Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

ijodiy niyat tug'iladi. Ijodiy niyatning tug'ilishi - badiiy ijod 
jarayonidagi ilk bosqich. Ijodiy niyat san’atkorning voqelik 
bilan munosabati, voqelikni 0 ‘ZIChA (o'zining estetik ide- 
ali, dunyoqarashi, sajiyasi, madaniy-ma’rifiy darajasi, ha- 
yotiy va ijodiy tajribasi, tug'ma iste’dodi quvvati asosida) 
qabul qilishi va idrok etishi natijasi o'laroq yuzaga keladi.
123


To‘g‘ri, u yoki bu asarining yozilishi tarixiga to‘xtalgan yo- 
zuvchining ijodiy niyat birdan tug'ilganini ta’kidlagan hollar 
ham tez-tez uchraydi. Balki, shundaydir, biroq, masalan, 
chaqmoq yarq etishi uchun avval bulutlar elektr zaryadiga 
to‘yinishi kerak emasmi? Yana tamsil qilsak, Nyutonga qa- „ 
dar ham necha-necha odamlarning boshiga olma tushgan, 
biroq butun olam tortishish qonunining kashfi faqat unga 
nasib etmadimi?! Demak, gap aslo olmada emas, bosh- 
da ekan-da. Shunga o'xshash, u yoki bu asarni yozish bi­
lan bog'liq ijodiy niyat ham faqat shu haqda o‘ylab yurgan 
odamda tug‘ilishi mumkin, xolos.
Ijodiy niyatda yaratilajak asarning asosiy chizgilari, bir- 
muncha xiraroq tarzda bo‘lsa-da, ko‘zga tashlanib turadi. 
Ya’ni ijodiy niyat yaratilajak asarning san’atkor ongida- 
gi xomaki eskizidir. Badiiy ijod jarayonining o‘ziga xosligi 
shundaki, san’atkor ijodiy niyatdayoq o‘quvchiga muayyan 
ta’sir qilishni ko'zda tutadi. Baski, maqsad ijroga ta’sir 
qiladi, niyat va ijro birlashadi. Bu jarayonni birmuncha 
o‘zgacharoq tushuntirish qulayroq ko'rinadi: san’atkorning 
estetik ideali bilan mavjud voqelik orasidagi nomuvofiqlik 
badiiy ijodga undovchi motiv bo‘lsa, idealga yaqinlashish 
ijodning maqsadidir. Demak, ijodiy niyat bilan ijro, ijod mo- 
tivi bilan maqsadining birligi badiiy ijod jarayonini yaxlit, 
butun hodisaga aylantiradi. Shu yaxlit jarayon - badiiy ijod 
davomida ijodiy niyat ijro etiladi, san’atkorning 
o ‘y - fik rla ri, 
bahosi badiiy obrazlar tizimi vositasida moddiylashtiriladi.
Biz badiiy ijodjarayoni deganda san’atkor ongida ijodiy 
niyat yetilib, «bo‘shanish» zarurati yuzaga kelgan paytdan 
to asarga so‘nggi nuqta 
q o ‘y N g iin g a
qadar bo‘lgan vaqtni 
ko‘zda tutamiz. Ayni shu vaqt oralig‘ida san’atkor ongida 
kechgan ijodiy-ruhiy jarayon badiiy asarda akslanadi. Shu 
bois ham mazkur jarayonning o'ziga xos xususiyatlariga 
ayricha e’tibor zarur. Avvalo shuki, ijod onlaridagi ijodiy- 
ruhiy holat san’atkorning bungacha kechirgan hayoti, 
ko'rgan-kechirganlari zaminida yuzaga keladi. Biroq ijod
124


onlarida u oldingi hayotidan, zamindan uziladi go'yo: endi 
u tamomila o‘zga o'lchamda - IDEAL olamida yashaydi. 
Ayon bo'ladiki, san’atkorning hayot yo‘li, unga oid fakt 
va hodisalar, shaxsiyati, sajiyasi kabilar bilan badiiy asar 
orasidagi aloqa ko'proq genetik (paydo bo'lishi, dunyoga 
kelishi jihatidan) xarakterga egadir. Zero, badiiy asarda real 
san’atkor emas, uning ijod onlaridagi ma’naviy-ruhiy bu- 
tunligi aks etadi. Shunga ko‘ra, hayotda biz bilgan san’at­
kor bilan ijod onlaridagi san’atkor orasiga tenglik alomati 
qo‘yib bo'lmaydi: real san’atkor bilan asarda aks etgan 
muallif obrazi (yoki lirik qahramon) bitta emas. Ikkinchidan, 
ijod oniaridagi ijodiy-ruhiy hoiat betakror bo'lib, bitta daryo- 
ga ikki bora sho'ng'ib bo'lmaganidek, san’atkorning xuddi 
shu ijodiy-ruhiy holatga qayta tushishi mumkin emas. De­
mak, o'zida muayyan ijodiy-ruhiy holatni aks ettirgan badi­
iy asar ham betakror (fenomenal) hodisa sanaladi. Shunga 
ko'ra, badiiy asardagi har bir unsur o'sha ijodiy-ruhiy holat 
mahsuli, asarda bironta ham ortiqcha unsur mavjud emas. 
Zero, asardagi barcha unsurlar, hatto bizning nazdimizda 
ortiqchadek tuyulganlari ham muallifning ijod onlaridagi 
ruhiy holatini ifodalaydi, demakki, asarning mazmun-mo- 
hiyatini anglashga xizmat qiladi.
Aytilganlar badiiy a s a r- butunlik ekani, bu o'zak xususi- 
yat esa uning obyektiv va subyektiv ibtidolar birligi sifatida- 
gi mavjudligida namoyon bo'lishini ko'rsatadi. Zero, adabiy 
asarda tasvirlangan voqelik bilan uning muallif idroki uyg'un 
mujassamini topadi. E’tibor bering, bu butunlik qismlarini 
bir-biridan ajratsa bo'ladigan mexanik hodisa emas, chun­
ki unda obyekt subyekt orqali, subyekt esa obyekt orqali 
namoyon bo'ladi. Ya’ni ular ikkita alohida narsa emas, bal­
ki butunning ikkita tomonidir. Ayni chog'da, asar butunligi- 
ni ta’minlashda ijodkor subyekti sementlovchilik vazifasi- 
ni o'tashini ham ta’kidlash zarur. Zero, subyekt asarning 
jon-joniga, ta’bir joiz bo'lsa, jami hujayrasiga singib ket- 
gan va ularning har birida o'zini namoyon etadi. Tag'in bir
125


muhim jihati, adabiy asa r-tu g a l butunlik, u o‘z-o‘zichayoq 
bekam - boshqa hech narsaga, hech bir unsurning qo'shi- 
lishiga ehtiyojmand emas. Bu butuniikdagi biror-bir unsur- 
ni asar mazmun-mohiyatiga putur yetkazmagan holda olib 
tashlash mumkin emas. Sababi, uni tashkil qilayotgan un- 
surlarning bari bir-biri bilan mustahkam aloqada va ayni 
shu aloqalar asosida butunlik yuzaga keladi.
Demak, adabiy asar - sistem butunlik. Sistema degan- 
da esa, ma’lumki, bir-biri bilan muayyan munosabat va 
aloqadagi qismlardan tarkib topgan butunlik tushuniladi. 
Ya’ni u monolit emas, lekin qismlar orasidagi aloqa va 
munosabatlar shu qadar muhimki, ularning yetarli ang- 
lanmasligi asarni chala, hatto o‘z mohiyatidan o'zgacha 
tushunishga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan, siste- 
madagi unsurlar - har bir qism mohiyati butun tarkibida 
namoyon bo'ladi, o‘z navbatida, butun qismlar orqali tus­
huniladi. Shunga ko‘ra, badiiy asarni o'qiyotgan odam, 
birinchidan, asardagi har bir qismni alohida va boshqa 
qismlar bilan aloqada, ikkinchidan, asarni butun holicha 
tasavvur eta bilmog‘i lozim. Aytaylik, matnning bir qismi- 
dagi konkret unsur uning boshqa bir qismidagi unsur bi­
lan mazmuniy aloqaga kirishadi. Lekin bu aloqa bevosita 
emas (ya’ni matnda bog'lanish yo‘q), buning ustiga, yo­
zuvchi unga hech qanday ishora qilmagan. Biroq ularning 
har ikkalasi ham butunning qismi bo'lgani uchun asarning 
mazmun-mohiyatini ochishda bu aloqa muhimdir. Tamsil 
qilsak, elektr manbaiga ulangan ikkita simning uchi bir-bi- 
riga tegizilganda uchqun chiqqanidek, ongimizda o'sha 
ikki qismni bir-biriga to'qnashtirganimizda uchqun chiqadi
- mazmunning yangi bir qirrasi kashf etiladi. Buni konkret 
misol yordamida ko‘rib o'tish foydadan xoli emaski, yana 
«O'tkan kunlar»ga murojaat qilib, Hasanalining Ziyo shohi- 
chi xonadoniga maslahatga borganini eslaymiz:
«Hasanali Ziyo shohichining tashqarisig'a kelib kirdi-da, 
mehmonxona darichasiga qaradi. Daricha tirqishidan
126


ko'rilgan yorug'liq mehmonxonada kishi borliqni bildirar 
edi. Hasanali tuzatinib oldi va ichkariga kirdi. Ziyo shohi- 
chi namoz o'qumoqda bo'lib, mehmonxona chet kishidan 
xoli edi. Bu tasodufdan Hasanali so'yindi va Ziyo akaning 
namozni bitirishini kutib o'lturdi».
Hasanali birovning avval tashqisiga, so‘ng to meh- 
monxonasiga qadar sira ovoz bermay kirib borgani ziyrak 
o'quvchini hayron qoldirishi, unda e’tiroz qo‘zg‘ashi tabiiy. 
Axir, o'zbekda birovning xonadoniga kelganda sharpa 
berish, chaqirish odat emasmi? Shunday. Biroq bundan 
oldingi abzatsda aytilishicha, Hasanali Ziyo shohichinikiga 
borish qasdi bilan ko'chaga chiqqan paytda «Qosh qora- 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling