijti­
moiy tabaqalashuv, haqsizlik haddan oshsa, jamiyatda 
muvozanat buziladi. Ana shunda islohot yo inqilob zaru- 
rati tug'ilib, mulk qoldan qo'lga o'tadi. Huv, Oktabr inqilobi 
chog'ida shunday bo'lgan, bilasiz».
268


Avvalo, replikadagi gaplarning mantiqiy izchillikda bog‘- 
langani, bir-birini to'ldirib-izohlagan holda fikriy butunlik 
hosil qilayotgani, mazmunida ilmiy mantiqning ustuvorligi
- bari uning chinakam (ya’ni shu asardagi Xonim yoki Tur- 
suniy kabi emas) ijtimoiyotchi olimga xosligini ko'rsatadi. 
Unda ishlatilgan so'z va birikmalarning aksariyati (kursiv 
bilan ajratildi) so‘zlovchi mashg'ul bo'lgan ilm sohasining 
istilohlaridir. Hatto tilimizda faol qo'llanuvchi «mustaqillik», 
«ozodlik» kabi so'zlar ham bu o'rinda istilohiy ma’noda ish- 
latilmoqda. O'quvchi domlaning mustaqillikka munosabati 
teran anglanganligi, ayrim hamkasblariga xos shiorbozlik- 
dan yiroqligini his qiladi. Fikri uyg'oq odam sifatida u yuz 
berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan tanqidiy mavqeni 
egallagan, biroq mustaqillikni ich-ichidan yoqlaydi, chunki 
chinakam olim o'laroq mohiyatga qaramoqda.
Domlaning xotini Xonim nutqida varvarizm\ar - o'rinsiz 
qo'llangan xorijiy so'zlar ko'p uchraydi. Jumladan, ruscha 
so'zlar. Bu - sho'ro davrida ayrim qatlamlarni o'zligidan 
uzilib,. qolishga olib kelgan «madaniyatli» ko'rinishga in- 
tilish natijasi: domlaning xonadonida ruscha so'zlashil- 
gan, bolalar ruscha tarbiya ko'rgan. Shu jihatdan qaralsa, 
Xonimning o'g'liga mana bu tarz gapirishi muhit koloritini 
aks ettiruvchi muhim vositadir:

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling