Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
BADIIY ASAR MAZMUNI
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
146
BADIIY ASAR MAZMUNI Badiiy mazmun obyektiv va subyektiv ibtidolar birligi si fatida. Badiiy mazmunning yuzaga chiqishi va mazmun uzvlari haqida. Badiiy asar mazmunining aktual va tub es tetik qatlamlari xususida. Ijodkor dunyoqarashi va badiiy mazmun. Badiiy mazmunning o'ziga xos xususiyatlari Avvalo, badiiy asarda tasvirlanayotgan va badiiy idrok etilayotgan narsani farqlash zarur. Negaki, adabiy asarlar da bu ikkisi doim ham aynan emas: bir narsa tasvirlan- gani holda butunlay boshqa narsa idrok etilishi mumkin (« 0‘g‘ri», «Na’matak», «Soxta Neron»). Shu bois ham badiiy asar mazmuni unda tasvirlanayotgan hamda idrok etilayotgan narsalar birligida tushuniladi. Mazkur fikrni izohlashga masal g'oyat qulay bo'lganidan misol o'laroq Ezopning «Toshbaqa bilan Quyon» masalini olaylik: «Toshbaqa bilan Quyon qay birimiz chopag'onmiz deya bahslashib qolishdi-yu bahsni bellashuvda hal qilishga qa- ror berishdi. Quyon o'zining tug‘ma chopag'onligiga isho- nib unchalik jon kuydirmadi: yo‘l chetiga yonboshladi-yu qattiq uyquga ketdi. Toshbaqa esa o‘zining imillab yurishi- ni bilgani uchun beto‘xtov chopdiki, natijada bahsda g'olib bo'lib mukofot oldi. Alqissa, ko'pincha kamolga yetkazilmagan tug'ma iste’- doddan mehnatsevarlik ustun keladi». E’tibor berilsa, masalda tasvirlangan narsa - Toshbaqa bilan Quyon bahsi ham, masalchining «alqissa» deya qis- sadan hissa tarzida chiqarayotgan xulosasi ham o'z holi- cha mazmunga egaligini ko'rish qiyin emas. Ayni chog'da, masal mazmuni shu ikkisining birligidagina yuzaga chiqa- di. Zero, masalan, xuddi shu «Toshbaqa bilan Quyon» vo- 147 qeasini bundan boshqacharoq hayotiy holatga tatbiq et- gan holda «O'zingni er bilsang, o‘zgani sher bil!» degan xulosa chiqarish ham mumkin. Shuningdek, «Ko'pincha kamolga yetmagan tug'ma iste’doddan mehnatsevarlik ustun keladi» degan xulosani boshqa bir voqea asosida ham chiqarsa bo'ladi. Ayon bo'ldiki, badiiy asar mazmu- ni deyilganda uning birgina g'oyaviy mazmunini tushunish ham, unda tasvirlangan voqealar mohiyatidan kelib chiqa- digan mazmunnigina tushunish ham yanglishdir. Bu esa badiiy asar mazmunining obyektiv va subyektiv birlik ekan- ligi bilan bog'liq izohlanadi. Agar asarda tasvirlanayotgan shaxslar, narsalar, voqea-hodisalar, xullas, tasavvurimizda gavdalanuvchi badiiy voqelikni obyektiv ibtido desak, ijod- korning o'zi tasvirlayotgan badiiy voqelikka munosabati va shundan tug'iluvchi o‘y-fikrlari-yu his-tuyg'ulari subyektiv ibtidoni tashkil qiladi. Shunga ko'ra, badiiy asar mazmuni ni so'zlab berish mumkin emas. Odatda, amaliyotda ko'p duch kelinadigan «mazmunni so'zlab bering» deyilgan holatlarda uning bir qirrasi, aniqrog'i, mazmunni uyushti- ruvchi muhim unsur - fabula, ya’ni asarda tasvirlangan voqealar haqiqatda yuz berish tartibida so'zlab beriladi, xolos. Sirasi, buni hatto muallifning o'zi ham uddalay ol- maydi, chunki «bitta daryoga ikki marta sho'ng'ish mum kin emas». Ya’ni yozuvchi o'sha asarni yaratish paytidagi ma’naviy-ruhiy holatiga aynan kirolmaydi, demak, mabodo mazmunini «so'zlab» berishga jazm etgudek bo'lsa ham, asarda aks etgan o‘y-hislari aynan takrorlanmaydi, bas, u so'zlab berayotgan mazmun ham endi aynan emas, bosh qa bo'ladi. Adabiyotshunoslikda «tema» (mavzu) termini ikki ma’noda faol ishlatiladi: 1) asarda tasvirlanayotgan hayot materiali; 2) asarda badiiy idrok etish uchun qo'yilgan ij- timoiy, ma’naviy-axloqiy, falsafiy va boshqa problemalar majmuyi. Shuningdek, bu ikki ma’noni birlashtiradigan talqin ham mavjud. Jumladan, akademik I.Sultonga ko'ra, 148 «mavzu - yozuvchi ongida va qalbida hali badiiy shakllan- tirishni talab qilib yotuvchi hayotiy material va sotsial-axlo- qiy problemadir». Ko'rib turganimizdek, ustoz «mavzu» va «problema» terminlariga sinonim sifatida qaraydi: «Yozuv- chini hayajonga solgan va qo'liga qalam olishga majbur etgan hayotiy material «mavzu» yoki «problema» deb ata- ladi».1 Bundan farqli o'laroq, biz mazmun komponentlari- ni badiiy ijod jarayoni va asarda namoyon bo'lishi nuqtayi nazaridan farqlash tarafdorimiz. Shunga ko'ra, «proble ma» va «mavzu» alohida tushunchalar, ularni ikkita ata- ma bilan nomlash to‘g‘ri bo'ladi deb hisoblaymiz. Endigi vazifamiz shu qarashni badiiy ijod tabiatidan kelib chiqqan holda asoslash bo‘ladi. Badiiy asar ijodkorning borliq bilan munosabati mahsuli o'laroq dunyoga keladi. Ya’ni borliqda yashayotgan individ sifatida ijodkorni muayyan muammolar o‘ylatadi, tashvish- ga soladi. Ijodkor o'sha muammoni idrok etishga intilishi ichki ehtiyojga aylangani uchun ham asarga qo'l uradi. Tabiiyki, «boshidan o'tgan tabib» deganlaridek, bu masa- lani ijodkordan ko'ra yaxshiroq biladigan bo'lmasa kerak, shuni o'ylab A.Qahhorga murojaat etamiz. A.Qahhor yosh- lar seminarida so'zlagan nutqida aytadiki, «yozuvchi biron hodisaga o'quvchida muhabbat yoki nafrat hissi qo'zg'ati- shi uchun avval o'sha his o'zida bo'lishi kerak». His etish uchun esa «ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish, uning yaxshi, yomon ekanini bilish» lozim. «Yozuvchi turmush hodisasini tahlil qilganidan so'ng unga ma’lum munosabatda bo'ladi. Bu munosabati uning qanoati bo'ladi. Uning biron hodisani his qilishi mana shu qanoati asosida bo'ladi».2 E’tibor be- rilsa, A.Qahhorning «qanoat» degani bilan biz «problema» deb atayotgan tushunchaning bitta narsa ekani ko'rinadi. Adib talqinidagi «qanoat» ijtimoiy hodisaning «yaxshi, yo mon ekanini bilish»dan tug'ilgan munosabat ekani shunday ' Иззат Султан. Адабиёт назарияси. - Тошкент: Укитувчи, 1986. - Б. 172 - 173. 2 Kja^op А. Асарлар. 5 жилдлик. 5-жилд. - Тошкент, 1989. - Б.66. 149 deyishga to'la asos beradi. Zero, problema ham ijtimoiy hodisalarni ideal asosida mushohada etish, ular orasidagi muvofiqlik yoki nomuvofiqlikni anglashdan yuzaga keladi. A.Qahhorga ko'ra, «yozuvchi hech vaqt «Nima to'g'risida yozsam ekan?» deb o'ylab, keyin birdaniga biron to'g'ri- da yozishni ixtiyor qilmaydi. Aksincha, hodisaga ma'lum munosabati, qanoatidan kelib chiqqan rozilikyoki norozilik uni yozishga majbur qiladi, uni o'z ixtiyoriga qo'ymaydi».1 Ya’ni bundan yozuvchining «nima to'g'risida yozishi»ni - mavzuni «qanoat» belgilaydi degan xulosa kelib chiqadi. Demak, yuzaga kelishi nuqtayi nazaridan problema bir lamchi bo'lib, u ijodga turtki beradi. Negaki, problemada pirovardida ifodalanuvchi g'oya (ya’ni ijodkorning o'quv- chisiga aytmoqchi bo'lgani) kurtak holida mavjud - uni barg yozdirish, obrazlar yordamida shakllantirish va ifoda lash zarur. Ya’ni problemani - uni yuzaga keltirgan omil- lar va hal etish yo'llarini badiiy idrok etish, bu jarayonda anglagan haqiqatlari bilan o'rtoqlashish ijodkor uchun endi zaruratga, uning ichki ehtiyojiga aylanadi. Shu jihatdan qa- ralsa, badiiy asarni «ehtiyoj farzandi» deb ta’riflagan Ab dulla Oripov to'la haqdir. Ta’kidlash kerakki, problema haqida yuqorida bildiril- gan fikrlarni mutlaqlashtirish ham durust emas. Zero, uiar ko'proq epik asarlarga, o'shanda ham ijtimoiy xarakterdagi asarlarga tatbiqan o'zini to'la oqlaydi. Deylik, izhor yoki vasf asosiga qurilgan lirik she’rlar, shuningdek, majoziy-ramziy xarakterda bo'lmagan peyzaj lirikasi namunalaridan ham problema izlash to'g'ri emas. Chunki ularning yaratilishi- ga turtki bergan narsa - mualliflarining «qanoatidan ke lib chiqqan rozilik», mavjud holatdan rozi odamda esa, tabiiyki, problema bo'lmaydi. Ayni chog'da, yor yoki tabi at go'zalligidan ko'ngilning zavq-u shavqqa to'lib ketishi ham ijodga turtki beradi - «bo'shanish zarurati»ni yuzaga 10'sha joyda. 150 keltiradi. Yoki ommaviy adabiyot vakili sanaluvchi detektiv, sarguzasht va fantastik asarlarda ham ko'pincha problema ko'zga tashlanmaydi. Sababi, ularda ijodkor maqsadi asar- dan chetga chiqmaydi, ya’ni sarguzasht davomidagi o'tkir kechinmalar, izquvar bilan birga jumboqlarni yechish-u xayolotning mutlaqo erkin parvozidan keladigan zavqning o'zi maqsadga aylanadi. Boshqacha aytsak, ularda san’at- ning «o'yin» xususiyati ustuvorlik kasb etib qoladi. Adabiyotshunoslikda «problema» bilan birga «prob- lematika» istilohi ham ishlatiladi. Gap shundaki, hayotni qamrov ko'lami keng epik va dramatik asarlarda badiiy idrok etilayotgan muammolar ham shunga yarasha, ya’ni bir emas, bir nechta problema qo'yilishi mumkinki, ularning jami problematika deb yuritiladi. Odatda, asar problema- tikasi bir-biriga bog'liq va bir-birini taqozo etuvchi proble- malardan tarkiblanib, o'ziga xos butunlikni tashkil qiladi. Masalan, «O'tkan kunlar»ning bosh problemasini «millat ozodligi va taraqqiysi» tarzida ifodalash mumkin bo'lsa, uning tolaqonli badiiy idrok etilishi «milliy birlik», «saltanat va raiyat», «taraqqiy va manfaati shaxsiya», «inson erki», «ayol huquqi», «otalar va bolalar» kabi qator yondosh problemalar yordamida amalga oshadi. Ijodkor o'zini o'ylatgan, tashvishga solgan muammo(lar) ni badiiy idrok etish uchun qulay va keng imkon beruvchi hayot materialini tanlab tasvirlaydiki, shu asar mavzusidir. Ya’ni «asarda tasvirlangan va badiiy idrok etiigan narsa farqlanishi kerak» degan qarashdan kelib chiqqan holda birinchisini «mavzu», ikkinchisini «problema» deb atay- miz. Holbuki, bu yo'sin farqlashimizda muayyan shartlilik bor: «problema» bilan «mavzu» bir narsaning ikki tomoni, ularni farqlashimiz esa o'rganishni osonlashtirish uchun, xolos. Zero, bir tomoni, hayot materiali problemaga mu vofiq tanlansa, ikkinchi tomoni, problema o'sha materialda- gina namoyon bo'ladi va uning asosida badiiy idrok etiladi. Haqiqatda «problema» bilan «mavzu» birligi badiiy asar 151 mazmunining bitta qirrasi - tematik asosni tashkil qiladi. Shu o'rinda yana bir narsaga aniqlik kiritib o'tish zarur. Gap shundaki, «hayot materiali tanlab olinadi» deyishimiz- da ham muayyan shartlilik bor. Negaki, problemani badi iy idrok etish uchun hayot materiali har doim ham asliga monand olinmaydi, bu ko'proq realistik yo'nalishdagi ada biyotga xos. Hayotda mavjud bo'lmagan - ijodkor xayoloti mahsuli bo'lmish holat yo voqea tasviri orqali ham prob lema badiiy idrok etilishi mumkinki, adabiyotda bunday asarlar ham ko'pchilikni tashkil qiladi. Jumladan, yuqorida misol tariqasida keltirilgan masalda tasvirlangan «Tosh baqa bilan Quyon bahsi» hayotiy emas, u ijodkor to- monidan muayyan hayotiy holat mohiyatini ochish uchun yaratilgan badiiy modeldir. Shunga o'xshash, o'zini qiyna- gan muammolar idroki va ifodasi uchun, masalan, J.Svift «Gulliverning sayohatlari»da hikoya qilgan voqealar yo- xud F.Kafka «Evrilish»da tasvirlagan holat ham mohiyatan badiiy modeldir. Xuddi shu gapni Fitratning «Qiyomat», N.Eshonqulning «Maymun yetaklagan odam», U.Ham- damning «Bir piyola suv», I.Sultonning «Qismat» hiko- yalari, O.Muxtorning «Ffu», A.A’zamning «Ro'yo yoxud G'ulistonga safar» romanlari va yana juda ko'p asarlarga nisbatan ham aytish mumkin. Albatta, bularning hammasi- da andoza hayotdan olingan, ya’ni hayot-voqelik modelni yaratish uchun material bo'lib xizmat qiladi. Faqat har bir konkret modelda «aks ettirish» va «ijodiy qayta yaratish» amallarining nisbati turlichadir. Asarda tasvirlangan badiiy reallik voqelikning ijodkor tomonidan ko'rilgan, ideal asosida g'oyaviy-hissiy baho- langan va muayyan mazmunni ifodalashga mos tarzda ijodiy qayta ishlangan aksidir. Ya’ni badiiy asarda voqelik quruqqina «aks ettiril»maydi, unga muallifning g'oyaviy-his siy bahosi ham qo'shiladi (hatto muallif o'ta «obyektiv» bo'lishga intilganida ham, uning nuqtayi nazaridan ko'ril gan va taqdim etilgan badiiy voqelikda ijodkor subyekti 152 akslanaveradi). Yuqorida problemaning o'zida g‘oya kurtak holida mavjud bo'lishini aytdik. Demakki, hayot materialini tanlashdan boshlab uning qanday umumlashtirilishi, badi iy voqelikda obrazlarni iyerarxik tartibda joylashtirish, ular- ning qiyofasini chizish, fe’l-xo‘yini ta’riflash, xatti-harakat- lari va ruhiyatini tasvirlash - barida muallif subyekti, u ifodalamoqchi bo'lgan g'oyaning ta’siri sezilib turadi. Ayni shu narsa asarning o'quvchi tomonidan qabul qilinishini boshqaradi, o'quvchini asarni muallif istagandek tushu- nishga yo'naltiradi. Shu bois muallifning o‘zi tasvirlayotgan voqea-hodisalarga g‘oyaviy-hissiy munosabati, obrazlar sistemasida o‘z ifodasini topuvchi problemani anglashi va baholashi tendensiya deb yuritiladi. Zero, «tendensiya» lo- tincha so‘z bo'lib, terminga uning «yo‘naltirmoq» ma’nosi asos bo'lgan. Yuqoridagilardan ayon bo'lyaptiki, tendensiya asar problematikasidan kelib chiqib taniangan hayot materi- ali talqinini muallif ko'zlagan g'oyaviy-badiiy maqsadga yo'naltirgan holda badiiy g'oyaga aylantirar ekan. Ya’ni asarda qo'yilgan problemaning qalamga olingan hayot materiali asosida idrok etilishi va baholanishidan badiiy Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling