Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

tini berish; 3) personaj nutqini individuallashtirish; 4) tasvir 
predmetiga munosabatni ifodalash.
Tarixiy mavzudagi asarlarda tasvirlanayotgan davr ruhi 
(koloriti)ni aks ettirish maqsadida eskirgan so‘z la r- arxaizm 
va istorizmlardan foydalaniladi. Lug‘at tarkibidagi eskirgan 
so‘zlar kundalik muloqotda qo‘llanmaydi, ularning ko'plari 
o'quvchi ommaning katta qismiga tushunarsiz ekani, izoh 
talab qilishi ham ma’lum. Biroq tarixiy mavzudagi asarlar­
da ularning qo‘llanishi zaruratga aylanadi. Zero, uiarning 
ishtirokisiz davr hayotini, unda yuz bergan voqealarni aks 
ettirishning imkoni yo‘q. Deylik, o'z asarida XV asr vo- 
qeligini tasvirlayotgan ijodkor, tabiiyki, o‘sha davrga xos 
realiyalarni tasvirlashi lozim. Buni esa o‘sha davrga xos 
bo'lgan narsa-buyumlar, hodisalar, tushunchalarni ifo- 
dalovchi so'zlarsiz amalga oshirishning imkoni yo‘q. Ma­
salan, «Navoiy» romanida shoirning ijodga kirishishi quyi- 
dagicha tasvirlanadi: «Oltin dovot ichidan qalamni oldi. 
Siyohga ozgina suv tomizdi. Qalam erkin va dadil yurdi». 
Avvalo, bu o'rinda jarayonning realistik haqiqatga monand 
tasvirlanganiga diqqatni qaratish joiz: Navoiy avval do­
vot - siyohdondan qalamni oladi, so'ng siyoh (dovotdagi 
rang)ga suv quyadi, (keyingi harakat anglashiladi: dovot­
dagi siyohga tekkizib olingan) qalam qog'oz ustida dadil 
yura boshlaydi. Tasvirlangan jarayonning amalga oshishi- 
ga xizmat qilgan yozuv asboblari ham, yozuv ashyolari 
ham hozir iste’molda emas, ularni ifodalovchi so'zlarni esa 
o'quvchilarning kattagina qismiga izohsiz tushunarli emas. 
Shunga qaramay, Navoiyning qay tarzda yozganini o'sha 
so'zlarsiz tarixiy jihatdan haqqoniy tasvirlab bo'lmaydi.
Tarixiy so'zlar personajiarning tashqi ko‘rinishiga oid 
muhim detallar, xususan, engil-boshini tasvirlashda ham 
g'oyat muhim. Masalan, «Navoiy» romanidan olingan 
boshqa bir parcha o'quvchi ko‘z o'ngida jangga otlangan 
sultonni gavdalantiradi: «Mulozimlarining yordami bilan 
Husayn Boyqaro egniga sovut, boshiga dubulg'a kiydi.
262


Qini oltin va rango-rang qimmatbaho toshlar bilan ishlan­
gan, ajoyib nafis san’at namunasi bo'lgan qilichru taqdi. 
Yana shunday chiroyli sadoglni osdi. 0 ‘g-yoyni taqdi». 
Ayni shu so'zlar lashkar muttasil yurishlarda yoki yurishga 
tayyor holatda bo'lgan davr manzaralari tasvirida ham qo'l 
keladi: «Har yoqdan to‘da-to‘da otliq sipohilar - navkar- 
lar keladi. Otlar o'ynoqlab kishnaydi, tug 1ar hilpiraydi. Qu- 
yoshda dubuig‘a\ax, sovutiar yaltiraydi. Be/darning kumush 
sopli qamchi\ar\, ot asboblaridagi kumush bezaklar, qilich- 
larning qinlaridagi oltin, feruza va zabarjad toshlar ko'z qa- 
mashtirib yonadi...»
E’tibor berilsa, keltirilgan misollarda qo'llangan tarixiy 
so'zlar asosan ot turkumiga mansub ekanini ko'rish qiyin 
emas. Buning sababi - misollarning muallif nutqidan olin- 
gani. Zero, voqealar yuz berayotgan joy (saroy yo kulba; 
do'kon yo madrasa hujrasi, bozor maydoni yo chog'roqqi- 
na hovli...), uning ishtirokchilari (ust-boshi, mashg'uloti...) 
kabilar bilan bog'liq tafsilotlar muallif nutqida o‘z ifodasini 
topadi, ya’ni bunda so'zning nominativ tomoni muhimroq. 
Personajlar nutqida esa eskirgan so'zlarni qo'llash bilan 
birga tarixiy davr uslubiy xususiyatlarini ham aks ettirish 
zarurati yuzaga keladi. Misol tariqasida g'alayon ko'targan 
shaharahlini tinchitish uchun Hirotga otlanayotgan Navoiy- 
ning Husayn Boyqaroga aytgan gapini olib ko'raylik:
«... - Ko'ngilga shunday muqarrar boldikim, dorilxalofat 
fuqarosi qoshiga yetgach, faqir ularni hech narsa bilan qu- 
vontirmoqdan ojiz qolurmen. Maqsadimizni ravshan qilib 
aytsak, bizni farmoni humoyun bilan sarafroz ф/sangiz 
ekan».
Avvalo, bu o'rinda saroy etiketiga qat’iy rioya qilinayot- 
gani, Navoiy podshohga murojaat qilayotganini bir on 
bo'lsin unutmayotgani ko'riladi. Shu bois ham u «farmon 
bering» demaydi (u holda podshoh amrini bajarish uchun 
shart qo'ygan bo'lib chiqadi), balki buyuklarga xos far­
mon (farmoni humoyun) bilan baxtiyor (sarafroz) qilishini
263


tilaydi. Shunga o'xshash, g'alayon ko'targanlar qoshiga 
quruq qo‘l bilan borish foydasiz deyish (bu holda pod- 
shoh jahllanishi mumkin) o'rniga ularni quvontirishdan 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling