Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Bibliografiya (Kitobiyot)


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Bibliografiya (Kitobiyot) adabiyotshunoslikning ilmiy- 
amaliy sohasi sanalib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borish 
uchun zarur ma’lumotlar - adabiyotshunoslikka oid ki- 
toblar, maqolalar, ilmiy tadqiqotlar ro'yxatlarini tuzish, 
muayyan tematik yo'nalishdagi yoki xronologik asosdagi 
bibliografik ko'rsatkichlar tayyorlash bilan shug'ullanadi. 
Yordamchi soha sifatida adabiyotshunoslik bibliografiyasi 
tadqiqotlarning samarali bo'lishiga ko'maklashish maqsa- 
dini ko'zlaydi. Darhaqiqat, bunday ko'rsatkichlar biron-bir 
mavzu bo'yicha izlanayotgan tadqiqotchining vaqtini te- 
jaydi, ilmiy faoliyati samarasini oshiradi, shu bilan birga
mavzu bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tez va to'liq 
tanishish imkonini beradi, demak, ilmiy xulosalarning ob- 
yektiv va ahamiyatli bo'lishiga ham zamin hozirlaydi.
O'zbek adabiyotshunosligida bibliografiya yo'nalishida 
ham bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Fan- 
lar akademiyasi Bosh kutubxonasi xodimlari tayyorlagan 
«Adabiy hayot» bibliografik ko'rsatkichi; Fitrat, A.Qodiriy, 
Cho'lpon, G'.G'ulom, A.Qahhor kabi ijodkorlar, M.Qo'shjo- 
nov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, N.Karimov, A.Rasulov 
kabi olimlar faoliyatini yorituvchi bibliografik ko'rsatkichlar- 
ni misol sifatida keltirish mumkin. Hozirda yubiley tadbirlari 
munosabati bilan bibliografik ko'rsatkichlar ham tartib be- 
rish urfga kirib qoldiki, bu sohaning istiqbolidan xayrli ni- 
shondir. Endigi vazifa bibliografik ko'rsatkichlarning sifati, 
foydalanish uchun qulayligi va samaradorligini oshirishdan 
iborat. Tabiiyki, ularning sifati, eng avval, ilmiy aniqligi -
26


bibliografik tavsifning batafsil va benuqsonligi bilan belgi- 
lanadi. Foydalanishda qulaylik va samaradorlikni oshirish 
esa ularning qisqa va sig'imli annotatsiyalar bilan ta’minla- 
nishiga bog'liqdir.
Nihoyat, ayrim manbalarda yordamchi sohalar sirasida 
sanaluvchi adabiyotshunoslik istoriografiyasi haqida. 
Har bir fanning o‘z istoriografiyasi - uning tarixini yorituvchi 
sohasi mavjudki, adabiyotshunoslik ham bundan mustas- 
no emas. Mazkur soha adabiyotshunoslik ilmi (yoki uning 
bir sohasi)ning tarixiy rivojlanish yo'lini yoritadi. Shuning- 
dek, muayyan ilmiy muammoning o'rganilish tarixini yori- 
tish ham shu soha vazifasiga kiradi. Har ikki vazifaning 
bajarilishi ham keyingi tadqiqotlarning amalga oshirilishiga 
yordam berishi, izlanishlarning samarali bo'lishiga zamin 
hozirlashi shubhasiz. Negaki, ixtiyorida shunday material 
bo'lgan tadqiqotchi muammoning hali yetarli o'rganilma- 
gan tomonlarini yaqqol ko'ra olish, demak, tadqiqot mav- 
zusi, maqsadi, obyekti va predmetini to'g'ri belgilash imko- 
niga ega bo'ladi.
O'zbek adabiyotshunosligida bu yo'nalishda ham bir 
qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, bu boradagi fun­
damental tadqiqotlar sifatida akademik B.Valixo'jayevning 
«O'zbek adabiyotshunosligi tarixi», akademik B.Naza­
rov boshchiligidagi olimlar guruhi tomonidan yaratilgan 
«O'zbek adabiy tanqidi tarixi» kabi asarlar ko'rsatilishi 
mumkin. Shuningdek, taniqli adabiyotshunoslarning ilmiy 
faoliyatini yoritishga bag'ishlangan obzor xarakteridagi 
maqola va risolalarni, jumladan, «O'zbek tili va adabiyoti» 
jurnali yubiley munosabati bilan muntazam chop etib bo- 
ruvchi maqolalarni ham adabiyotshunoslik istoriografiyasi 
yo'nalishidagi ishlar sirasiga kiritish mumkin. Ikkinchi tip­
dagi, ya’ni muayyan muammoning o'rganilish tarixini yori­
tishga bag'ishlangan yirik hajmli asarlar adabiyotshunos- 
ligimizda hozircha yaratilmagan, biroq bu yo'nalishdagi 
ilmiy maqolalar siyrak bo'lsa-da uchrab turadi. Bundan
27


tashqari, fundamental tadqiqotlar, dissertatsiya ishlarining 
kirish qismida muammoning o'rganilish tarixi qisqacha 
yoritiladiki, bular yaqin kelajakda yaratilajak ushbu yo'na­
lishdagi fundamental tadqiqotlardan darak berayotgandek. 
Xullas, istoriografiya adabiyotshunosligimiz tarkibida yangi 
shakllangan va jadal rivojlanish yo'liga kirgan soha deb hi- 
soblashga asosimiz bor.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling