Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


BADIIY ASAR MAZMUNI


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

146


BADIIY ASAR MAZMUNI
Badiiy mazmun obyektiv va subyektiv ibtidolar birligi si­
fatida. Badiiy mazmunning yuzaga chiqishi va mazmun 
uzvlari haqida. Badiiy asar mazmunining aktual va tub es­
tetik qatlamlari xususida. Ijodkor dunyoqarashi va badiiy 
mazmun. Badiiy mazmunning o'ziga xos xususiyatlari
Avvalo, badiiy asarda tasvirlanayotgan va badiiy idrok 
etilayotgan narsani farqlash zarur. Negaki, adabiy asarlar­
da bu ikkisi doim ham aynan emas: bir narsa tasvirlan- 
gani holda butunlay boshqa narsa idrok etilishi mumkin 
(« 0‘g‘ri», «Na’matak», «Soxta Neron»). Shu bois ham 
badiiy asar mazmuni unda tasvirlanayotgan hamda idrok 
etilayotgan narsalar birligida tushuniladi. Mazkur fikrni 
izohlashga masal g'oyat qulay bo'lganidan misol o'laroq 
Ezopning «Toshbaqa bilan Quyon» masalini olaylik: 
«Toshbaqa bilan Quyon qay birimiz chopag'onmiz deya 
bahslashib qolishdi-yu bahsni bellashuvda hal qilishga qa- 
ror berishdi. Quyon o'zining tug‘ma chopag'onligiga isho- 
nib unchalik jon kuydirmadi: yo‘l chetiga yonboshladi-yu 
qattiq uyquga ketdi. Toshbaqa esa o‘zining imillab yurishi- 
ni bilgani uchun beto‘xtov chopdiki, natijada bahsda g'olib 
bo'lib mukofot oldi.
Alqissa, ko'pincha kamolga yetkazilmagan tug'ma iste’- 
doddan mehnatsevarlik ustun keladi».
E’tibor berilsa, masalda tasvirlangan narsa - Toshbaqa 
bilan Quyon bahsi ham, masalchining «alqissa» deya qis- 
sadan hissa tarzida chiqarayotgan xulosasi ham o'z holi- 
cha mazmunga egaligini ko'rish qiyin emas. Ayni chog'da, 
masal mazmuni shu ikkisining birligidagina yuzaga chiqa- 
di. Zero, masalan, xuddi shu «Toshbaqa bilan Quyon» vo-
147


qeasini bundan boshqacharoq hayotiy holatga tatbiq et- 
gan holda «O'zingni er bilsang, o‘zgani sher bil!» degan 
xulosa chiqarish ham mumkin. Shuningdek, «Ko'pincha 
kamolga yetmagan tug'ma iste’doddan mehnatsevarlik 
ustun keladi» degan xulosani boshqa bir voqea asosida 
ham chiqarsa bo'ladi. Ayon bo'ldiki, badiiy asar mazmu- 
ni deyilganda uning birgina g'oyaviy mazmunini tushunish 
ham, unda tasvirlangan voqealar mohiyatidan kelib chiqa- 
digan mazmunnigina tushunish ham yanglishdir. Bu esa 
badiiy asar mazmunining obyektiv va subyektiv birlik ekan- 
ligi bilan bog'liq izohlanadi. Agar asarda tasvirlanayotgan 
shaxslar, narsalar, voqea-hodisalar, xullas, tasavvurimizda 
gavdalanuvchi badiiy voqelikni obyektiv ibtido desak, ijod- 
korning o'zi tasvirlayotgan badiiy voqelikka munosabati va 
shundan tug'iluvchi o‘y-fikrlari-yu his-tuyg'ulari subyektiv 
ibtidoni tashkil qiladi. Shunga ko'ra, badiiy asar mazmuni­
ni so'zlab berish mumkin emas. Odatda, amaliyotda ko'p 
duch kelinadigan «mazmunni so'zlab bering» deyilgan 
holatlarda uning bir qirrasi, aniqrog'i, mazmunni uyushti- 
ruvchi muhim unsur - fabula, ya’ni asarda tasvirlangan 
voqealar haqiqatda yuz berish tartibida so'zlab beriladi, 
xolos. Sirasi, buni hatto muallifning o'zi ham uddalay ol- 
maydi, chunki «bitta daryoga ikki marta sho'ng'ish mum­
kin emas». Ya’ni yozuvchi o'sha asarni yaratish paytidagi 
ma’naviy-ruhiy holatiga aynan kirolmaydi, demak, mabodo 
mazmunini «so'zlab» berishga jazm etgudek bo'lsa ham, 
asarda aks etgan o‘y-hislari aynan takrorlanmaydi, bas, u 
so'zlab berayotgan mazmun ham endi aynan emas, bosh­
qa bo'ladi.
Adabiyotshunoslikda «tema» (mavzu) termini ikki 
ma’noda faol ishlatiladi: 1) asarda tasvirlanayotgan hayot 
materiali; 2) asarda badiiy idrok etish uchun qo'yilgan ij- 
timoiy, ma’naviy-axloqiy, falsafiy va boshqa problemalar 
majmuyi. Shuningdek, bu ikki ma’noni birlashtiradigan 
talqin ham mavjud. Jumladan, akademik I.Sultonga ko'ra,
148


«mavzu - yozuvchi ongida va qalbida hali badiiy shakllan- 
tirishni talab qilib yotuvchi hayotiy material va sotsial-axlo- 
qiy problemadir». Ko'rib turganimizdek, ustoz «mavzu» va 
«problema» terminlariga sinonim sifatida qaraydi: «Yozuv- 
chini hayajonga solgan va qo'liga qalam olishga majbur 
etgan hayotiy material «mavzu» yoki «problema» deb ata- 
ladi».1 Bundan farqli o'laroq, biz mazmun komponentlari- 
ni badiiy ijod jarayoni va asarda namoyon bo'lishi nuqtayi 
nazaridan farqlash tarafdorimiz. Shunga ko'ra, «proble­
ma» va «mavzu» alohida tushunchalar, ularni ikkita ata- 
ma bilan nomlash to‘g‘ri bo'ladi deb hisoblaymiz. Endigi 
vazifamiz shu qarashni badiiy ijod tabiatidan kelib chiqqan 
holda asoslash bo‘ladi.
Badiiy asar ijodkorning borliq bilan munosabati mahsuli 
o'laroq dunyoga keladi. Ya’ni borliqda yashayotgan individ 
sifatida ijodkorni muayyan muammolar o‘ylatadi, tashvish- 
ga soladi. Ijodkor o'sha muammoni idrok etishga intilishi 
ichki ehtiyojga aylangani uchun ham asarga qo'l uradi. 
Tabiiyki, «boshidan o'tgan tabib» deganlaridek, bu masa- 
lani ijodkordan ko'ra yaxshiroq biladigan bo'lmasa kerak, 
shuni o'ylab A.Qahhorga murojaat etamiz. A.Qahhor yosh- 
lar seminarida so'zlagan nutqida aytadiki, «yozuvchi biron 
hodisaga o'quvchida muhabbat yoki nafrat hissi qo'zg'ati- 
shi uchun avval o'sha his o'zida bo'lishi kerak». His etish 
uchun esa «ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish, uning yaxshi, 
yomon ekanini bilish» lozim. «Yozuvchi turmush hodisasini 
tahlil qilganidan so'ng unga ma’lum munosabatda bo'ladi. 
Bu munosabati uning qanoati bo'ladi. Uning biron hodisani 
his qilishi mana shu qanoati asosida bo'ladi».2 E’tibor be- 
rilsa, A.Qahhorning «qanoat» degani bilan biz «problema» 
deb atayotgan tushunchaning bitta narsa ekani ko'rinadi. 
Adib talqinidagi «qanoat» ijtimoiy hodisaning «yaxshi, yo­
mon ekanini bilish»dan tug'ilgan munosabat ekani shunday
'
Иззат Султан. Адабиёт назарияси. - Тошкент: Укитувчи, 1986. - Б. 172 - 173.
2 Kja^op А. Асарлар. 5 жилдлик. 5-жилд. - Тошкент, 1989. - Б.66.
149


deyishga to'la asos beradi. Zero, problema ham ijtimoiy 
hodisalarni ideal asosida mushohada etish, ular orasidagi 
muvofiqlik yoki nomuvofiqlikni anglashdan yuzaga keladi. 
A.Qahhorga ko'ra, «yozuvchi hech vaqt «Nima to'g'risida 
yozsam ekan?» deb o'ylab, keyin birdaniga biron to'g'ri- 
da yozishni ixtiyor qilmaydi. Aksincha, hodisaga ma'lum 
munosabati, qanoatidan kelib chiqqan rozilikyoki norozilik 
uni yozishga majbur qiladi, uni o'z ixtiyoriga qo'ymaydi».1 
Ya’ni bundan yozuvchining «nima to'g'risida yozishi»ni -
mavzuni «qanoat» belgilaydi degan xulosa kelib chiqadi.
Demak, yuzaga kelishi nuqtayi nazaridan problema bir­
lamchi bo'lib, u ijodga turtki beradi. Negaki, problemada 
pirovardida ifodalanuvchi g'oya (ya’ni ijodkorning o'quv- 
chisiga aytmoqchi bo'lgani) kurtak holida mavjud - uni 
barg yozdirish, obrazlar yordamida shakllantirish va ifoda­
lash zarur. Ya’ni problemani - uni yuzaga keltirgan omil- 
lar va hal etish yo'llarini badiiy idrok etish, bu jarayonda 
anglagan haqiqatlari bilan o'rtoqlashish ijodkor uchun endi 
zaruratga, uning ichki ehtiyojiga aylanadi. Shu jihatdan qa- 
ralsa, badiiy asarni «ehtiyoj farzandi» deb ta’riflagan Ab­
dulla Oripov to'la haqdir.
Ta’kidlash kerakki, problema haqida yuqorida bildiril- 
gan fikrlarni mutlaqlashtirish ham durust emas. Zero, uiar 
ko'proq epik asarlarga, o'shanda ham ijtimoiy xarakterdagi 
asarlarga tatbiqan o'zini to'la oqlaydi. Deylik, izhor yoki vasf 
asosiga qurilgan lirik she’rlar, shuningdek, majoziy-ramziy 
xarakterda bo'lmagan peyzaj lirikasi namunalaridan ham 
problema izlash to'g'ri emas. Chunki ularning yaratilishi- 
ga turtki bergan narsa - mualliflarining «qanoatidan ke­
lib chiqqan rozilik», mavjud holatdan rozi odamda esa, 
tabiiyki, problema bo'lmaydi. Ayni chog'da, yor yoki tabi­
at go'zalligidan ko'ngilning zavq-u shavqqa to'lib ketishi 
ham ijodga turtki beradi - «bo'shanish zarurati»ni yuzaga
10'sha joyda.
150


keltiradi. Yoki ommaviy adabiyot vakili sanaluvchi detektiv, 
sarguzasht va fantastik asarlarda ham ko'pincha problema 
ko'zga tashlanmaydi. Sababi, ularda ijodkor maqsadi asar- 
dan chetga chiqmaydi, ya’ni sarguzasht davomidagi o'tkir 
kechinmalar, izquvar bilan birga jumboqlarni yechish-u 
xayolotning mutlaqo erkin parvozidan keladigan zavqning 
o'zi maqsadga aylanadi. Boshqacha aytsak, ularda san’at- 
ning «o'yin» xususiyati ustuvorlik kasb etib qoladi.
Adabiyotshunoslikda «problema» bilan birga «prob- 
lematika» istilohi ham ishlatiladi. Gap shundaki, hayotni 
qamrov ko'lami keng epik va dramatik asarlarda badiiy 
idrok etilayotgan muammolar ham shunga yarasha, ya’ni 
bir emas, bir nechta problema qo'yilishi mumkinki, ularning 
jami problematika deb yuritiladi. Odatda, asar problema- 
tikasi bir-biriga bog'liq va bir-birini taqozo etuvchi proble- 
malardan tarkiblanib, o'ziga xos butunlikni tashkil qiladi. 
Masalan, «O'tkan kunlar»ning bosh problemasini «millat 
ozodligi va taraqqiysi» tarzida ifodalash mumkin bo'lsa, 
uning tolaqonli badiiy idrok etilishi «milliy birlik», «saltanat 
va raiyat», «taraqqiy va manfaati shaxsiya», «inson erki», 
«ayol huquqi», «otalar va bolalar» kabi qator yondosh 
problemalar yordamida amalga oshadi.
Ijodkor o'zini o'ylatgan, tashvishga solgan muammo(lar) 
ni badiiy idrok etish uchun qulay va keng imkon beruvchi 
hayot materialini tanlab tasvirlaydiki, shu asar mavzusidir. 
Ya’ni «asarda tasvirlangan va badiiy idrok etiigan narsa 
farqlanishi kerak» degan qarashdan kelib chiqqan holda 
birinchisini «mavzu», ikkinchisini «problema» deb atay- 
miz. Holbuki, bu yo'sin farqlashimizda muayyan shartlilik 
bor: «problema» bilan «mavzu» bir narsaning ikki tomoni, 
ularni farqlashimiz esa o'rganishni osonlashtirish uchun
xolos. Zero, bir tomoni, hayot materiali problemaga mu­
vofiq tanlansa, ikkinchi tomoni, problema o'sha materialda- 
gina namoyon bo'ladi va uning asosida badiiy idrok etiladi. 
Haqiqatda «problema» bilan «mavzu» birligi badiiy asar
151


mazmunining bitta qirrasi - tematik asosni tashkil qiladi.
Shu o'rinda yana bir narsaga aniqlik kiritib o'tish zarur. 
Gap shundaki, «hayot materiali tanlab olinadi» deyishimiz- 
da ham muayyan shartlilik bor. Negaki, problemani badi­
iy idrok etish uchun hayot materiali har doim ham asliga 
monand olinmaydi, bu ko'proq realistik yo'nalishdagi ada­
biyotga xos. Hayotda mavjud bo'lmagan - ijodkor xayoloti 
mahsuli bo'lmish holat yo voqea tasviri orqali ham prob­
lema badiiy idrok etilishi mumkinki, adabiyotda bunday 
asarlar ham ko'pchilikni tashkil qiladi. Jumladan, yuqorida 
misol tariqasida keltirilgan masalda tasvirlangan «Tosh­
baqa bilan Quyon bahsi» hayotiy emas, u ijodkor to- 
monidan muayyan hayotiy holat mohiyatini ochish uchun 
yaratilgan badiiy modeldir. Shunga o'xshash, o'zini qiyna- 
gan muammolar idroki va ifodasi uchun, masalan, J.Svift 
«Gulliverning sayohatlari»da hikoya qilgan voqealar yo- 
xud F.Kafka «Evrilish»da tasvirlagan holat ham mohiyatan 
badiiy modeldir. Xuddi shu gapni Fitratning «Qiyomat», 
N.Eshonqulning «Maymun yetaklagan odam», U.Ham- 
damning «Bir piyola suv», I.Sultonning «Qismat» hiko- 
yalari, O.Muxtorning «Ffu», A.A’zamning «Ro'yo yoxud 
G'ulistonga safar» romanlari va yana juda ko'p asarlarga 
nisbatan ham aytish mumkin. Albatta, bularning hammasi- 
da andoza hayotdan olingan, ya’ni hayot-voqelik modelni 
yaratish uchun material bo'lib xizmat qiladi. Faqat har bir 
konkret modelda «aks ettirish» va «ijodiy qayta yaratish» 
amallarining nisbati turlichadir.
Asarda tasvirlangan badiiy reallik voqelikning ijodkor 
tomonidan ko'rilgan, ideal asosida g'oyaviy-hissiy baho- 
langan va muayyan mazmunni ifodalashga mos tarzda 
ijodiy qayta ishlangan aksidir. Ya’ni badiiy asarda voqelik 
quruqqina «aks ettiril»maydi, unga muallifning g'oyaviy-his­
siy bahosi ham qo'shiladi (hatto muallif o'ta «obyektiv» 
bo'lishga intilganida ham, uning nuqtayi nazaridan ko'ril­
gan va taqdim etilgan badiiy voqelikda ijodkor subyekti
152


akslanaveradi). Yuqorida problemaning o'zida g‘oya kurtak 
holida mavjud bo'lishini aytdik. Demakki, hayot materialini 
tanlashdan boshlab uning qanday umumlashtirilishi, badi­
iy voqelikda obrazlarni iyerarxik tartibda joylashtirish, ular- 
ning qiyofasini chizish, fe’l-xo‘yini ta’riflash, xatti-harakat- 
lari va ruhiyatini tasvirlash - barida muallif subyekti, u 
ifodalamoqchi bo'lgan g'oyaning ta’siri sezilib turadi. Ayni 
shu narsa asarning o'quvchi tomonidan qabul qilinishini 
boshqaradi, o'quvchini asarni muallif istagandek tushu- 
nishga yo'naltiradi. Shu bois muallifning o‘zi tasvirlayotgan 
voqea-hodisalarga g‘oyaviy-hissiy munosabati, obrazlar 
sistemasida o‘z ifodasini topuvchi problemani anglashi va 
baholashi tendensiya deb yuritiladi. Zero, «tendensiya» lo- 
tincha so‘z bo'lib, terminga uning «yo‘naltirmoq» ma’nosi 
asos bo'lgan.
Yuqoridagilardan ayon bo'lyaptiki, tendensiya asar 
problematikasidan kelib chiqib taniangan hayot materi- 
ali talqinini muallif ko'zlagan g'oyaviy-badiiy maqsadga 
yo'naltirgan holda badiiy g'oyaga aylantirar ekan. Ya’ni 
asarda qo'yilgan problemaning qalamga olingan hayot 
materiali asosida idrok etilishi va baholanishidan badiiy 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling