Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


ADABIY ASAR HAQ1DA


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

115


ADABIY ASAR HAQ1DA

«Badiiy asar», «adabiy asar» va «adabiy-badiiy asar» isti- 
! lohlari xususida. Badiiy asar - badiiy kommunikatsiya
vositasi. Badiiy ijod jarayoni haqida. Badiiy asar sistem
II butunlik sifatida.
Eng avvalo, «badiiy asar» degan birikma-istiloh keng va 
tor ma’noda qo'llanishini aytish kerak. Keng ma’noda badi­
iy asar deyilganda san’atga (musiqa, rassomlik, haykalta- 
roshlik, kino, teatr va b.) aloqador, insonning go'zallik qo- 
nuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati mahsuli o'laroq 
dunyoga kelgan yangi mavjudlikni tushunamiz. Bu ma’no­
da musiqa asari ham, haykal yoki rangtasvir ham, film yoki 
spektakl ham - bari badiiy asar sanaladi, uiarning ham- 
masiga nisbatan «badiiy asar» atamasini qo'llash to‘g‘ri 
bo'ladi. Adabiyotshunoslikda esa ushbu istiioh ko'proq tor 
ma’noda - so‘z san’ati vakili bo'lgan asar ma’nosida faol 
ishlatiladi. Shuningdek, yana iste’molda «adabiy asar» is- 
tilohi ham mavjudki, u adabiyotga mansub barcha asarlar- 
ni anglatadi. Ilgari aytilganidek, har bir fan doirasida ter- 
mlnologik aniqlikka intilish kerak. Agar shu talab nuqtayi 
nazaridan qaralsa, mazkur ikki terminni sinonim sifatida 
qo'llash to‘g‘ri bo'lmaydi. Negaki, a g ar«badiiy» sifatlovchi- 
si san’atga oidlikni angiatayotgan ekan, u badiiy obraz vo- 
sitasida fikrlash va Ifodalashni ko’zda tutadi. Holbuki, bu 
jihatdan qaralsa, adabiyotga mansub asarlarning hamma- 
sini ham san’atga mansub deb bo'lmaydi: memuarasarlar, 
safarnomalar, kundaliklarda badiiy emas, balki faktografik 
obrazlar yaratiladi. Demak, tor ma’noda qo'llangan «ba­
diiy asar» istilohi bilan «adabiy asar» istilohi ustma-ust 
tushmaydi, ularni to'liq sinonim sifatida qo'llash xatodir.
116


Zero, adabiyotga tatbiqan tor ma’noda ishlatilganida «
ba­
diiy asar» 
termini «
adabiy-badiiy asar»
ni anglatadi. Ya’ni 
«adabiy asar» 
adabiyotga mansub barcha asarlarni, 
«ada­
biy-badiiy asar» 
esa ularning birqismini bildiradi.
Adabiyot va san’at badiiy asar shaklida yashaydi. Ya’ni, 
masalan, «Navo», «Rost», «Segoh», «Tanovar» ... kabi 
minglab kuylar taralib turgani uchun musiqa san’ati; «Ma- 
hallada duv-duv gap», «Maftuningman», «Yor-yor» ... kabi 
yuzlab filmlar ekranlarda jonlanib turgani uchun milliy kino 
san’ati yashayapti deymiz. Tabiiyki, bu gap so'z san’atiga 
ham to'la tegishli. Zero, kichik fardlardan tortib «Xamsa»- 
ga qadar, jajji hikoyatdan tortib roman-epopeyalarga qa- 
dar yozuvda manguga muhrlangan asarlar borligi uchun 
milliy adabiyot yashayapti. O'sha asarlarni dunyoga keltir- 
gan zotlar o‘tdilar, zamonlar oqdi-ketdi - himmat-u saxo- 
vati bilan shoirlarni himoyatiga olgan shohlar-u ularni xor 
tutgan tuzumlar yitdi, fayzli mushoiralar-u ziddiyatli adabiy 
jarayonlar kechdi... - asarlar qoldi, ularga singigan ijod- 
korlaming o‘y-hislari, dardi, orzu-armonlari, davr ruhi ya­
shayapti. Demakki, 
badiiy asar - adabiyot va sa n ’atning 
yashash shakli 
degani ayni haqiqatdir.
Adabiy asar haqida gap ketganida, avvalo, uning nutq 
hodisasi ekani haqida to'xtalish lozim bo'ladi. Negaki, ada­
biy asarning moddiy asosi (artefakt) til unsurlaridan tarkib 
topgan matn, ya’ni zamonda voqe bolgan va yozuv yor- 
damida qotirib qo'yilgan nutqdir. Til unsurlari esa, ma’lum- 
ki, muloqot jarayonidagina nutq hodisasiga aylanadi. De- 
mak, adabiy asarning asosi bo'lmish matn ham muloqot 
jarayonida vujudga keladi, ya’ni adabiy ijodning o‘zi mohi- 
yatan muloqotdir. Buni yorqinroq tushunish uchun tamsil 
qilishga zarurat bor. Tasavvur qilingki, siz kimgadir maktub 
yozmoqdasiz. Tabiiyki, siz maktubingiz kimga yozilayot- 
gani, uning qanday odamligi, u bilan qay yo'sin muomala 
qilish kerakligi, yetkazilayotgan informatsiyaga taxminiy 
munosabati ... kabilarni hamisha nazarda tutasiz. Bosh-
117


qacha aytsak, maktubni yozish davomida adresat har vaqt 
xayolingizda turadi: yetkazmoqchi bo'lgan xabaringizni u 
tushunadigan va qabul qila oladigan, unga siz istagan- 
dek ta’sir qiladigan qilib yozishga harakat qilasiz. Demak, 
aslida xat yozish jarayonida siz adresat bilan muloqotga 
kirishasiz - tasavvuringizdagi suhbatdosh bilan «xayolan 
gaplashasiz» va ayni shu suhbat (muloqot jarayoni) yozuv 
orqali qog'ozga muhrlanadi.
Qog'ozda muhrlangan «suhbat-muloqot», maktub adre­
sat qo‘liga yetib borgach, yana jonlanadi. Endi siz adresat 
tasavvuridagi suhbatdoshsiz: real suhbatdoshga aylangan 
adresat sizning gaplaringizni «eshitadi». Ma’lum bo'ladiki, 
maktub, umuman yozma nutq muddati kechiktirilgan mu­
loqot, matn esa muloqotning amalga oshish vositasi ekan. 
Shunga o'xshash, yozuvchi ham ijod onlarida tasavvurida­
gi o'quvchi bilan muloqotda bo'ladi: unga muayyan badiiy 
informatsiyani yetkazadi, o'zining o'y-hislari bilan o'rtoqla- 
shadi, u bilan bahslashadi, uni nimalargadir ishontirishga 
intiladi... Ayni shu muloqot - ijodiy jarayon asar matnida 
muhrlanadi. Xuddi maktubga o'xshash, adabiy asarni 
o'qish jarayonida muloqot qaytadan jonlanadi, endi yozuv­
chi tasavvurdagi «suhbatdosh» mavqeyiga o'tsa, o'quv­
chi real suhbatdoshga aylanadi. Ko'ramizki, badiiy matn 
muddati kechiktirilgan badiiy muloqot, badiiy asar esa shu 
muloqotning amalga oshishini ta’minlovchi vosita ekan. 
Demak, ijodkor va o'quvchi orasidagi badiiy muloqotni 
amalga oshirishga xizmat qilgani uchun ham badiiy asar 
badiiy muloqot vositasi deb tushuniladi.
Shu o'rinda nihoyatda muhim bir nuqtani ta’kidlab o'tish 
maqsadga muvofiq. Adabiy asarning moddiy asosi (arte- 
fakt) sanaluvchi matn o'quvchi unga badiiy informatsiya 
olish niyati bilan yondashgan taqdirdagina estetik obyekt- 
ga - badiiyat hodisasiga aylanadi. Zero, badiiyat hodisasi 
faqat ikki ong tutashgan nuqtadagina mavjud (M.Baxtin) 
bo'la oladi. Demak, adabiy asar o'qish (hamda ijod) jarayo-
118


nazarda tutadi? Badiiy ijod bilan shug'ullanishga layoqati 
bor odam qanday bo'ladi?
Badiiy ijodga layoqatli odam, avvalo, hayotni o'tkir 
idrok (his) qila olishi bilan farqlanadi. Uning o'tkir nigohi 
siz-u biz ko'rmagan (ehtimol, mutlaqo e’tibor bermagan) 
narsalarni ko'radi, ko'radigina emas, siz-u bizga mutlaqo 
ta’sir qilmagan narsa uning ko'nglida chinakam to'fon 
qo'zg'ashi; siz-u bizga ahamiyatsiz ko'ringan narsa unga 
olam-u odam mohiyatidan so'zlashi, chigal muammolarni 
yechishi uchun kalit bo'lib xizmat qilishi mumkin. Mazkur 
xususiyatni san’atkorona nigoh deb atab turaylik. Demak, 
san’atkorona nigoh ijodkorga voqelikdagi badiiy jihatdan 
ahamiyatga molik narsa-hodisalarni, ularning zamiridagi 
ijtimoiy-estetik mohiyatni ilg'ab olish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, yuqorida aytganimiz ijodkorga xos 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling