Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
yib, qorong‘u tushayozg'an edi». Mehmonining muddaosi-
ni tinglab, tashvishlarini ma’qul topgan Ziyo shohichining qutidornikiga: «Hozir boramiz», - deyishidan, har tugul, Hasanali kelgan paytda u shorn namozini ado etayotgan edi degan fikrga kelamiz. Negaki, agar u xufton namozi- da bo'lganida edi, namozdan so‘ng ham ma’lum muddat Hasanali bilan so'zlashib o'tirganini e’tiborga olsak, bi- rovnikiga chaqirib borish juda noqulay bo'lar, shohichi bu- ning andishasini qilgan bo'lur edi. Demak, Hasanali kel- ganida mezbonning shorn namozida bo'lgani haqiqatga yaqinroq. Shunaqa ekan, Hasanalining ovoz bermaganida ham g‘alat yo‘q: birinchidan, u tashqariga kirdi, ikkinchidan, shorn vaqti bo'lgani uchun ham ovoz bermadi. Mehmon xonada chiroq yonib turganidan u yerda kimdir bor ekani- ni bilib ham ovoz bermadi, chunki shorn vaqti juda tig'iz keladi, bas, ichkaridagi odamning namozda ekani ehtimoli ko‘proq. Ya’ni Hasanali ibodatdagi odamni chalg'itmaslik andishasini qildi. Demak, uning xatti-harakatlari asar yo- zilgan davr odobiga to‘la muvofiq ekan, faqat buni anglash uchun uchta nuqtani ma’no jihatidan bog'lash, butunni qismlar orqali, qismni esa butun kontekstida tushunish kerak bo'ladi. Sirasi, o‘qishning ijodiy jarayon deb atalishi ham, aslida, shundan, zero, qismlarni o'zaro bog'lagan 127 holda yaxlit butunlik hosil qilish uchun ijodiy tasavvur to'la quvvat bilan ishlashi talab qilinadi. Konkret asarning turli o'quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi boisi ham, bir tomoni, shunda - qismlar orasidagi ko'rinmas aloqalarni tiklay olish imkoniyati hammada bir xil emas. Bu o'rinda masalaning yana bir muhim jihati mavjud: sistem butunlik, birinchi galda, obyekt (badiiy voqelik) va subyekt (ijodkor) birligini taqozo qiladi. Shunday ekan, badiiy asarga ijodiy yondashuv o'quvchi o'qish jaray onida ijodkor subyektining o'rnini egallab, uning ijod on laridagi betakror ijodiy-ruhiy holatiga kira olsagina to'la mavjuddir. Bunda o'quvchiga ijodiy jarayonning modeli bo'lmish asarning o'zigina yordam berishi mumkin. Asar (sistem butunlik)ni tushunishning ko'pchilik e’tirof etgan qoidasi esa oddiy: butun qism, qism butun orqali tushu- niladi. Baski, konkret asar strukturasini - butunlikning tashkillanishini, ya’ni uni tashkil etayotgan unsurlarning o'zaro aloqalari, ularning qay yo'sin butunlik hosil qili- shini - yorqin tasavvur etmasdan turib uning mazmun- mohiyatini anglash maholdir. Hatto kezi kelganda bitta- gina unsurning e’tibordan chetda qolishi ham butunning mazmun-mohiyatini o'zgartirib yuboradi. Zero, struktura mazmunning mantiqiy tashkillanishidirki, o'sha mantiqni o'zlashtirmasdan turib badiiy asardagi mazmun jilolarini ilg'ash dushvordir. So'nggi nuqta qo'yilib, o'quvchiga qaysidir bir shaklda - qo'lyozma holidami, davriy nashrda yoki alohida kitob holi- da chop etibmi, zamonaviy mediavositalar yordamidami, bundan qat’i nazar, taqdim etiiishi bilanoq adabiy asarning ijtimoiy munosabatlar tizimidagi mustaqil hayoti boshlana- di. Xuddi odamlar kabi u ham hayotda o'z o'rnini egallashi, obro' va qadr-qimmat topishi kerak bo'ladi. Qizig'i, xuddi odamlar kabi, ularning ham biri yonib-yondirib yashasa, boshqa birining kelib-ketgani ham sezilmay qoladi, birisi tug'iliboq o'lsa, tag'in birisi asrlar davomida el ardog'ida 128 bo'ladi. Muhimi, hammasi yaralishdayoq manglayga bitil- gan: dard-u ilhom bilan yozilganiga boshqa, non-u shon uchun yoziiganiga boshqa bir taqdir bo’lib, uni o'zgar- tirib bo'lmaydi. Yo‘qsa, butun boshli tuzumlar qo'llagan, barchaga beshak namuna o'laroq targ'ib etilgan, jamiki sovrinlarga sazovor bo'lganlari nima bo‘ldi-yu, unutilishga mahkum etilganlari nima bo'ldi?! Xullas, asarning taqdiri, millat madaniy-estetik hayotida qanday maqom tutishi-yu qanchalik qimmat kasb etishi eng avval uning o'ziga, badi iy saviyasiga bog'liqdir. Ayon boladiki, adabiy asarlarning badiiy saviyasi, qim- mati bir xil bo'lishi mumkin emas, ya’ni ular tabaqalana- di. Eng baland pog'onani mumtoz (klassik) yoki durdona (shedevr) asarlar egallaydi. Bu o'rinda yana istilohga aniq- lik kiritib o'tish lozim bo'ladi. Odatda, «mumtoz» so'zini muayyan davr adabiyoti va shu davr adabiyotiga mansub- lik ma'nosida ham faol qo'llaymiz: «o'zbek mumtoz ada biyoti», «mumtoz adabiyot tarixi», «mumtoz shoir» kabi birikmalarda ayni ma’no ko'zda tutiladi. Tabaqalashtirish- da esa istilohning aksiologik ma’nosi, ya’ni «eng sara», «zamon sinovlaridan o'tib saralangan», «har jihatdan mu- kammal», «namunali» kabi baho ma’nolari faollashadi. Bu holda «mumtoz» deganda asrlar sinovidan o'tib, milliy madaniy bisotdagi o'lmas qadriyat o'laroq umume’tirof etil gan asarlar tushuniladi. Ayni ma’no ko'pincha «durdona» so'zi bilan ham ifoda etiladi, biroq istiloh sifatida «mumtoz» maqbulroq. Negaki, «durdona» so'zi zamondoshlarning asarlariga nisbatan ham qo'llanaveradi, unda zamon si novlaridan o'tganlik ma’nosi yo'q. Holbuki, mumtoz sifatiga ega bo'lish uchun asar zamon sinovlaridan o'tib, mudom o'zining yangi-yangi ma’no qirralarini ochishi bilan hamma vaqt o'quvchi ma’naviy-ruhiy ehtiyojlariga javob berishi lozim. Qisqa qilib aytsak, asarga «mumtoz» sifatini vaqt beradi, «durdona» so'zida esa subyektiv baho ma’nosi ustuvorroqdir. 129 Keyingi pog'onada ommaviy adabiyotga mansub etiladi- gan asarlar joylashadi. Hozirda ancha faol ishlatilayotgan «ommaviy adabiyot» istilohi «elitar adabiyot»ga zidlanadi va «keng ommaga mo'ljallangan» degan ma’noni anglata- di. Holbuki, matbaachilikning rivojlanishi bilan adabiyot om maviy tarzda «ommaviylik» xususiyatini kasb etib bo'lgan: hozirda chop etilgan asarni minglab, millionlab kishilarning o'qishi ko‘zda tutiladi. Tor doiralardagina aylanuvchi va go‘yo shu doira kishilarigina tushuna oladigan asarlarni «xoslar adabiyoti», «elitar adabiyot» namunasi sifatida tu- shunish esa bahsli. Chunki bu, istasak-istamasak, o'sha doiraning da’vosi, subyektiv bahosi maqomida, xolos. Haqiqat shuki, matbaa imkoniyatlari ilhom va yuksak did bilan yozilgan asarlarni ham, ulardan mosuvo asarlarni ham birdek ommaviy tirajda chop etishga izn beraveradi. Demak, ommaviy adabiyot namunalarini bu jihatdan «yuk sak», «o'rta» va «tuban» asarlarga ajratish mumkin. Tabiiy ki, birinchi toifadagi asarlar didi yuksak o'quvchi ma’naviy- ruhiy ehtiyojlariga qaratilgan bo'lib, ularning eng saralari kun kelib, zamon sinovidan o‘tgach, mumtoz asar maqo- mini oladi. Ikkinchi toifadagi asarlar bunga da’vo qilmagani holda, o‘z davri kitobxonlarining ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondiradi, ezgulik va go'zallik yolida o'zining missiyasi- ni baholi qudrat ado etadi. Nihoyat, uchinchi toifa asarlar didi o'tmas, saviyasi past o'quvchining ko'proq instinktiv ehtiyojlariga mo'ljallanganki, ularni «ommaviy adabiyot» emas, «avom adabiyoti» vakili o'laroq qabul qilish to‘g‘riroq bo'ladi. Aytilganlardan kelib chiqadigan asosiy xulosalarni umumlashtirib ta’kidlab qo‘yish maqsadga muvofiq. Avvalo, badiiy adabiyotni iste’dodlar yaratadi. Iste’dod esa ommadan ko‘ra teranroq qalb ko‘ziga egaligi, tafak- kur darajasining undan yuqoriroq ekani bilan farqlanadi. Chinakam iste’dod yaratgan asarning saviyasi ham om madan yuqoriroq bo‘lmog‘i tabiiy va shunday bo'lishi kerak 130 ham. Ayni chog'da, shu adabiy-madaniy zaminda yetish- gan iste’dodning ommadan ko'z ilg'amas darajada uzoq- lab ketishi mahol, shu bois ham «atayin ommaga moslab yozish» degan da’vo yo yolg'on, yo iste’dodsizlikni xas- po'shlash uchun bahonadan boshqa narsa emas. Demak, birinchi xuiosani «Bizga chinakam iste’dodlarning ilhom bilan yaratgan asarlari kerak» tarzida ifodalash mumkin. Badiiy asar - juda murakkab hodisa, konkret asarni hammaning birdek tushunishi, birdek sevishi va unga bir dek qimmat berishi mumkin emas. Aytaylik, o'quvchi bir paytlar o'qiganida deyarli e’tiborini tortmagan she’r vaqti kelib uni yondirib yuborishi hech gap emas. Shuningdek, shu o'quvchining yuragiga o't yoqqan she’rga boshqa o'quvchi mutlaqo e’tiborsiz qarashi ham mumkin. Nihoyat, badiiy asar tubsiz ummon misoli: yuzasida yurgan nari borsa mavjlar-u jozib qudratni ko'rar, biroq uning tubida olam-olam sir-sinoatlar yashirin, tubida-da butun boshli bir hayot kechadi. Demak, ikkinchi xuiosa shuki, kimdir bu ummonning yuzasidagina suzadi, kimdir sayozroq, kimdir chuqurroq sho'ng'iydi, bas, chinakam iste’dod ilhom bilan yaratgan asar bir paytning o'zida turli toifalarga - ham om maga, ham xoslarga mo'ljallangan bo'ladi. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling