Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
pozitsiya masalasi o'rtaga qo'yilgan bo'ladi.
Syujet haqida to'xtalganimizda syujetlilik barcha turdagi asarlarga xosligini, chalkashliklardan qochish uchungina syujetni «voqealar tizimi», ya’ni ko'proq epik va drama tik asarlarga xos hodisa deb tushunishimizni aytdik. Dar- haqiqat, lirik asarda voqealar tizimi yo'q, biroq bir-biriga bog'liq o'y-fikrlar, his-kechinmalar rivoji mavjudki, ushbu harakatning ham boshlanishi, rivojlanishi va yakuni bor. Aslida, shuning o'zi «lirik syujet» atamasini qo'llashga asos, biroq, yana qaytaramiz, chalkashliklardan qochish uchun uning o'miga tematik kompozitsiya atamasi qo'lla- nadi. Albatta, tematik kompozitsiyada syujet unsurlari (eks pozitsiya, tugun va b.)ni izlash o'rinsiz, bunda o'sha uch asosiy nuqta: boshlanma, o'y-fikr va his-kechinmalar rivoji hamda yakun mavjud. Lirik asarda boshlanma vazifasini yo ilk misra, yo ilk qo'shmisra, yo ilk band bajarishi mumkin. Odatda, bosh lanma o'quvchini she’rni qabul qilishga emotsional jihatdan tayyorlashga xizmat qiladi. Yuqorida esa ayni shu vazifani she’r sarlavhasi, o'rni bilan janr qaydi va epigraf ham baja rishi mumkinligini ko’rib o'tdik. Ayon bo'ladiki, sarlavha (janr 225 qaydi, epigraf)li she’rlar bilan sarlavha (janr qaydi, epigraf) siz she’rlardagi boshlanma bir xil emas. Agar birinchi holda sarlavha (janr qaydi, epigraf) bilan ilk misra (qo'shmisra yoki band) birlikda boshlanmani tashkil qilsa, ikkinchisida u ilk misra (qo'shmisra yoki band)dangina iboratdir. Ma salan, A.Oripovning «Hayronlik» nomli she’ri «Chindan g‘alat erur dunyo ishlari» misrasi bilan boshlanadi. Shu ikki unsur boshlanma o'laroq o'quvchini she’rni qabul qilishga - dunyoning turfa ishlariga hayron o'tayotgan lirik qahra mon kechinmalarini ko'ngildan kechirishga hozirlaydi. Sar lavha o'rniga uchta yulduzcha qo'yilgan she’rda ilk misra - «Chuvaladi o 'yla rim sensiz» - boshlanma, uni o'qiboq o'quvchi qalbi hijronda xayoli parishon oshiq holati, iztirob- larini qabul qilishga sozlanadi. Shuningdek, boshlanmasi sarlavha (janr qaydi, epigraf)dangina iborat she’rlar ham uchrab turadi. Jumladan, «Tunislik bola» she’rida. Bu hol da she’rdagi ilk misra (qo'shmisra, band) boshlanma funk- siyalarini o'zidan butkul soqit etgan: Afsus, razolatga botdi bu ochun, Aybni yaratganga to'nkamoq nechun? Senga o ‘t qo‘ydilar bir ermak uchun, Rimga nega keiding, tunislik bola? Ya’ni ilk misradan boshlaboq bevosita lirik qahramon- ning hodisaga munosabati ifodalanmoqda, chunki, yuqo rida ko'rib o'tganimizdek, sarlavha bilan epigraf boshlanma zimmasidagi vazifalarni ortig'i bilan uddalab bo'lgan - o'quvchi she’rni qabul qilishga emotsional jihatdan tayyor. Lirik asardagi his-kechinma, o'y-fikrning rivojlantirib bo- rilishi tematik kompozitsiya o‘zagini tashkil qiladi. Buning eng sodda ko'rinishi qo'yilgan masalaning mantiqiy izchil- likda rivojlantirib borilishi bo'lib, u har qanday nutqda yo inshoda amal qilinuvchi tartibda voqelanadi: muammo qo‘yiladi - muhokama qilinadi - xulosa chiqariladi. Ko'rib 226 turganimizdek, mazkur uchlik yuqorida aytganimiz bosh- lanma - o ‘y-fikr va his-kechinmalar rivoji - yakun uchligi bilan ustma-ust tushadi. Odatda, bunday kompozitsiya ko'proq falsafiy va publitsistik lirika namunalariga xosdir. Masalan, A.Oripovning «Omad haqida» nomli she’ri: Omad degan narsa dunyoda bor gap, Bu yerda har qanday xurofot bekor. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling