Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

mazmun shakllanadi deyilgani to‘g‘riroq, chunki shu holda- 
gina mazmun voqelanishi mumkin. Ya’ni Gegel aytmoq- 
chi, «... mazmun shaklsiz emas, shakl esa ayni vaqtning 
o'zida mazmunda mavjud bo'lib, unga nisbatan tashqi nar- 
sadir».1 Shundan kelib chiqqan holda faylasuf shaklning 
mazmunga, mazmunning esa shaklga o'tib turishi haqida 
so‘z yuritadi.
Mazmun va shaklning bir-biriga o'tishi genetik asosga 
ega. Buni muayyan turg'un janrlar misolida ham ko'rish 
mumkin. Masalan, g‘azal janri dastlab paydo bo‘lganida 
mazmun hodisasi edi. Uning mazmun hodisasi bo'lganini 
so'zning lug'aviy ma’nosi ham yaqqol ko'rsatib turadi. Ya’ni 
so‘z ma’nosidan kelib chiqilsa, «ayollargaxushomad, maq- 
tov, muhabbat» mazmunidagi she’riy asar borki g'azal deb 
yuritilgan. Keyinchalik, g'azal ayni mazmunni ifodalash 
uchun eng optimal shakl kasb etgach, u shakl hodisasiga
- turg'un she’riy janrga aylandi. Endi g'azal deb ataluvchi 
shaklda tamoman boshqa (mas., falsafiy, tasawufiy, haj- 
viy) mazmunni ifodalash ham mumkin bo'ldi. Xuddi shu 
gapni «novella»ga nisbatan ham aytish mumkin. Italyan- 
cha «yangilik» so'zidan olingan «novella» dastlab janr, 
ya’ni shakl hodisasi bo'lmay, mazmun hodisasi edi. Novel­
la deyilganda an’anaviy voqeaband asarlardagi syujetlar- 
ni takrorlamaydigan, o'quvchida jonli qiziqish uyg'otuvchi 
yangi voqea-hodisadan xabar beruvchi asar tushunilgan. 
Ayni paytda, novella o'ziga xos shakl xususiyatlariga ham 
ega bo'lgan: qisqalik, syujetning shiddat bilan rivojlanishi, 
kutilmagan burilishlarga egaligi kabi. Keyinchalik novella-
1 Гегель. Энциклопедия философских наук. Т.1. - М.: Мысль, 1974. - С.298.
138


ga xos shakliy xususiyatlar muqimlashib, o'ziga xos shakl
- novella janri yuzaga keladi. Shuningdek, shakl va maz- 
munning bir-biriga o'tishini bir asar doirasida ham ko'rish 
mumkin. Bunda endi badiiy asarning «sistema» ekani, 
har qanday sistema quyi va yuqori darajadagi strukturaviy 
bo'laklardan, sathlardan iborat ekanligidan kelib chiqamiz. 
Deylik, asarning istalgan parchasini o'qiganimizda bizga 
«eshitiladigan» nutqning moddiy tomoni (ritm, intonatsi- 
ya, vazn, qofiya) shu nutqiy bo'lak mazmuniga nisbatan 
shakl bo'ladi. Ayni chog'da, nutq mazmuni kengayib borib 
ko'z oldimizda voqealarni namoyon etadi, ya’ni u endi syu- 
jetga nisbatan shakldir. O'z navbatida, syujet xarakter va 
sharoitni namoyon etish shakli bo'lsa, xarakter va sharoit 
asarning yaxlit badiiy konsepsiyasini ifoda etish shaklidir. 
Ko'ryapmizki, har bir yuqori sath o'zidan oldingi sathga 
nisbatan mazmun, quyidagisi esa o'zidan keyingisiga nis­
batan shakl o'laroq namoyon bo'lar ekan.
Shakl konservativroq hodisa bo'lganidan o'zgarishga u 
qadar moyil emas, muayyan bir ko'rinishida uzoq yashov- 
chanlik xususiyatiga ega. Mazmun esa o'zgaruvchanlikka 
moyil hodisa bo'lib, har bir badiiy asar mazmunan o'zicha 
originaldir. Sababi, o'sha asarni yaratgan ijodkor - indi­
vid, u dunyoni o'zicha ko'radi va baholaydi. Shunga ko'ra, 
hatto oshkor taqlidiy ruhdagi asar ham mazmunan original 
(originallik bu o'rinda ijobiy baho - o'ziga xoslik ma’nosi- 
da emas, balki boshqalarga aynan o'xshamaydigan degan 
ma’noda tushuniladi) sanaladi. Masalan, hikoya badiiy 
adabiyotda o'zining asosiy shakliy xususiyatlarini saqla- 
gan holda uzoq o'tmishdan beri yashab keladi. E’tibor be- 
rilsa, mumtoz adabiyotimizdagi hikoyatlar bilan zamonaviy 
hikoya o'rtasida mushtarak nuqtalar borligini ko'rish qiyin 
emas, ya’ni o'tgan vaqt ichida sodir bo'lgan tub shakliy 
o'zgarishlar yo'q. Holbuki, xuddi shu vaqt davomida ayni 
shu shakl doirasida minglab yozuvchilar ifodalagan turfa 
badiiy mazmunlarning son-sanog'iga yetib bo'lmaydi. Al-
139


batta, har bir hikoyaning shaklida ham muayyan o‘ziga 
xosliklar kuzatiladi, biroq hikoyaga xos asosiy shakliy bel- 
gilar saqlanib qolaveradi.
Badiiy asar qimmatini belgilashda mazmun va shakl- 
ning uyg'un muvofiqligi eng muhim mezonlardan sanaladi. 
Badiiyat go'zal shaklda ifodalangan aktual, umuminsoniy 
qadriyatlarga mos mazmunni taqozo etadi. Adabiyot- 
shunos badiiy asarni tahlil qilarkan, uning diqqat marka- 
zida shakl yoki mazmun turishi mumkin. Lekin asosan 
shaklga e’tibor qaratgani holda ham adabiyotshunos uning 
mazmun tomonlarini nazardan soqit qilolmaydi; asarning 
mazmun jihatini tekshirayotgan olim ham o'sha mazmun­
ning muayyan shaklda ifodalanayotganini unutmasligi 
shart qilinadi. Modomiki badiiy asarda shakl va mazmun 
uyg'un birikarekan, shaklni badiiyat, mazmunni g'oyaviylik 
(bunda ham, albatta, shartlilik bor) hodisasi sifatida tushu- 
nib, har ikkisiga birdek e’tibor berish zarur, bu adabiyot- 
shunoslikning «oltin qoida»si sanaladi.
Shu o'rinda «shakl» va «mazmun» tushunchalarini 
farqlash, adabiy asar tarkibini shu ikki asosga tayangan 
holda anglash XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida nemis 
estetik tafakkurida, xususan, Gegel falsafasida qaror top- 
ganini eslatish joiz. Bunga qadar esa antik zamonlardan 
boshlab asarga bir butun sifatida qaralgan, uni «shakl» 
va «mazmun» tushunchalariga (garchi ular yaxshi ma’lum 
bo‘lsa-da), ajratib o'rganilmagan. Ta’kidlash kerakki, bu 
xil farqlash adabiy asarni, uning uzvlarini teranroq tahlil 
qilish imkoniyatini yaratdi. Avvaliga, buni Gegel misolida 
ham ko'rish mumkin, adabiy asarning mazmun tomonlari- 
ga ustuvor ahamiyat berildi, badiiy g'oya, badiiy xarakter 
masalalari chuqur tadqiq etildi. Ayni hoi idealistik dunyo- 
qarash bilan bog'liq holda yuzaga keladi, Negaki, uning 
uchun eng muhimi - mutlaq g'oya ifodasidir. Keyinchalik, 
realizm bosqichiga o'tilgani sari, har ikki tomonga birdek 
ahamiyat berish tamoyili kuchayib boradi.
140


Shunisi ham borki, «shakl» va «mazmun» farqlanishi 
bilan ularning dialektik birligini tushunmasdan mexanik 
tarzda ajratish ehtimoli ham yuzaga keldi. Natijada yuqori­
da aytganimiz «oltin qoida»dan chekinish hollari ham ku- 
zatiladi. Jumladan, shaklning ahamiyatini mutlaqlashtirib, 
uni badiiyatning bosh mezoni deb biluvchilar formalistlar, 
ularning faoliyati o'laroq yuzaga keluvchi hodisa formalizm 
deb yuritiladi. Formalizm ko'rinishlari XIX asr oxiri - XX asr 
boshlaridan ham ijod amaliyotida, ham adabiyotshunoslik 
ilmida yuz ko'rsatdi. Xususan, badiiy adabiyot tarixidagi fu- 
turizm, imajinizm, dadaizm kabi oqimlar badiiyatni asosan 
shaklda ko'rib, turli yangi badiiy shakllar ixtirosiga o'tdi- 
lar. Biroq ularning aksar ixtirolari «shakl - shakl uchun» 
shiori ostida kechib, mazmundan ko'pincha ayro tushgani 
uchun-da samarasiz yakun topdi. O'z vaqtida ayni shu xil 
qarashlarni yoqlagan, ularni nazariy jihatdan asoslamoq- 
chi bo'lgan adabiyotshunoslarning ishlari ham badiiy asar 
tabiatiga nomuvofiq bo'lgani bois aksar biryoqlama bo'lib 
qoldi.#
Ta’kidlash kerakki, formalizmga batamom salbiy muno- 
sabatda bo'lish, uning adabiy-nazariy tafakkur rivojida- 
gi o'rni va ahamiyatini mutlaqo inkor qilish ham to'g'ri 
bo'lmaydi. Avvalo, formalizm adabiyotshunoslikdagi psi- 
xologik maktabga zid o'laroq maydonga chiqqanini yodda 
tutish kerak. Gap shundaki, biryoqlamalikka og'ib ketgan 
psixologik maktab vakillari adabiyotshunoslikning maqsa- 
di ijodkor ruhiyatini o'rganish, adabiy asar esa shu maq- 
sadga erishish vositasi deb bildi. Ya’ni adabiyotshunoslik 
uchun adabiy asar ilmiy o'rganish obyekti bo'lmay qoldi. 
Formalizm vakillari shunga qarshi borib, adabiyotda ilmiy 
o'rganish mumkin bo'lgan, ya’ni ilmiy tadqiqot obyekti bo'la 
oladigan yagona real narsa asarning shakli degan g'oya bi­
lan chiqdi. Shuning uchun ham o'z vaqtida B.Eyxenbaum: 
«Formal metod» maxsus metodologik tizim yaratilishi nati- 
jasida emas, balki adabiyot ilmining mustaqilligi va aniqligi
141


uchun kurash jarayonida shakllandi»1, - deb yozgan edi. 
Ikkinchi tomondan, formalistlarning badiiy asar shaklini 
o'rganishga ayricha e’tibor qilganlari adabiyotshunoslik- 
da izsiz ketdi deyish ham insofdan emas. Ular badiiy asar 
shakliga xos ko'p jihatlarni: badiiy til, uslub, she’r tuzilishi, 
she’r kompozitsiyasi, ritm, metr, syujet qurilishi, badiiy asar 
kompozitsiyasi kabi muhim poetika masalalarini maxsus 
va chuqur tadqiq etdilar. Xususan, rus formal maktabi va- 
killari bo'lmish V.B.Shklovskiy, B.M.Eyxenbaum, Y.N.Tin- 
yanov, V.M.Jirmunskiy, V.V.Vinogradov, B.V.Tomashevs- 
kiy, G.Vinokur, R.Yakobson kabi olimlar amalga oshirgan 
tadqiqotlar adabiyotshunoslik rivojida muhim ahamiyat- 
ga molik bo‘ldi. Ularning izlanishlari keyinchalik struktur 
adabiyotshunoslik, semiotik tahlil kabi yo'nalishlar uchun 
asos, rivojlanish omili bo'lib xizmat qildi. Formal maktab 
namoyandalarining asariari hozirda ham poetika sohasida 
amalga oshirilayotgan tadqiqotlar uchun boy manba, ilmiy 
asos bo'lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, adabiyotshunoslikda badiiy asarning 
shakliga ko'z yumib, uning qimmatini mazmundan kelib 
chiqibgina baholashga urinishlar ham bo'lgan. Xususan, 
20-yillar sho'ro adabiyotshunosligida mafkuraning sinfiy 
shartlanganligi haqidagi marksistik ta’limotni bayroq qilib 
olgan adabiyotshunoslar faoliyatida badiiy asarni faqat 
g'oyaviy mazmunidan, sinfiy mohiyatidan kelib chiqib ba- 
holash amaliyoti kuzatiladi. O'zlarini mutlaqo yangi - pro- 
letar adabiyoti vakillari deb bilgan bu adabiyotshunoslar 
badiiy ijod to'laligicha jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar 
va ijodkorning sinfiy mansubligi bilan bevosita bog'liq deb 
hisoblaydilar. Ularning talqinidagi badiiy adabiyot bilan ijti- 
moiy fanlarning mazmun-mohiyati-yu maqsadlari mutlaqo 
farqsiz, adabiyot ijtimoiy hayotning shunchaki «obraz- 
li illyustratsiyasi», xolos. Badiiy adabiyotning mohiyatini 
bunday tor va siyqa talqin qilish sho'ro adabiyotshunos-
1 Эйхенбаум Б. О литературе. Работы разных лет. - М., 1987. - С.375.
142


ligida o'sha yillariyoq keskin qoraiandi, unga «vulgar sot- 
siologizm» degan nom berildi. Sirasi, ushbu nom hodisa 
mohiyatini aniq-ravshan ifodalaydi ham. Zero, birikmadagi 
«sotsiologizm» so'zi ijtimoiy hayot bilan bog'liqlikni ang- 
latsa, uni aniqlayotgan «vulgar» so'zi «siyqa», «qo'pol», 
«jo‘n» ma’nolarini ifodalaydi. Ya’ni vulgar sotsiologizm 
adabiyotning tabiatiga xos ijtimoiylikni jo'nlashtirib, siyqa- 
lashtirib talqin qiladi. Adabiyotga vulgar sotsiologik yon- 
dashuvning mohiyati, tahlil va baholash tamoyillari uning 
V.M.Friche, V.A.Keltuyala, V.F.Pereverzev kabi nazari- 
yotchilari asarlarida, shuningdek, mafkuralashgan turli 
proletar yozuvchilar uyushmalarining nashrlari bo'lmish 
«На литературном посту», «На посту» kabi jurnallarda 
chop qilingan maqolalarda aks etgan.
Ta’kidlash kerakki, vulgar sotsiologizm badiiy adabi­
yotning san’at hodisasi ekanini inkor qilish, uni mafkura 
quroliga aylantirishning qo'pol ko'rinishi edi. Bunday deyi- 
shimizning boisi shuki, garchi sho'ro adabiyotshunosligi 
vulgar sotsiologizmga o'z vaqtida keskin zarba bergan 
bo'lsa-da, uning o'zi ham to oxirgi kunlariga qadar bir 
oyog'i bilan shu mavqeda turdi, ya’ni mohiyatan u badi­
iy adabiyotga shu xil yondashuvning «yumshoq» varianti 
edi, xolos. Sho'ro davrida yangi tuzumni, kommunistlar 
Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling