Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning mohiyati, ri-
vojlanish omillari va qonuniyatlari, jamiyat hayotidagi o'rni va vazifalari, badiiy asartabiati hamda uning tuzilishi, badi iy til xususiyatlari, adabiy turlar va janrlar kabi masalalarni ]17 I M A R K A Z i umumiy tarzda o‘rganadi va shu asosda umumiy qonuni- yatlarni ochib beradi. Shuningdek, adabiyot nazariyasi badiiy obraz va obrazlilik, badiiy obraz va reallik munosa- batlari, dunyoqarash va badiiy ijod, badiiy ijod jarayoni xu susiyatlari, badiiy asarni qabul qilish jarayoni xususiyatlari kabi qator umumestetik masalalarni ham so‘z san’atiga tat- biqan o‘rganadi. Adabiyot nazariyasi badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillari, baholash mezonlari, tahlil metodlarini ish- lab chiqadi, adabiyotshunoslik uchun zarur adabiy-nazariy tushunchalar tizimini yaratadi. Ko‘rib turganimizdek, adabi yot nazariyasi adabiyotshunoslik ilmining yadrosini tashkil qiladi. Agar adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi va adabiy tanqid yutuqlarini umumlashtirsa, bu ikkisi o‘z faoliyatida adabiyot nazariyasi ochgan qonuniyatlar, u ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar tizimiga tayanadi. Shu tariqa adabiyot shunoslikning har uchala asosiy sohasi bir-biri bilan bog'la- nadi, yaxlit birtizim - adabiyotshunoslik ilmini tashkil qiladi. Mumtoz Sharq adabiyotshunosligi an’analariga muvofiq tarzda o'zbek mumtoz adabiyotshunosligida ilmi aruz (Na- voiy, Bobur), ilmi qofiya va ilmi badi’ (Xudoydod Taroziy) doirasidagi nazariy masalalar ancha keng o'rganilgan. Bi- roq mazkur masalalar adabiyot nazariyasining birgina qis mi - poetika doirasi bilangina cheklanadi. To‘g‘ri, Sharqda «muallimi soniy» deya ulug‘lanuvchi Forobiy o‘z davrida yunon faylasufi Arastu ta’sirida va bevosita uning asarlarini sharhlash asnosida badiiy adabiyot spetsifikasi (mohiyati), adabiy tur va janrlar, syujet, kompozitsiya kabi nazariy ma- salalarga ham e’tibor qaratgan. Forobiydan keyin ushbu masalalar mumtoz adabiyotshunosligimiz e’tiboridan but- kul chetda qoldi. Sababi, asosiy diqqat-e’tibor tatbiqiy ma- salalarga, ya’ni badiiy ijodda yoki idrok jarayonida amaliy yordam beradigan masalalarni yoritishga qaratildi. Xusu- san, mumtoz adabiyotimizda she’riyatning yetakchiligi bois she’rshunoslik sohasiga taalluqli vazn, qofiya, she’riy san’atlar, she’riy shakllar kabi masalalar keng yoritilib, yo‘- 18 riqnoma xarakteridagi ko'plab risolalar yaratildi. Boshqa- cha aytganda, mumtoz adabiyotshunosligimizda adabiyot nazariyasi tugal bir tizim holiga kelmadi, aksincha, ushbu fan tizimining bitta uzvi (podsistemasi) doirasida chekla- nib, tatbiqiy xarakterdagi hodisa sifatida qoldi. 0 ‘zbek adabiyotshunosligida adabiyot nazariyasining alohida tarmoq sifatida shakllanishi XX asrning dastlabki choragiga to‘g‘ri keladi. Zero, xuddi shu davrda - zimmasi- ga tamom yangicha vazifalar yuklanayotgan adabiyotdan shunga mos o'zgarish talab etilayotgan bir sharoitda - ada biyotning o‘z-o‘zini anglash ehtiyojidan tug'ilgan «Adabiyot nima? Uning vazifalari nimalardan iborat? U qanday bo'li- shi kerak?» singari savollarning qalqib chiqishi adabiyot nazariyasi masalalarini tizimli o'rganish ehtiyoji yetilgani- dan dalolat edi. Taqriban o‘n yillar ichida vaqtli nashrlarda e’lon qilingan Cho'lponning «Adabiyot nadir?», Fitratning «She’r va shoirlik», «San’atning manshai», A.Avloniyning «Sanoyi nafisa», A.Sa’diyning «Go'zal san’at dunyosida» kabi bir qator maqolalar ayni shu ehtiyojni qondirish yo'li- dagi urinishlar natijasidir. A.Sa’diyning «Amaliy ham nazariy adabiyot darslari» (1924) hamda Fitratning «Adabiyot qoidalari» (1925) ki- toblarida yangi adabiyotning nazariy asoslari muxtasar bo‘lsa-da, ancha to'liq bayon qilindi. To'g'ri, bular hali ada biyot nazariyasiga bag'ishlangan tadqiqot emas, ikkalasi ham o'quv qo'llanmasi sifatida rejalashtirilgan mo'jazgina kitobchalar. Biroq bu ularning ahamiyatini aslo kamaytir- maydi. Zero, ularning ahamiyati eng avval yangilanayotgan adabiy-nazariy tafakkurni tizimli tarzda ilk bor yaxlit taqdim etgani bilan belgilanadi. Shunga o'xshash, 1939-yilda ilk bor chop etilib, to yangi asr boshlariga qadar ham yana bir necha bora to'ldirilib qayta nashr qilingan I.Sultonning «Adabiyot nazariyasi» darsligi ushbu fanni o'qitishda, shuningdek, nazariy yo'nalishdagi tadqiqotlarni amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etdi. 19 Adabiyotshunosligimizning keyingi taraqqiyoti davomi- da I.Sulton, M.Qo'shjonov, N.Shukurov, B.Sarimsoqov, B.Nazarov, T.Boboyev kabi qator olimlarning tadqiqotlari adabiy-nazariy tafakkur rivojiga sezilarli hissa bo'lib qo'shil- di. 1978 - 1979-yillarda chop etiigan ikki jildlik «Adabiyot nazariyasi», 1991 - 1992-yillarda chop etiigan uch jildlik «Adabiy turlar va janrlar» nomli fundamental tadqiqot- larda bu borada amalga oshirilgan ishlar umumlashtirib jamlangan. Albatta, ushbu tadqiqotlarda ham davr hukm- ron mafkurasi bilan bog'liq ayrim talqinlarning eskirgani- ni ta’kidlash lozim. Ayni chog'da, ularni ko'r-ko'rona inkor qilmasdan, aksincha, tanqidiy yondashgan holda foydala- nish keyingi tadqiqotlar uchun g'oyat muhimdir. Zero, ular- da yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish va takrorlamaslik, mavjud yutuqlarni rivojlantirish ilmiy izlanishlarimizning sa- marali bo'lishi garovidir. Mustaqillik yillarida ham o'zbek adabiyotining nazariy muammolari keng va atroflicha tadqiq etilmoqdaki, bu ja- rayondagi eng muhim nuqtalarni qayd etib o'tish zarur. Bi- rinchisi, sho'ro davrida mafkura tazyiqi bilan adabiy-nazariy tafakkur o'zagini tashkil qilgan «sinfiylik», «partiyaviyliк», «sotsialistik realizm» kabi dogmalardan forig' bo'lib, ada- biyotni, avvalo, san’at hodisasi o'laroq anglash, uning ij- timoiy hayotdagi o'rni va rolini ham shundan kelib chiqib tushunish tamoyili qaror topdi. Ikkinchisi, adabiy-nazariy tafakkurning milliy asosga qaytishga intilayotgani, buning uchun ulug' mutafakkirlarimiz, adib va shoirlarimizning adabiy-estetik qarashlari atroflicha o'rganilayotgani sama- rali natija bermoqda. Nihoyat, uchinchisi, adabiyotimizning nazariy muammolarini hal qilishga jahon adabiy-nazariy tafakkurining eng so'nggi yutuqlari tatbiq etilmoqda. Maz- kur tamoyillar adabiy-nazariy tadqiqotlar samaradorligini oshirib, ularning yaqin kelajakda yirik fundamental asarga do'nishiga umid tug'diradi. 20 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling