Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
257
lashtirish. Agar birinchi talab tasvirlanadigan narsalar bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchisi aynan manzaraning butunligi bilan belgilanadi. Ya’ni matnning so‘z bilan chizilgan manzara aks etgan bo'lagi manzara kompozitsiyasiga mos quriladi, nutqda o'sha manzara qismlari navbatma-navbat tavsifla- nadi. Yuqoridagi parchada manzara detallarining taqdim etilish tartibi ko'zdan kechirilsa, matn kompozitsiyasining ahamiyatini yaqqol ko'rish mumkin: 1) awal umumiy tarzda so'qmoq ataladi - o'quvchi tasavvurida umuman so'qmoq aks etadi; 2) so'qmoqning «o'ydim-chuqur»ligi qayd etiladi - so'q moq individual chizgiga ega bo'ladi, konkretlilik kasb etadi; 3) arava g'ildiragi ezib-yanchigan o't-o'lanlar; 4) g'ildirak qoldirgan iz, biroq u uzluksiz emas: ayrim joylarida chuqur iz qolgan, boshqa joylarda iz o't-o'lanlar- ning ezib-yanchilganidangina bilinadi; 5) izga to'plangan yomg'ir suvi; 6) yomg'ir suvining sarg'ish-qizg'imtir tusi; 7) suv sathida aks etgan a) osmon va b) tuproq uyumi. Tasvir nuqtayi nazaridan qaralsa, parchada to'rtta bo'lak ajraladi: umumiy plan - so'qmoq (1, 2), yirik plan - g'ildirak ezgan o't-o'lanlar (3), g'ildirak iziga to'plangan sarg'ish-qizg'imtir tusli suv (4, 5, 6) hamda suvda aks etgan osmon (7 a) bilan tuproq uyumi (7 b). Ya’ni sanal- gan detallardan tarkiblangan manzara matnning aynan yuqoridagicha kompozitsiyasi orqali namoyon etilgan. Davriy ketma-ketlikda berilgan detallarning pirovardida yaxlit manzarani hosil qilayotgani esa yozuvchi mahora- tidan - musavvirona nigohga munosib uslubga egaligidan dalolat beradi. Shu o'rinda so'z bilan tasvirlashning muhim talablari- dan birinchisi - so‘z tanlash masalasiga qaytish joiz. Ta- biiyki, tanlov tasvir predmetining tabiatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Masalan, tahlilga tortilgan parchada statik (turg'un) holat aks etgan. Shu bois ham unda ot va 258 belgi anglatuvchi so'zlar ustuvor. Matndagi ravishdosh (to'planib - uni mazmunga hech bir zararsiz to'plangan bi lan almashtirish mumkin) ham, sifatdoshlar (ezib-yanchib o‘tgan, tus olgan) ham belgi ifodalashga xizmat qiladi. Hat- to fe’l-kesim (aks etmoq) ham harakatni emas, holatni - suvda osmon va tuproq uyumi aks etib turganini ifodalaydi. Romandan olingan mana bu parchada statik holat bilan jarayon tasviridagi so‘z qo'llash farqini qiyosan kuzatish mumkin: «Soyning ba’zi joylarida suv sayoz, suvning osti mayda tosh qumi - zig'irqum. <...> Zig'irqum ustida mitti baliqchalar aniq ko'rinadi, birdaniga suzib ketishadi ular, shunda suvosti qumi to‘zg‘iydi, zarralari asta-sekin o‘z joyi- ga cho‘kadi». Sayoz joy tasvirlangan birinchi jumlada bi- ronta ham fe’l qo'llangan emas. Keyingi qo‘shma gapning birinchi sodda gapida tasvirlangan mitti baliqchalarning ko‘rinib turishi ham mudom takrorlanadigan, ya’ni muayyan ma’noda turg'un holatdirki, ko'rinmoq fe’l shakli shuni ifo dalashga mos. Qo‘shma gap tarkibidagi keyingi sodda gaplarning «suzib ketishadi» - «to‘zg‘iydi» - «cho‘kadi» fe’llari bilan ifodalangan kesimlari esa ketma-ket yuz ber gan harakatlar silsilasini tasavvurda jonlantiradi. Yana bir muhim jihati, mazkur harakatlar turli subyektlar (baliqcha lar; qum, zarralar) tomonidan amalga oshirilgani holda, o‘quvchi nigohi bir nuqtaga qaratilgan: o‘sha nuqtada sa bab-natija munosabati asosidagi ketma-ketlikda amalga oshgan jarayon tasvirlangan. Aytish kerakki, badiiy nasrda so‘zning bu boradagi imkoniyatlari juda keng. Jumladan, so‘z turli subyektlarning bir paytdagi harakatlaridan tarkib- langan jarayonni ham to'laqonli tasvirlashga qodir. Ro- mandagi yana bir epizod - onasi non yopayotgan payt jajji singlisi qo‘rqqanidan chirillab yig‘lab yuborgan holatni ko‘rib chiqamiz: «Onam «Voy o‘lay» deb unga qaraganida, kosovga ilashib chiqqan bir cho‘g‘ ko'ylagiga tushib, tutay boshlaydi. Singlim esa qattiq qo'rqqani uchun battar chiril- laydi. Onamning ko‘ylagi bir muddat tutab, keyin lov etib 259 alanga oladi. «Ona-a, yonyapsan», deb baqiraman. Onam chopib boryapti-yu bir olovga, bir singlimga qaraydi. Le kin to‘xtamaydi, singlimning oldiga yetib boradi, unga hech nima qilmaganini bilganidan keyingina olovni o'chirishga urinadi. Obdastadagi suvni olib, ust-boshiga sepib yubora- di». Yuqoridagi parchadan farq qilaroq, bunda o‘quvchi nigohi uch subyekt - ona, qizcha va o‘g‘il (roviy)ga qara- tiladi. Bu uchala subyektning xatti-harakatlari davriy jihat- dan o'z ichida ketma-ket, bir-biriga nisbatan esa birpaytda sodir bo'layotir. Osonroq tushunish uchun kinoga qiyosan olsak, ketma-ket sodir bo'layotgan harakatlar yirik planda, bir paytda sodir bo'layotganlari esa umumiy planda «ko'ril- yapti». Shiddat bilan kechayotgan va bir necha subyekt (uchalasidan tashqari yana «cho'g1» bilan «ko'ylak» ham formai jihatdan harakat subyekti) ishtirok etayotgan jara yon tasvirlangani uchun parchada fe’llar salmog'i juda kat ta: jami 52 ta so'zning 17 tasi shu turkumga mansub. Qi- yoslash uchun: so‘qmoq tasvirlangan parchada bu nisbat atigi 25/4 ni tashkil qiladi. Mazkur holat so‘z tanlash tasvir predmetiga muvofiq amalga oshirilishining yana bir dalili- dir. Shuningdek, ko‘rib o‘tilgan misollar ayrim morfologik shakllarning tasvir predmetidan kelib chiqqan holda matn- da o'zining u yoki bu ma’no qirrasini aktuallashtirishini ko'rsatadi. Yuqorida ko'rganimizdek, «so'qmoq» - statik manzara tasvirlangan parchada sifatdosh va ravishdosh- lar belgi ifodalashga xizmat qilgan bo'lsa, jarayon tas- virida ular ko'proq harakat ma’nosining ifodasiga xizmat qiladi. Masalan, «Onam «Voy o'lay» deb unga qaragani- da, kosovga ilashib chiqqan bir cho'g' ko'ylagiga tushib, tutay boshlaydi» gapi mazmunan «Onam «Voy o'lay» deb unga qaragan vaqtda, kosovga bir cho'g' ilashib chiqdi-da, onamning ko'ylagiga tushdi va tutay boshladi» shakliga teng. Zero, o'quvchi kursivda berilgan fe’l shakllarini ayni shu ma’noda qabul qiladi, chunki tasavvuridagi jarayon uzluksizligi shuni taqozo qiladi. 260 Ko'rib o'tilgan misollar badiiy adabiyot vizual san’at- lar bilan ancha samarali raqobatlashayotgani, ifodaning ularga xos usul va vositalarini ijodiy o'zlashtirish bobida sezilarli yutuqlarga erishganini ko'rsatadi. Shu bilan bir ga, bunga erishish yo'lida favqulodda ijodiy kashfiyotlar qilingani yo'q, balki so'zning o'zida azaldan mavjud im- koniyatlar harakatga keltirildi, xolos. Zero, so‘z olamni ongimizda aks ettirishning asosiy vositasi ekan, uning tabiatidagi nominativ-tasviriylik imkoniyatlari beqiyos, de mak, adabiyotning tasvir imkonlari ham muttasil rivojlanib boraveradi. Badiiy nutq milliy til bazasida voqelanishini aytdik. Yo zuvchi milliy tildan foydalanar ekan, umumodatlanilgan me’yordan og'adi (ya’ni til unsuriarini odatdagidan o'zga shakl, ma’no, tartib, munosabat va sh.k.larda qo'llaydi), bu «og‘ish»dan ma’lum badiiy-estetik maqsadni ko'zlaydi. Bu xil og'ishlar tilning turli sathlarida - fonetik, morfologik, leksik, semantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi mumkin. Jumiaaan, leksik sathdagi normadan og'ish yozuvchining milliy til bazasidagi leksik vositalardan foydalanishida ko'ri- nadi. Milliy til «ombori»dagi so'zlar esa qo'llanish faolligi jihatidan ham, tasvir va ifoda imkoniyatlariga ko'ra ham bir-biridan farqlanadi. Ya’ni bu o'rinda gap tildagi so'zlarga tabiiy ravishda xos bo'lgan uslubiy-ekspressiv xususiyat- lar haqida bormoqdaki, ular ijodkorga «so'z tanlash» hi- sobigagina ifodaviylik va tasviriylikni kuchaytirish imkonini beradi. So'zdagi mazkur xususiyatlar uni noodatiy lisoniy muhitga olib kirganda, boshqacha aytsak, so'z qo'llash- da odatiy «me’yordan og'ilganda» namoyon bo'ladi. So'z qo'llashdagi normadan og'ishda aniq badiiy-estetik maq- sad ko'zda tutilishi, ya’ni bunda atayinlik momenti ustuvor- ligini ta’kidlash zarurki, ayni shu jihati uni shunchaki «xa- to»dan farqlaydi. So'z qo'llashdagi normadan og'ishlarda kuzatiluvchi badiiy-estetik maqsadlar quyidagicha umum- lashtirilishi mumkin: 1) davrruhini aks ettirish\ 2) joy kolori- 261 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling