Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Uydan ketganimga o‘n yil bo'libdi,
O'n yil qishlog‘imdan yuribman uzoq. Men yurgan yo'llarda o ‘tlar unibdi, Ko'milib bo'libdi men kezgan so'qmoq. E’tibor berilsa, bandda qo'llangan til unsurlari kundalik muloqotda qo'llanuvchi unsurlardan o‘zga emasligi, unda turli badiiy vositalarning ishlatilmagani ko'riladi. Tajriba uchun banddagi badiiy nutqni amaliy nutq ko'rinishiga kelti- ramiz: «Uydan ketganimga o‘n yil bo'libdi. O'n yil qishlog'im- dan uzoq yuribman. Men yurgan yo'llarda o'tlar unib, men kezgan so'qmoq ko'milib bo'libdi». Ko'rib turganingizdek, so'zlar aynan keltirildi, bunda bironta so'z o'zgartirilgani yo'q. Endi tasavvur qilingki, shu gaplarni kundalik mulo qotda sizga kimdir aytmoqda. Bu holda mazkur parcha- ning badiiylikdan mahrumligi, endi uning badiiy informat- 242 иуа yetkazmayotganini anglash qiyin emas. Xo'sh, nima uchun bir xil so'zlardan tarkib topgan ikki nutqiy bo'lakning I hi ini «badiiy» deymiz-u, ikkinchisini badiiyiikdan mahrum dob hisoblaymiz? Farq shundaki, keyingi parchadagi gaplar- ni eshitganimizda biz o‘zga odam yetkazayotgan informatsi- yani ham, o'sha odamning ayni paytdagi his-tuyg‘ularini ham lushuncha shaklida qabul qilamiz. Aksincha, she’rning ilk bandini o'qishni boshlashi bilanoq o'quvchi diliga mahzun- lik inadi, she’rning asosiy tematik obrazi - qishlog'idan o‘n yillar ayro yurgan, endi qishlog'ini kezingancha hayot haqi- da rnahzun o‘ylarga cho‘mgan kishi kechinmalarini ko'ngli- bilan birga yoki o'zini uning o'rniga qo'ygan holda o'sha f.o'qmoqda kezinadi. Ya’ni u yangi bir olamda - til unsur lari vositasida yaratilgan badiiy reallikda yashaydi. Badiiy mallik esa, bilasiz, voqelikning oddiygina aksi emas, balki uning lii:.-tuyg‘ular-u o'y-fikrlar ham, uni o'sha holatga olib kirgan voqelik parchalari ham til unsurlari vositasida uyg'un aks nkian. Boshqacha aytsak, ijodkor tasavvurida yaralgan obraz badiiy nutqda moddiylashadiki, u yetkazayotgan in i' xrnatsiya obrazli va hissiyotga yo‘g ‘rilgar> informatsiyadir. I )omak, badiiy nutqning belgilovchi xususiyatlari obrazlilik (lasviriylik) va emotsionallik ekan. lahlil qilganimiz ikkala misol badiiy nutqning obrazliligi link asarlarga nisbatan epik asarlarda yorqinroq namoyon ho'iishini ko'rsatadi. Lirik asarlarda tasvirlanuvchi voqelik piirchalari lirik qahramon ichki olamiga olib kiruvchi vosita (y.’i iii unda voqelikning shu maqsadga yetish uchun zarur ii.ximentlarigina qalamga olinadi) bo'lsa, epik asarlardagi h.idiiy voqelik o‘z holicha ham estetik qimmat kasb etadi- gnn, to'laqonli, obyektivlashgan manzaradir. Shu bois ham *plk asarlardagi ijodkor ko'zi bilan ko'rilgan voqelik o'quv- 243 chi xayolida ham jonlanadi, endi uni «ko‘rish», «eshitish» yoxud boshqa sezgilar yordamida «his qilish» mumkin. Yuqorida ko'rganimizdek, badiiy nutq ham biz kunda- lik muloqotda ishlatib yurganimiz odatiy so'zlardan tarkib topadi. So'zning bevosita, odatiy ma’nosi badiiy asar matnida yangidan yangi qirralarini namoyon qiladi, uning ma’no sig'imi benihoya kengayadiki, buni badiiy asarda tasvirlangan xususiy faktdan katta bir badiiy umumlash- ma kelib chiqishiga o'xshatsa bo'ladi. Bunga amin bo'lish uchun kundalik muloqotda aytilgan «Men kezgan so'qmoq ko'milib bo'libdi» jumlasi bilan misolga olingan she’rda- gi «Ko'milib bo'libdi men kezgan so'qmoq» satri yetka zayotgan informatsiyani qiyoslab ko'rish mumkin. Birinchi holda konkret so'qmoq, o'sha so'qmoqni odam yurmay qo'yganidan o't bosib ketgani nazarda tutilayotgani, ya’ni tinglovchi informatsiyani faqat o'z ma’nosida qabul qilayot- gani ravshan. Xuddi shu so'zlardan tarkiblangan satr esa ma’no sig'imi, o'quvchi xayolida qo'zg'ayotgan assotsiativ ma’nolar jihatidan benihoya keng. Chunki bu satr badiiy matn ichida keladi, baski, u butunning qismiga aylangan, demak, ma’no ottenkalari va hissiy bo'yog'i ham butun bi lan bog'liq holda namoyon bo'ladi. Shu bois ham «ko'milib bo'lgan so'qmoq» lirik qahramon uchun (she’r ruhiga kira bilgan, o'zini lirik qahramon o'rniga qo'ya olgan she’rxon uchun ham) oddiygina so'qmoq emas. She’rdagi «Ko'milib bo'libdi men kezgan so'qmoq» satri lirik qahramon xayoli da o'sha so'qmoq bilan bog'liq olis xotiralarni jonlantiradi, ko'nglida nish urgan beg'uborva betashvish bolalig-u zan- gor yoshlik sog'inchini, umrning o'tkinchiligini o'ylashdan kelgan mahzunlikni ifodalovchi obrazga aylanadi. Lirik asarda nutqning emotsionalligi ko'proq lirik qahra monning konkret paytdagi (bu turga mansub asarda badiiy vaqtning juda qisqaligi, «hozir» bilan belgilanishini e’tibor- ga olish zarur) kayfiyati, holati, kechinmalari bilan bog'liq bo'lsa, epik asarda emotsionallikning namoyon bo'lishi 244 o'zgacharoq tarzda kechadi. Bundagi emotsionallik, birinchi galda, tasvirlanayotgan predmet mohiyati bilan bog liqdir. Ya’ni epik asarda tasvirlanayotgan narsa, voqeaning o'zga- rishi barobari emotsionallik ham shunga mos o'zgarib bora di. Buni jonliroq tasavvur qilish uchun «O'tkan kunlar»dan olingan bir necha parchaga diqqat qilaylik: «Og'irtabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko'rkam oq yuzlik, kelish- kan qora ko'zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan biryigit...» (Otabek) «... uzun bo‘ylik, qora cho'tir yuzlik, chag'ir ko'zlik, chu- voq soqol, o'ttiz besh yoshlarda bo‘lg‘on ko'rimsiz bir ki shi...» (Homid) «... qora zulfi par yostiqning turlik tomonig'a tartibsiz su- ratda to‘zg‘ib, quyuq jingila kiprik ostidagi timqora ko‘zlari bir nuqtag'a tikilganda nimadir bir narsani ko'rgan kabi... qop-qora kamon, o'tib ketgan nafis, qiyig' qoshlari chimiril- ganda nimadir bir narsadan cho'chigan kabi... to'lg'an oy- dek g'uborsiz oq yuzi biroz qizilliqg'a aylanganda kimdan- dir uyalg'an kabi...» (Kumush) «O'n yetti yashar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, o'rtacha husnlik Zaynab qayin onasining tilak va sha’niga loyiq tavoze-odoblar bilan bitta-bitta bosib dasturxon yoni- ga keldi...» (Zaynab) A.Qodiriy roman personajlarini o'quvchisiga ilk bor ayni shu yo'sin taqdim qilganki, ularning har biriga yozuvchining o'z emotsional munosabati borligini ko'rish qiyin emas. Tasvirda bo'rtib turgan bu narsa o'quvchi shuuriga singadi va uning personajlarga munosabatini belgilaydi. Yozuv chi Otabek haqida gapirganida sezilib turadigan ichki bir hurmat, Kumush tasviridagi shaydolik, Homid tasviridagi jirkanishga yaqin bir his, Zaynab tasviridagi ozroq kinoya - bularning bari tasvir predmeti o'zgarishi barobarida his siy munosabatning ham mutanosib o'zgarishidan dalolat beradi. E’tibor bering-a, shu parchalarning o'ziyoq Zay- nabni Kumush bilan qiyos qilgan kitobxonga keyingisi foy- 245 dasiga hukm chiqarish imkonini bermaydimi?! Bu tasvirni o‘qib «Zaynab - o'rtamiyona bir qiz, kelinbop qiz» degan fikr uyg‘onar-u, biroq «firoqida ikki yillab sarson-sargardon yurishga, uni deya o‘limga tik borishga, nihoyat, ko'yidagi o‘limni-da yuksak saodat deb bilishga arzigulik qiz» degan fikr aslo kelmaydi. Ko'rinadiki, badiiy nutq orqali voqela- nuvchi tasvirda bo'rtib turgan hissiy munosabat yozuvchi- ga qahramonlariga o'quvchisining o‘zi istagandek muno- sabatda bo'lishini, asarining o‘zi istagandek tushunilishini ta’minlash imkonini beradi. Demak, epik asarda emotsio nal tonallikning muttasil o'zgarib, tovlanib turishi ko‘zda tutilgan mazmunning ifodalanishida ham, asarning qabul qilinishida ham muhim ahamiyatga ega. Epik asardagi emotsionallikning ikkinchi xili undagi sahna-epizodlar, dialoglar bilan bogTiqdir. Epik asar tar- kibidagi sahna-epizodlar o'quvchi xayolida jonlanishi, per sonajiarning gap ohangi «eshitilishi» zarur. Personajlar nutqi intonatsiyasini «eshitolgan» o'quvchi ularning ruhi- yatiga kira biladi, demakki, asarda tasvirlangan voqea-ho- disalar, personajlararo munosabatlar mohiyatini chuqur anglaydi. Yana «O'tkan kunlar»ga murojaat qilamiz. Ota bek dushmanlaridan o'chini olib Toshkentga jo'nagach, usta Alim keltirib bergan xatlardan bor gapni anglaganlari- dan so'ng, Kumush bilan otasi o'rtasida kechgan suhbatga diqqat qilaylik: «... Shu voqeadan so'ng kuyavingiz aniq kelganmi edi? - Kelgan edi, qizim. - Bechorani nega haydadingiz-da, nega meni, loaqal, oyimni bu kelishdan xabardor qilmadingiz? - Men uning kelishini boshqa gapka yo'yib, sizlarga bildirmagan edim... - Qizingizni taloq qilgan bir kishini Toshkand degan joy- dan eshikingizga kelishi sizga g'arib tuyulmaganmi edi? - deb yana so'radi Kumush. Qutidor uyalish va o'kinish orasida: 246 - Jaholat kelsa, aql qochadir, qizim, - deb qo'ydi». Ota-bola o'rtasida kechgan ushbu suhbat kontekstidan xabardor didli kitobxon ularning gap ohanglarini «eshitib», shu orqali ruhiy holatlari haqida tasavvur hosil qilishi tabiiy. Parchaga diqqat qilsak, Kumush ikki yillik hijronida qisman otasini ham aybli deb hisoblayotgani, shu narsa uning gap ohangidan sezilib turganini ko‘ramiz. Ayni paytda, otasi ham buni his qiladi va ichki bir noqulaylik, qizi oldida aybdorlik, xijolat hissini tuyib turadi. Mazkur parchani shu yo‘sin tu- shunishga imkon beradigan unsurlar sifatida quyidagilar- ni ko'rsatish mumkin: 1) ta’kidni kuchaytiruvchi vosita- lar (shu, aniq, -mi edi; takror qo'llanilayotgan «nega» so‘rog‘i); 2) muallif izohlari («deb yana so'radi Ku mush»; «uyalish va o'kinish orasida... deb qo'ydi»). De mak, til unsurlari muallif izohlari bilan qo'shilgan holda qah- ramonlarning dialoglarda aytgan gaplari ohangini tasavvur qilish va shu asosda ularning ruhiyatini, kayfiyatini tushu nish imkonini yaratar ekan. Personajlar o'rtasidagi dialog konkret hayotiy situatsiyada kechishi tufayli, birinchidan, ha- yotiy holatning hissiy bo'yoqdorligi dialog vositasida yana- da boyitiladi; ikkinchidan, dialogning hissiy tonalligi hayotiy holat hissiy fonida anglashiladi. Demak, epik asardagi tasvir predmeti bilan bog‘liq emotsionallik (ya’ni muallif nutqidagi hissiylik) hamda qahramonlar nutqidagi emotsionallik bir-bi- riga bog'liq holda mavjud, ular bir-birini to'ldiradi va birlikda asarning umumiy hissiy tonalligini tashkil qiladi. Badiiy nutqning yana bir muhim jihati - differensiatsi- yalanganlik (ya’ni farqlanganlik)ka ham alohida to'xtalish zarur. Farqlanganlik shuki, badiiy asarda muallif nutqi va qahramonlar nutqi yaqqol ajraladi. Ta’kidlash kerakki, bu tarzdagi farqlanish ko'proq epik asarlarga xosdir. Epik xarakterdagi asarlarning aksariyatida voqea, voqea kecha- yotgan joy yoki sharoit tasviri, qahramonlarga berilayotgan ta’rif, muallif mushohadalari kabilar bevosita muallif tilidan beriladi. Xuddi muallif obrazi asarda tasvirlangan badiiy 247 voqelik unsurlarini yaxlitlashtiruvchi subyektiv asos bo'lga- nidek, muallif nutqi asarning moddiy tarafini yaxlitlashti ruvchi unsurdir. Muallif nutqi vositasida asardagi boshqa personajlar nutqi, voqealar, tafsilotlar yaxlit bir organizrnga - badiiy matnga birikadi. Muallif nutqi grammatik jihatdan adabiy til me’yorlariga yaqinlashadi, biroq uning adabiy til me’yorlariga to'la muvofiq bo'lishini talab qilish xato bo'lur edi. Zero, yozuvchi badiiy voqelikni to'laqonli tasvirlash, o'zining his-kechinmalarini, o'y-hislarini imkon qadaryorqin ifodalashga harakat qilarkan, milliy til imkoniyatlarini ken- gaytirish zaruratini sezadi, bu boradagi izlanishlari ba’zan adabiy til me’yorlaridan chekinishga ham olib kelishi mum kin. Ayni shu chekinishlar vaqti kelib adabiy til me’yoriga aylanishi mumkinligi ham ehtimoldan yiroq emas. Personajlar nutqini individuallashtirish zarurati badiiy asar tilidagi differensiatsiyalanganlikni yanada orttiradi. Chunki asardagi har bir personajning nutqi uning xarak ter xususiyatlariga, dunyoqarashi, muhiti, ma’naviy qiyo fasi, madaniy-ma’rifiy darajasi kabi jihatlarga muvofiq bo'li shi lozim. Sababki, epik va dramatik asarlarda qahramon xarakterini yaratishning asosiy vositalaridan biri personaj nutqi sanaladi. Zero, asardagi har bir personaj o'zining yoshi, jinsi, ijtimoiy qatlamga mansubligi, fe’l-sajiyasi, madaniy-ma’rifiy saviyasi kabilarga muvofiq gapiradi, de mak, nutqi bilan o'zini tavsiflaydi. Muallif nutqi bilan personaj nutqi orasidan badiiy nutq ning yana bir shakli - o'ziniki bo‘Imagan muallif nutqi'1 joy oladi. Oraliq hodisa ekanligi uchun ham unda personaj nutqi muallif gapi shaklida ifoda etiladi. Aytish kerakki, zamonaviy o'zbek nasrida nutqning mazkur shakli ancha keng tarqalgan. Undan ko'pincha personaj o'y-musho- 1 Ushbu termin rus adabiyotshunosligida keng qo'llanuvchi «nesobst- venno-avtorskaya rech» istiiohini kalka usuiida o’girib hosil qilingan. Rus adabiyotshunosligida unga sinonim sifatida yana «nesobstvenno-ргуатауа rech» termini ham ishlatiladi. 248 hadalari, ruhiyatida kechayotgan jarayonlarni tasvirlash uchun samarali foydalanlladi. Masalan, «Kecha»da dar- parda ortidan otasi mingboshidan sovchilar kelgani haqida onasiga aytgan gaplarni eshitgan Zebi ruhiyatida kechgan jarayon ayni shu nutq shaklida beriladi. Qizning xayolidan avval qishloqda ko'rgan-eshitgan mingboshi bilan bog'liq ma’lumotlar, so'ng aravadagi voqea tafsilotlari, uylariga Saltanatning onasi kelib ketgach, o'z onasining rahmi kel- ganday qarayotgani - hammasi yashin tezllgida (bamiso- li filmni ayovsiz qaychilab, faqat eng zarur qadrlari qay ta montaj qilingan kabi) bir-bir o'tadi. Har holda, sanash ohangida ketma-ket berilgan qisqa jumlalar o'quvchida shunday taassurot qoldiradi: «Mingboshining darangla- gan uylari... Sertakalluf ziyofatlar... Bir-biri bilan bu qadar inoq bo'lib ko'ringan kundoshlar... Sultonxonning birdani- ga oradan yo'q bo'lib qolishi...» Avvalo, matnda bu gaplar- ning qo'shtirnoqsiz, muallif nutqi shaklida berilgani, so'ng bu ZSbi ongida kechayotgan o'ylov jarayoni ekani, ayni damda, qizning miyasida yuzaga kelgan holatning sabab va oqibatlari o'ta katta tezlikda mushohada qilinayotgani- ni ta’kidlash lozim. Bu esa Cho'lpon qahramonining ayni damdagi holatini haqqoniy aks ettirish uchun eng maq- bul shaklni topa bilganidan dalolat. O'quvchi shu gaplar ortidanoq matnda aks etmagan, biroq Zebining xayolida chaqnagan «Bejiz emas ekan-da!» degan o'yni uqib ola- diki, bu ham parchada haqiqatan o'ylov jarayoni aks ettiril- ganiga dalolat qiladi. Mazkur ruhiy holatni aks ettiruvchi parchaning davomi yanada o'ziga xos: «Oh, shu topda Saltanatxon bo'lsaydi! Shu sirlarni ochib berib, buning ko'nglini tinchlatarmidikin? Balki, bu sirlarni u ham bil- mas?.. Bilsa aravada aytmasmidi? Yo'l bo'yi gaplashib kelib hech narsa demadi-ku. Yo yashirarmikin? Yashirsa, uning do'stligi qayerda qoldi? Bunaqa odam do'st bo'lar- midi, qalay!» To'g'ri, bundagi birinchi jumla aynan Zebiga tegishlidek ko'rinadi. Lekin ikkinchi jumladagi «buning» 249 (ya’ni Zebining) olmoshi gap uchinchi shaxs - muallifga tegishli ekaniga dalolat qiladi. Ayni chog'da, bu gap Zebi ko'nglidagi «Oh, shu topda Saltanatxon bo'lsaydi! Shu sirlarni ochib berib, ko'nglimni tinchiatarmidikin?» tarzidagi istakning ifodasi ekani ham shubhasiz. Shuningdek, par- cha oxirida qo'llangan «qalay» kirish so'zi ham gapning Zebiga tegishli ekanlni ko‘rsatadi. Zero, bu so‘z Razzoq so‘fi nutqida parazit so‘z darajasida ko‘p qo'llanadi, Qur- vonbibi nutqida ancha fao! - o'quvchi Zebi nutqida oilaviy an’ana davom etayotganini yaqqol ko'radi, ya’ni «qalay» so‘zi nutq egasiga ishora vazifasini ham o'taydi. Adabiyotshunoslikda nutq subyektlari sonidan ke lib chiqqan holda badiiy nutqning monologik va dialogik1 shakllari ham farqlanadi. Agar monologik nutq deganda bir kishining (kimdir birov yoki o'ziga murojaat shaklidagi) nutqi tushunilsa, dialogik nutq ikki yoki undan ortiq perso naj orasidagi muloqotda voqe bo'ladi. Lirik asarlarda mo nologik, dramatik asarlarda dialogik nutq ustuvorlik qilsa, epik asarlarda ular qorishiq holda namoyon bo'ladi. Albat- ta, mazkur nutq shakllari adabiy turlarni farqlashda hozirda ham muhim, qadim yunon faylasufi Platon talqinida esa ular turlarning belgilovchi xususiyati sanalgan. Shu o'rinda badiiy nutqning «ichki nutq» deb ataluvchi shakliga ham to'xtalib o'tish zarur. Tabiiyki, agar «ichki nutq» bor ekan, unga zid o'laroq «tashqi nutq»ning ham mavjud bo'lishi taqozo etiladi. Har ikki istilohning ham shartli ekanini ta’kidlagan holda «tashqi nutq» jarang top- gan, ya’ni tovushlarda moddiylashgan nutqni, «ichki nutq» esa moddiylashmagan, ya’ni faqat kishi botinidagina kech- gan nutq («o'ylov»)ni anglatishini aytish kerak. Badiiy ada- biyotda personaj ruhiyatini ochib berish, uning ongida 1 Nutqiy muloqotda ikkidan ortiq subyekt ishtirok etsa, «polilog» istilohini qo'l lash amaliyoti ham bor. Biroq adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan bu istilohga zarurat yo'q, «dialog» termini ostida ikki va undan ortiq subyekt ishtirok etgan nutqiy muloqottushunilaveradi. 250 kechayotgan o'ylov-mushohada jarayonlarini tasvirlash maqsadida «ichki nutq»dan keng foydalaniladi. Masalan, personajning moddiylashmagan, o'ziga qaratilgan va ichi- dagina kechuvchi nutqi - ichki monolog badiiy psixolo- gizmning asosiy shakllaridan sanaladi. Odatda, epik asar larda ichki monolog ko‘chirma gap shaklida - qo'shtirnoq ichida beriladi va zarur darajada remarkalar («deb o'yla- di», «xayolidan o'tkazdi u» va b.) bilan ta’minlanadi. Albat ta, ichki monolog shartli ravishdagina ongda kechayotgan o‘ylov (his etish) jarayoni sifatida qabul qilinishi mumkin, chunki, aslida, o‘ylov jarayoni ichki monologlarda tasvir langan kabi batartib, izchil kechmaydi. Dramatik asarlarda- gi aksariyat monologlar mohiyatan ichki monolog, faqat ularda «ikki karra shartlilik» kuzatiladi. Chunki dramada- gi monolog moddiylashadi - talaffuz etiladi, lekin perso najning sahnada yolg‘izligi va nutqi uning o'ziga qaratilgani bu gaplarni haqiqatda voqe bo'lmagan, balki uning ongi da kechgan jarayon imitatsiyasi deb qabul qilishni taqozo etadi. Shunga o'xshash, sahnadagi personajning boshqa personajlar bilan muloqot chog'ida «chetga» gapirishi ham shartli ravishda «ichki nutq» deb qabul qilinadi. Shuning- dek, badiiy adabiyotda «ichki nutq»ning dialogik shaklidan ham foydalaniladi. Odatda, bu holda personajning xayo- lan kim bilandir bahs-munozarasini yo ruhiyatidagi ikkiga ajralish - o'z-o'zi bilan kurashini tasvirlash orqali holat dra- matiklashtiriladi. Masalan, «Kecha» romanidagi Miryoqub ongida kechgan o'z-o'zini taftish qilish jarayoni uning «ter- govchi» (o'zini «biz» deya taqdim etgan sud hay’ati) bilan dialoglari orqali tasvirlanadi. Matnda salmoqli o'rin egallov- chi bu «ichki dialog» asar konsepsiyasini ifodalashda juda katta ahamiyat kasb etadi. Ritmik tashkillanishi jihatidan ham badiiy nutqning ikki ta: sochma (nasr) va tizma (nazm) shakllari mavjud. Nasriy nutq ritmik jihatdan ma’lum darajada amaliy nutqqa yaqin bo'lsa, she’riy nutq muayyan bir o'lchov asosida tartibga 251 solingan ritmiklikka ega, hissiy to'yintirilgan nutq sanaladi. Nasriy nutq epik va dramatik asarlarning asosiy nutq shak- li hisoblanadi. Shu bilan birga, she’riy yo‘lda ham epik va dramatik asarlar yaratilishi mumkinligini unutmaslik kerak. Shunga o'xshash, she’riy nutq lirik asarlarning asosiy nutq shakli bo‘lgani holda, nasrda yozilgan lirik asarlar ham mavjud. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling