Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Mazmunning haqqoniyligi hayotiylik bilan bog'liq ekani 
shubhasiz. Lekin uni haqqoniylikni baholashning yagona 
mezoni qilib olish ham xato bo'lur edi. Adabiyotshunos- 
ligimizda uzoq yillar davomida badiiy asar mazmunining 
haqqoniyligi reallikka qiyosan baholab kelindi. Natijada 
ko'plab asarlar va ularning mualliflariga «hayotni buzib 
ko'rsatgan» qabilidagi ayblovlar qo'yildi. Holbuki, badiiy 
reallikning o'z haqqoniyati bor bo'lib, bu haqqoniyat mav-
159


jud reallikdan kelib chiqib emas, balki badiiy reallikning 
o‘zidan kelib chiqib baholanishi lozim. Muayyan g‘oyaviy 
mazmun ifodasi uchun badiiy reallik haqiqatiga zid borish 
soxtalikni keltirib chiqaradiki, u hamma vaqt o'zini badiiyat- 
ning qotili o'laroq namoyon etgan. Aksincha, san’atkor ba­
diiy reallik haqiqatiga bo'ysunib, o‘rni kelganda o‘z istagiga 
zid o'laroq uning izmiga muvofiq qalam surgani adabiyot 
tarixida ko‘p bor qayd etilgan. Jilla qursa, Balzakni eslay- 
lik: agar badiiy haqiqat qonunlari yumshoq bo'lganida edi, 
burjuaziyani yakson qilish niyati bilan qalam surgan adib 
badiiy haqiqat talabi bilan o‘zi tarafdori bo‘lgan monar- 
xik tartibotlar chirib bitgani-yu nafratlangani burjua bugun 
tarix sahnasida bosh rolni egallay boshlaganini bu qadar 
haqqoniy tasvirlay olmagan bo'lur edi.
Mazmunning universalligi eng avval badiiy adabiyot- 
ning universal bilish vositasi - so‘z bilan ish ko'rishi bilan 
izohlanadi. So‘z bilan ish ko'ruvchi badiiy adabiyot inson 
hayotining barcha jabhalarini qamragan holda badiiy idrok 
etishga intiladi va shunisi bilan bilish sohalari sirasida tom 
ma’noda universallik kasb etadi. Zero, masalan, tarix jami- 
yatning o'tmishi, sotsiologiya buguni, futurologiya kelajagi 
bilan shug'ullanadi, adabiyot esa bularning hammasi bilan 
birvarakayiga shug'ullanadi. Shu bois ham badiiy maz­
mun bir paytning o'zida o‘tmish, hozir va kelajakni qamrab 
olaveradi, universallik kasb etadi. Ikkinchi tomondan, ba­
diiy obrazning ko‘p ma’noli bo'lishi, badiiy voqelik muallif 
tomonidan anglangan mohiyatning badiiy modeli ekani va 
ayni modelning muallif ko'rganidan o'zga hayotiy holat- 
larga ham ko'pincha mos tushishi mazmun universalligini 
ta’minlovchi yana bir muhim omildir.
Originallik badiiy mazmunning muhim spetsifik xususi- 
yatlaridan ekanligi shubhasiz. Biroq, agar originallik mezoni 
o'laroq har bir asarda yangi bir masala ko'tarilishi, hayotning 
shu paytga qadar e’tibor qilinmagan tomoni qalamga olinishi 
yoki haligacha birov aytolmagan haqiqatning aks ettirilishi
160


kabilar olinsa, tushuncha o‘ta mavhum bo'lib, faqat subyek- 
tiv bahoga aylanib qoladi. Zero, bu holda birov original deb 
baholagan mazmun boshqa birovga qip-qizil taqlid bo'lib 
ko'rinishi tabiiy. Shunga ko'ra, mazmun originalligi omilini 
ijodkor subyekti bilan bog'lab tushungan to'g'riroq bo'ladi. 
Bu ma’nodagi originallik har bir ijodkorning alohida va be­
takror individ ekanligi, uning o'ziga xos qarashi, fikrlashi 
bilan bog'liq yuzaga chiqadigan yangilikdir. Ya’ni bu o'rin­
da muhabbat o'zi eski narsa, lekin har bir yurak uni o'zicha 
yangilaydi qabilidagi holat nazarda tutiladi.
Nihoyat, badiiy obrazning emotsional va ratsional bir- 
lik ekanligi, badiiy asarda tasvir bilan birga hissiy muno­
sabat mavjudligi mazmunning ta’sirdorliginl ta’minlaydi. 
Asar mutolaasi davomida o'quvchi muallif yo personajlar 
his-tuyg'ularini o'ziga «yuqtiradi», ular bilan turli hayo­
tiy vaziyatlarda yuzaga keluvchi kechinmalarni qalbidan, 
o'y-fikrlarni ongidan kechiradiki, bular mazmun ta’sirdorligi 
natijasidir. Qadimdan badiiy adabiyotning ayni shu xossa- 
si - hamdardlik asosida o'quvchini personajlarga hamke- 
chinma qilishi-yu shu orqali qalbini tozartirishiga ayricha 
ahamiyat berilgani bejiz emas. Zero, adabiyotning ushbu 
zotiy xossasi o'quvchini mudom jalb etuvchi omil o'laroq 
uning umrboqiyligini ta’minlaydi. Negaki, boshqa hech bir 
san’at retsipiyentga bu qadar turfa his-tuyg'ular gammasi- 
ni qalbdan kechirish imkonini bera olmaydi.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling