Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
partiyasini, proletariat dohiysini ulug'lagan badiiy jihatdan
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
partiyasini, proletariat dohiysini ulug'lagan badiiy jihatdan nochor asarlarning rag'batlantirilib, chinakam badiiyat ho disasi sanalgan asarlarning e’tibordan chetda qolgani, eng yomoni, tazyiq ostiga olingani buning yorqin dalilidir. Ko'rinadiki, badiiy asarni o'rganishga jazm etgan adabi- yotshunos, avvalo, uning tabiatidan kelib chiqishi, asar ning shakl va mazmun jihatlarini birlikda olib tekshirishi zarur ekan. Tabiiyki, badiiy asarni o'rganayotgan adabiyot- shunos uning qaysidir bir jihatini diqqat markaziga qo'yishi mumkin. Biroq shunda ham, masalan, asar shakli haqida fikr yuritayotgan tadqiqotchi uning mazmunni uyushtirish va ifodalash, ta’sirchanligi-yu badiiy jozibasini oshirishdagi 143 ahamiyatini; mazmun haqida fikr yuritganda uning shaklga qay darajada muvofiqligini nazardan qochirmasligi lozim bo'ladi. Badiiy asarda shakl va mazmunning bir butun mav- judligi, ularni ajratishdagi shartlilik shunchalarki, adabi- yotshunosiikda shakl va mazmun komponentlarini tasnif qilishda hali-hanuz bir xillik yo‘q. Garchi «shakl» va «maz mun» kategoriya sifatida qariyb ikki asr ilgari qaror topgan va shundan buyon o‘rganib kelinayotgan bo‘lsa-da, tasnif masalasi hanuz tugal hal etilmagani shakl va mazmunga ajratishdagi shartlilikni yaqqol ko‘rsatib turadi. Adabiyot- shunoslikka oid asarlarni ko‘zdan kechirsangiz, ularda shakl va mazmun komponentlari tasnifi masalasida, qaysi unsurlarni shaklga, qaysilarini mazmunga daxldor deyish masalasida turlichalik mavjudligiga guvoh bo'lasiz. Biz quyida bunga ayrim misollarni keltirib o'tamiz: 1) tema, ideya, xarakter - mazmun unsurlari; syujet, kompozitsiya, til - shakl unsurlari (L.Timofeyev); 2) obraz, syujet, kompozitsiya, ritm, til - shakl unsurlari; tema, ideya - mazmun unsurlari (V.Gulyayev, G.Abramo- vich); 3) tema, problema, ideya - mazmun unsurlari; syujet, kompozitsiya, til, ritm, obrazlar sistemasi - shakl unsurlari (Shepilova); 4) tema, g‘oya - mazmun unsurlari; obraz - ham shakl, ham mazmun hodisasi; til, badiiy tasvir vositalari, konf- likt, kompozitsiya, tur, janr, she’r tuzilishi - shakl unsurlari (T.Boboyev); 5) uslub, janr, kompozitsiya, til, ritm - shakl unsurlari; tema, fabula, konflikt, xarakterlar, badiiy g'oya, tendensi- ya - mazmun unsurlari; syujet ham shakl, ham mazmun hodisasi (V.Kojinov); 6) syujet - shakl ham mazmun unsuri; tema, fabula, obrazlar sistemasi, konflikt - ichki shakl; kompozitsiya - tashqi shakl; g'oyaviy mazmun - mazmun. 144 Mazkur tasniflarning hammasida ham asosli va bahsli nuqtalarning mavjudligi shubhasiz. Shu bilan birga, agar «shakl» va «mazmun» tarzida farqlashning o‘zi shart- li ekanini etiborga olsak, qachondir hammani birdek qa- noatlantiradigan, hech bir savolga o‘rin qoldirmaydigan tasnif amalga oshirilishi mumkinligiga ham ko'z yetmay- di. Deylik, agar syujet asardagi bir-biriga bog‘liq voqealar jami deb tushunilsa - ham shakl, ham mazmun; agar unga voqealar orasidagi bog'lanishlar qanday amalga oshganini ko'rsatuvchi qolip (sxema) deb qaralsa - shakl; agar shu qolip uyushtirayotgan hayot materiali deb bilinsa - maz mun hodisasi sifatida tasnif etilishi lozim bo'ladi. Ya’ni tasnifning qanday bo'lishi ko‘p jihatdan masalaga yon- dashuv bilan ham bog‘liq ekan. Shunga ko'ra, masalaga yondashuvimizdan kelib chiqqan holda o'z tasnifimizni aniqlab olishimiz zarur bo'ladi. Zero, ayni tasnif faoliyati- mizda konkret adabiy asar tarkibini qanday tasavvur qi- lishimiz, pirovardida esa uni qanday tushunishimiz va baholashimizni belgilaydigan muhim omillardan biridir. Adabiy asar tarkibini tasnif etishda biz mazmunning shakl- ni belgilovchilik xususiyati va badiiy ijod jarayoni algoritmi- ni asos qilib olarniz. Shu asoslardan kelib chiqilsa, bizning- cha, quyidagicha tasniflash to'g'ri bo'ladi: problema, tema, tendensiya, g'oya - mazmun unsurlari; til, ritm, obrazlar sistemasi, syujet, konflikt, kompozitsiya - shakl unsurlari. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling