Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
ta’sirchanlik ham jo'n tushunilmasligi kerak. Zero, hodi-
sot-u mo'jizalarga, turli hayotiy holat-u turfa taqdirlarga, anvoyi fe’i-sajiyali odamlarga boy hayotda hamma ham ta’sirlanadi. Albatta, bu taassurotlarning namoyon bo'li- shi-da turfa xil. Deylik, o'z hayot yo'lida foje, ayanch ho- latga duch kelganida kimdir yig'laydi, kimdir yotib qoladi, kimdir taskinni shisha tubidan izlaydi va b. San’atkorda bularning aniq birini ko'rishga intilish ham to'g'ri emas. Sababi, san’atkor sirtdan mutlaqo beta’sir qolishi, biroq, ayni damda, qalbida ulkan to'fonlar qo'zg'algan, aqli-yu shuuri shu holatning mushohadasi bilan band bo'lishi mumkin (ayni shu holatdan ta’sirlanish keyinroq, biror-bir asarida namoyon bo'ladi). San’atkor hayotida duch kelgan va ta’sirlangan narsalar uning ko'nglida (ongida) chuqur iz qoldiradi. Yuqorida aytdikki, hayotda hamma ham ni- malardandir ta’sirlanadi, biroq bu taassurotlar vaqt o'tishi barobarida unutiladi - ongosti qatlamlariga singib ketadi. Bundan farqli o'laroq, san’atkor taassurotlari yashovchan- lik xususiyatiga ega: ular tez-tez san’atkorni bezovta qilib turadi, san’atkor ularni qayta-qayta ko'nglidan kechira ola- 120 di. Ya’ni san’atkorga xos muhim tug'ma xususiyat shuki, u ongosti qatlamlaridagi, xotiradagi taassurotlarni qayta uyg'ota oladi va ularni ijodiy tasavvurga jalb etadi. Shu bois ham ijodkor olis bolaiigida olgan taassurotini yetuk- lik paytida yozgan asarida aks ettirishi mumkin, shunda ham o‘sha taassurot yangidek tuyuladi bizga. Yuqoridagi- lardan ko'rinadiki, xotira - badiiy ijodning muhim unsuri. Ayni paytda, san’atkor xotirasi faktlar-u taassurotlar to'pla- nadigan ombor emas, balki faoliyatdagi (safarbarlikdagi) xotira, zero, undagi badiiy-estetik ahamiyatga molik fakt-u taassurotlar san’atkor ongida har lahza tirilishi, ruhiy par- vozga qanot berishi mumkin. Badiiy ijodning yana bir muhim unsuri - tasavvur. San’atkorning ijodiy tasavvuri xotirada mavjud fakt va ta- assurotlardan keraklilarini (ijodiy niyat bilan bog'liq ravish- da) uyg'otib, ularni muayyan tartibga solingan manzara holida «ko‘rish» imkonini beradi. Ya’ni ijodiy tasavvur ha- yot materiali (dispozitsiya)ni badiiy asar (kompozitsiya)ga aylantirishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. E’tibor bergandirsiz, adib-u shoirlarimiz badiiy ijod haqi da so'z ketganda ilhom haqida albatta gapiradilar. Jum- ladan, A.Qahhor aytadiki: «Asar ilhom bilan yozilsa, obraz lar o‘z-o‘zidan gavdaianadi, hatto o'zining qiladigan ishini, aytadigan gapini yozuvchiga aytib, luqma solib turadi. Il hom yozuvchini hamma qiyinchiliklardan qutqaradi».1 Dar- haqiqat, ko'tarinki ishchan kayfiyatga chulg‘angan ilhom deb ataluvchi ma’naviy-ruhiy holatda ijod jarayoni yuk- sak zavq bilan, samarali, ko'ngilli va yengil kechadi. Ijod ahlida kuzatiluvchi mazkur holat odamlarga qadimdayoq ma’lum bo'lganki, uni turlicha izohlashga harakat qilganlar. Qadimgi yunonlar ilhom m uzalar- ayol qiyofasidagi ilohiy mavjudotlar tomonidan beriladi deb hisoblaganlar, Sharq- da ham ilhomni g'aybdan deyishga moyillik kuchli bo'lgan. 1 Абдулла Кахдор. Асарлар. 5 жилдлик. Ж.5. - Тошкент: Адабиёт ва санъ- ат, 1989. - Б.256. 121 Tez-tez quloqqa chalinadigan «ilhom parisi», «ilhom oti- ga minmoq» qabilidagi gaplar shunday tushunish izlari- dir. Ilhom masalasiga, ayniqsa, romantizm davri adabi- yotshunosligida juda katta ahamiyat berilgan, badiiy asar qay darajada kuchli ilhom ta’sirida yozilsa, uning badiiy quvvati ham shu darajada bo'ladi deb hisoblangan. Hatto antik faylasuflar, xususan, Aflotun qarashlarini rivojlantirib, o'zni unutar darajadagi ilhom holati haqida so'z borgan. Bulardan farqli o'laroq, keyingi davrlarda ilhomning man- bai hayotning o'zida degan qarash ustuvorlik kasb etib bordi. Jumladan, o'zbek ijodkorlarining qarashlari ham shu o'zanda rivojlandi. Masalan, o'z vaqtida A.Qahhor yosh ijodkorlarga bu masalani quyidagicha tushuntirgan: «Il homning makoni xalqning dilida - majburiyat emas, zaru- riyat, xohishga aylangan mehnatning shavkati, baxtiyor odamning qahqahasida, jabrdiydaning ko'z yoshida, oshiq va ma’shuqalarning ko'zlari va so'zlarida, odamda mehr va g'azab uyg'otadigan hodisa va voqealarning mag'zida... il hom qidirgan yozuvchi xalqning qalbiga qo'l solishi kerak».1 Xullas, bu xil tushunishda ilhom ijodkorning hayotda duch kelgani turli-tuman holat-u muammolarni badiiy idrok etish maqsadida ong-u shuuridan o'tkazishi, tinimsiz o'ylovlari natijasida yuzaga keladigan ruhiy holatdir. Albatta, ilhom onlarini, uning yuzaga kelishini mantiqiy izchillikda tushun tirib berish qiyin va bu da’vodan yiroqmiz ham. Biroq shu- nisi aniqqi, ilhom yuqorida sanalgan xususiyatlarga ega shaxsning ijodiy-ruhiy faoliyatidagi muayyan bir bosqich bo'lib, unda shu paytga qadar pishib yetilib kelgan jarayon tezlashadi; ijodkorning umumiy ruhiy quvvati ortadi: aqliy va hissiy mushohada tezligi oshadi, xotira maksimal jon lanadi, narsa-hodisalar orasidagi assotsiativ aloqalarni ilg'ay olish qobiliyati, nigoh o'tkirligi, ta’sirchanlik kuchaya- di, ijodiy tasavvur ko'lami kengayadi... Ayni shu damlarda 1 Ko'rsatilgan manba. - Б.228. 122 ijodiy jarayon ko'ngilli, oson va mahsuldor kechadi - asar go‘yo «quyulib» keladi. Demak, ilhomni g'aybdan kelgan narsa sifatida emas, balki san’atkor ongi-yu qalbida kech- gan ijodiy-ruhiy jarayonning yuksak nuqtasi, uning tug'ma imkoniyatlari maksimal darajada kuchaygan palla sifatida tushunish ham mumkin ekan. Yaxshi bilasiz, yozuvchi va shoirlarimiz asarni ko'pincha farzandga qiyos etadilar. Haqiqatan ham, badiiy asarning dunyoga kelishini farzand tug‘ilishiga qiyos etsa arzigulik. Farzand to'qqiz oy davomida ona vujudida yetiladi - qat- radan inson shakliga kiradi, bu vaqt davomida u onaning jismoniy va ruhiy quvvatini o'ziga oladi, so'radi. Payti kel- gach, onani to‘lg‘oq tutadi - farzand dunyoga keladi. Shun- ga o'xshash, badiiy asar ham ijodkor ongida yetilib boradi, payti kelgach, uni ham to‘lg‘oq tutadi: bo'shanish - asarni yaratish, o'quvchisi bilan o'rtoqlashish uning uchun zaru- ratga'aylanadi. Ya’ni endi ijodkor ongida yetilgan o‘sha asarning yaratilmasligi mumkin emas, ijod psixologiyasi shuni taqozo qiladi. Adabiyot tarixi buni qator faktlar bilan tasdiqlaydi: ko'plab ijodkorlar yaratajak asari noxushliklar keltirib chiqarishi, hatto hayotlariga xavf solishi mumkin- ligini bilganlari holda ham uni yozganlar. Aks holda, agar o'sha asarni yozmaslik ham mumkin bo'lganida edi, ehti- mol, A.Qodiriy, Cho‘lpon kabi buyuk adiblarimizning ayrim asarlari butkul yaratilmagan bo‘lur edi!.. Demak, badiiy ijodning ruhiy mexanizmlaridan yana biri ijodkorga xos «bo'shanish zarurati» ekan. Yuqorida badiiy ijodga layoqatli shaxsga xos xususiyat- larga to'xtaldik. Ayni shu xususiyatlarga ega inson ongida Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling