Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Tanho sahrolarga bosh olib ketsam
Yo у iroq gbrlarni oshiyon etsam, Bedo‘st-u beyoron tugasam, bitsam, Ko'ngling to'ladimi o'shanda, ayt-chi? Qolmasa dunyoda mendan xotirot, Nainki xotirot, oddiy, jo ‘n bir ot. Bo'lsa na birqavmim, na xesh, na avlod, Ko‘ngling to‘ladimi o'shanda, ayt-chi? Olamga o ‘t qo'ysa har aytar so'zing, Yiqsang dunyolarni - tikkan chog‘ ko'zing, So'ngra mo'ri kabi qolsang bir o'zing, Ko'ngling to'ladimi o'shanda, ayt-chi? 232 Avvalo ta’kidlash kerakki, bunda gradatsiya «qo'g'ir- choq ichida qo‘g‘irchoq» tarzida voqelanadi: bandlar doirasida misralararo, she’r butuniigida esa bandlararo gradual o'sish kuzatiladi. Ma’no izchil kuchaytirib borilgani uchun ham pirovardida murojaat qilinayotgan shaxsning asi qiyofasi namoyon bo'ladi. Agar birinchi bandda u lirik qahramonning tarkidunyo (ya’ni olamni unga bo'shatib) qilishini, ikkinchi bandda esa undan hatto nom-nishon ham qolmasligini tilayotgan shaxsiy g'animi o'laroq bo‘y ko'rsatsa, uchinchi bandda uning asl muddaosi yorug‘ dunyoda o'zidan o‘zga kimsaning qolmasligi ekani ang- lashiladi. Ya’ni shoirning taassufga to‘la mulohazalari o'zining shaxsiy dushmani haqida emas, balki ichi tor, ko'ngli qora va xudparast kimsalar - odamiylik dush- manlari haqidadir. Ko'ramizki, she’rning mayda-chuyda shaxsiy munosabatlar iskanjasidan chiqib, ijtimoiy-estetik qimmat kasb etishida tematik kompozitsiya hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotir. Albatta, bu o‘rinda bandlar oxirida «Ko‘ngling to'ladimi o'shanda, ayt-chi» ritorik savolining takrorlangani, shuningdek, birinchi va uchinchi bandlar o'zaro grammatik jihatdan zidlangani (ketsam, etsam, bitsam - so'zing, ko'zing, o'zing) ham muhimligini yodda tutish kerak. Zotan, bularning ikkisi ham, aslida, lirik asar kompozitsiyasining boshqa bir aspekti - matn qurilishi bi lan bog'liq hodisalardir. Tematik kompozitsiyaning ko'rib o'tilgan tiplari turli variantlarda namoyon bo'lishi yuqorida aytildi. Shu bilan birga, konkret she’r qismlari tematik kompozitsiyasining turlicha bo'lishi ham, ba’zan esa ko'rib o'tilgan tiplarga xos jihatlar qorishiq holda namoyon bo'lishi ham mumkinligini unutmaslik kerak. Keyingi hoi, masalan, A.Oripov o'zbek diyorining «quyosh buroviga olgan palla»sini qalamga oi- gan mashhur «Saraton» she’rida kuzatiladi. She’rda sara- tonning bir kuni - quyosh tik kelgan pallasidan boshlab to 233 oqshomi qadar yorqin poetik detallar orqali tasvirlanadi. She’rning o'rtasidan esa boshqa bir tematik obraz - o‘zbek dehqonining sabot va jasoratga esh mehnati o‘rin olgan. Ya’ni she’r bitta tematik obraz izchil ketma-ketlikda rivoj- lantiriladigan qolipda qurilgani holda, unda ikkita tema tik obraz talqln qilingan. Biroq mazkur obrazlar bir-biriga parallel qo'yib rivojlantirilgan emas, ikkinchi tematik obraz (dehqon mehnati) asosiy tematik obraz (saraton) rivojidagi izchil ketma-ketlikning bir halqasidir. Albatta, saraton man- zaralari o'zbek dehqonining mashaqqatli mehnatiga bitil- mish gimn uchun fon bo'lib ham xizmat qiladi. Biroq bu uning qo'shimcha funksiyasi, xolos, she’rda har ikki tematik obraz o'z holicha ham g'oyaviy-estetik qimmat kasb etgan. Shu jihatdan she’rning qurilishi «hikoya ichida hikoya» qo- lipiga monand. Ikkala qism nisbiy mustaqil bo'lgani holda bir-birini to'ldiradi, yorqin va to'laqonli namoyon bo'lishiga xizmat qiladi. Hajman katta, mohiyatan lirik dostonga yaqin keluvchi she’rlarda tematik obrazlar rang-barangligini odatiy holdek qabul qilamiz. Sababi, lirikaga xos emotsional to'yinganiik uni o'qish jarayonida o'quvchidan ham shunga mos his- siy holatni taqozo etadi. U yoki bu emotsional-ruhiy holat davomiyligiga qo'yiluvchi talab ham shundan kelib chiqadi: u kishini ruhan zo'riqtirmaydigan, toliqtirmaydigan daraja- da bo'lishi lozim. Ya’ni katta lirik she’riarda hissiy tonallik o'zgarib turishi kerakki, bu, o'z navbatida, tematik obraz- ning ham shunga mos o'zgarishini taqozo etadi. Masalan, A.Oripovning mashhur «Bahor» she’ridagi asosiy tematik obraz - tabiatga jonlanish olib kelgan bahor, u tufayli kishi- lar qalbiga to'lgan surur. She’r boshlanishida bahor suru- ri va tabiatdagi jonlanish paydo qilgan ruhiy ko'tarinkilik ustuvor. Biroq surur yaldo kechasidek qish davomidagi bahor sog'inchini, tabiatdagi jonlanish esa «manguga ko‘z yumgan aziz insonlar»ni yodga soladi - emotsional tonallik 234 o'zgaradi. Ularni eslash asnosida lirik qahramon beixtiyor buyuklik va baqo, hayot va o'lim haqidagi o‘ylarga berila- di - qabriston kishini shunga moyil etadi. Elning buyuklari yotgan Chig'atoy qabristoni manzaralari turtki bo'lib onasi- ning olisdagi qabri ko'z oldiga keladi, qalb qa’ridan buyuk yo'qotishning hali ohorli iztiroblari quyilib, tezdayoq inson ga maysacha ham himmat qilinmaganiga qarshi isyon- ga aylanadi. So'ng aql isyonni bostiradi - lirik qahramon inson qismatini tan olib, itoatga keladi va hayotdan zavq olib, shukronalik bilan yashash kerak degan fikrda to'xtay- di. Ayni shu nuqtadan unga bahorning maftunkor go'zalligi yaqqolroq ko'rina boshladi, endi u dilbar kelinchak vujudi- da boshlangan yangi hayotni inson umri davomiyligining ramzi o'laroq idrok eta boshiadi. Ko'rib o'tganimiz tematik kompozitsiyasidagi evrilishlar she’rning o'qishli bo'lishini ta’minlab, mutolaa davomida o'quvchining o'sha ziddiyatli hislarni hech bir ruhiy zo'riqishsiz ko'ngildan kechirishiga zamin hozirlaydi. Yuqorida lirik asar kompozitsiyasi haqida aytganlarimiz uning tashqi (matniy) qurilishi va tematik aspektlariga taal luqli gaplardan iborat bo'ldi. Tabiiyki, bu o'rinda masalani to'la yoritishning imkoni yo'q, shu bois uning eng muhim nuqtalariga to'xtalish bilan cheklandik. Lirik asar tashqi (matniy) qurilishining band bilan bog'liq tomonlari, shu- ningdek, ritmik-intonatsion jihatlari haqida keyinroq, she’r tuzilishi mavzusi doirasida batafsil so'z yuritamiz. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling