Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
ADABIYOTNING MOHIYATI
«Adabiyot nadir?» m uam m osi. Adabiyot haqidagi mavjud ilmiy konsepsiyalar. Sotsiologik konsepsiyaning afzaili- gi. Inson faoliyati tushunchasi. Mehnat va bilish - am aliy va nazariy faoliyat turlari. Bilish ehtiyoji haqida. 0 ‘zni ifo- dalash ehtiyoji. Mavzuning qo'yilishi gapni «Adabiyot nadir?» savoliga javobdan boshlashni taqozo etadi. Bir qarasang, javobi u qadar qiyin ham emasdek-u, kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida negadir bot-bot qalqib chiqaveradi shu savol. Fransuz adabiyotshunosi R.Bartning bundan oltmish yillar avval «bizning asrimiz (oxirgi yuz yil), ehtimol, adabiyot na dir masa\asm\ muhokama qilish asri deb atalajak»1 degani ham Bejiz emas. Bunga amin bo'lmoq uchun xotiramizni bir qurgina varaqlash kifoya: 1914-yil - Cho'lponning «Adabiyot nadir?» maqolasi e’lon qilindi; 1949-yil - fransuz adibi va faylasufi Jan Pol Sartr «Ada biyot nadir?» nomli maqola bilan chiqdi; 1970-yil - jahon adabiyotshunosligida e’tirof etilgan olimlardan S.Todorov «Adabiyot tushunchasi» maqolasini chop ettirdi... Sanoqni yana davom ettirsa bo'ladi, lekin bunga hojat yo'q: R.Bartning haqligini keyingi davr ham tasdiqlab tu- ribdi. Masalan, Amerikada chop etiladigan yetakchi ada biy-nazariy nashrlardan biri - «New Literary History» jur- nali 1973-yilda bitta sonini to‘laligicha «Adabiyot nadir?» masalasini muhokama qilishga bag'ishlagan. Oradan o'ttiz 1 Барт P. Избранные работы: Семиотика. Поэтика. - М., 1994. - С.132. 33 besh yii o'tgach - 2008-yilda jurnal shu masalaga qaytib, unga yana alohida son bag‘ishlaydi. Aytganlarimiz masalaning, bir tomondan, hamisha dol- zarbligini, ikkinchi tomondan, g'oyat murakkabligini ko'rsa- tadi. Hamisha dolzarblik adabiyotning jamiyatdagi ijtimoiy- siyosiy, ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarning o'zgarishiga mos tarzda mudom o‘zgarish-yangilanishda yashashi va bu hoi, o'z navbatida, ayni jarayonni anglash ehtiyojini tug'dirishi bilan izohlanadi. Murakkablik esa anglanayotgan predmet- ning o‘zi - adabiyotning g'oyat murakkab va serqirra hodi- sa ekanligi bilan bog'liqdir. Shu bois adabiyotga beriluvchi ta’riflar turli-tuman: «Adabiyot - o'qish uchun mo‘ljallab yo- zilgan asarlar jami», «Adabiyot - madaniyat shakllaridan biri», «Adabiyot -- semiotik faoliyat», «Adabiyot - san’at- ning yozma ko'rinishi», «Adabiyot - insonning o‘zini ifoda- iash vositasi», «Adabiyot - ijtimoiy ong shakli», «Adabiyot - nutqiy faoliyat turi», «Adabiyot - so'z san’ati» va h.k. Bu kabi ilmiy definitsiyalardan tashqari yana «Adabiyot - inson- shunoslik», «Adabiyot - hayot darsligi», «Adabiyot - ko'ngil oynasi», «Adabiyot - so'z va xayolot o'yini» singari topib aytilgan shoirona ta’riflar ham bir talay. Eng muhimi, ush bu ta’riflarning hammasi ham to'g'ri, faqat ularning har biri adabiyotni bitta jihatidangina kelib chiqib tavsifiaydi. Bu ham tabiiy. Zero, inson narsa-hodisani o'zining nigohi tushib tur- gan tomondangina ko'radi. Odatda, boshqa tomondan ham qarab ko'rishga yo imkoni bo'lmaydi, yo bunga hojat sez- maydi. Ilm esa, aksincha, narsa -hodisaning barcha jihatla- rini ko'rish va tugal tavsiflashga intiladi. Zero, shundagina u chinakam anglangan hisoblanadi. Demak, insonga beril- gan imkonlar bilan ilm ko'zlovchi maqsad o'rtasidagi ziddiyat ta’riflar turlichaligini keltirib chiqaruvchi, ikkinchi tomondan, bilish jarayoni bardavomligini ta’minlovchi omildir. Paradoks shundaki, bilish jarayoni cheksiz bo'lgani holda, inson o'zi bilishni istagan narsa haqida tugal hukm chiqarishga moyil, oxirigacha tugal anglab, tushuntirib bo'lmaydigan murakkab 34 hodisalar mavjudligini tan olgisi keimaydi (Bu - uning o'ziga g'oyat qisqa umr va g'oyat oz narsani bilish imkoni berilgani uchun isyoni). Holbuki, mavjud narsa-hodisalarning aksari- yati, jumladan, adabiyot ham ana shunday murakkab, zid- diyatli tomonlarni o'zida jam etgan hodisadir. Shu bois ham uni tugal ta’riflashga harakat deyarli hamma vaqt muqarrar tarzda biryoqlamalik, ya’ni shu tomonlardan birining mut- laqlashtirilishiga olib boradi. Bundan qochishning birgina yo'li esa mavjud konsepsiya (ilmiy yondashuv)lardan birini asos qilib olgan hoida va umumiydan xususiyga tomon yu- rish orqali adabiyotning mohiyatini izchil yoritishdir. Ushbu vazifani uddalash, ya’ni adabiyotning mohiyatini izchil, unga xos turfa xususiyatlarni keng qamragan holda tizimli yoritish imkoni sotsiologik konsepsiyada, bizningcha, boshqalariga qaraganda ko'proqdir. Sotsiologik konsepsiya adabiyotga inson faoliyatining mahsuli, kishilik jamiyati atributlaridan biri sifatida qarab, uning paydo bo'lishi, yashashi va rivojlanishi jamiyat bilan bevosita bog'liq deb biladi. Ushbu konsepsiya negizida inson faoliyati tushunchasi yotadi. Mashhur filolog A.Potebnya poeziya (badiiy adabiyot) ni ta’riflashni «Eng umumiy tur - inson faoliyati»1 degan so'zlar bilan boshlagan edi. Bu bejiz emas, albatta. Nega- ki, inson tomonidan yaratilgan narsalarning hammasi - faoliyat mahsuli, demak, birinchi galda «faoliyat» tushun- chasiga to'xtalish zarur bo'ladi. Insonning muayyan maqsadga yo'naltirilgan xatti- harakatlari jami faoliyat deb yuritiladi. G'oyat umumiy tarz da berilgan ushbu ta’rifni aniqlashtirish zarur. Avvalo, maq sadga yo'naltirilganlik anglanganlikni taqozo etadiki, buni jonivorlarning maqsadli instinktiv harakatlaridan farqlamoq zarur. Zero, jonzotlar ichida qadim ajdodlarimizgina tabiat- da tayyor holda mavjud narsalarning, shart-sharoitlarning o'zi bilangina qanoatlanib yashamadilar. Jonivorlardan 1 Потебня А. Эстетика и поэтика. - М.: Искусство, 1976. - С.286. 35 farqli o‘laroq, ular tabiatni, mavjud narsalarni o'z talab-eh- tiyojlariga muvofiq o‘zgartirdilar. Sirasi, ular shunga maj- bur, bu ular uchun tirik qolish va naslni davom ettirishning bosh sharti edi. Demak, inson faoliyatining maqsadi bor- liqni o'zining talab-ehtiyojlariga muvofiq tarzda o ‘zgartirish ekan. Inson azaldan tabiatni, atrof-muhitni o‘zgartirib keladi - o‘zi va nasliga yashash uchun sharoit yaratadi, tirikchilik uchun oziq topadiki, buni biz «amaliy faoliyat» yoki qisqa qilib «mehnat» deb aytamiz. Borliqni o'zgartirish jarayonida o'zgartiruvchi (inson)ning o‘zi ham o'zgarib boradi, chun- ki amaliy faoliyat davomida u tajriba orttirib, atrof-muhitni tobora chuqurroq bilib (o'ziashtirib) boradi: borliq haqida gi bilim va tasavvurlari boyishi hisobiga ongi rivojlanadi. 0 ‘z navbatida, borliq haqidagi tasavvur va bilimlarning boyishi amaliy faoliyatning samaraliroq bo'lishiga xizmat qiladi. Demak, dastlab inson faoliyatining ikkita - mehnat va bilish qirralari bo'lgan. Ya’ni o'sha paytlardayoq inson faoliyati ikkiga - amaliy (mehnat) va nazariy (bilish) faoli yat turlariga ajrala borgan. Yana shuni ham ta’kidlash ke- rakki, inson faoliyatining dastlab shakllangan mazkur ikki turi fundamental xarakterga ega bo'lib, ular kishilik jamiyati taraqqiyotida yetakchi ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir- ga, inson ongining rivojlanishi barobarida faoliyatning ham yangi-yangi qirralari ochila bordi: estetik faoliyat, ruhoniy faoliyat, ijtimoiy faoliyat, siyosiy faoliyat... Inson tomonidan yaratilgan narsaki bor, ma’lum bir ehtiyoj tufayli dunyoga keladi. Insonni muayyan harakatga undovchi ehtiyojlar sirasida bilish ehtiyoji ustuvor mavqega ega. Zero, har qanday maqsadli faoliyatni amalga oshirish va ko'zlan- gan natijaga kelish uchun, avvalo, o'sha jarayon bilan bog'liq narsalarni bilish talab etiladi. Shu shart bajarilgandagina ular inson uchun faoliyat predmeti bo'la oladi. Buni soddaroq bir misol yordamida tushuntirib o'tish foydadan xoli emas. Dey- lik, bolakay hayotida ilk bor bo'rga duch keldi, u hali buning nimaligini bilmaydi. Tabiiyki, bola bo'rni aylantirib tomosha 36 qiladi, hidlab yo tishlab ko'radi - bular bilishga qaratilgan harakatlar, bo‘r uning uchun bilish predmeti. Qachonki bo- lakay o'z tajribasida yoki kattalardan eshitib bo‘rning yozuv quroli ekanini bilsa, bo‘r uning uchun amaliy faoliyat pred- metiga aylanadi. Inson atrofidagi narsa-hodisalarni bilgan taqdirdagina voqelikda o‘zini suvdagi baliqdek his qilib, erkin harakatlana oladi. Demak, bilish ehtiyoji tabiiy bo'lishi bilan birga yuzaga kelishi jihatidan birlamchi ham ekan. Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda adabiyotning ilk kurtaklari sanaluvchi asotir (mif)larni, afsonalarni esga olay- lik. Axir, «Avesto»dagi rivoyatlar yoxud qadim yunon yoki Misr afsonalari tabiatni, insonning paydo bo‘lishi, uning o‘limi sirlari va sh.k. muammolarni bilishga intilish natijasi emasmi?! Deylik, tirikchiligi (amaliy faoliyati) dengiz bilan bog'liq qadimgi yunon dolg'ali to‘fonlar-u po'rtanalarni, ular chirpirak qilib urgan qayig‘-u kemalarni, domiga tortib ket- gan odamlarni ko'rgan. Uning uchun to‘fon-u po'rtanalar sirini bilish: nega qo‘zg‘aladi, qachon qo‘zg‘aladi, ulardan qanday omon qolish mumkin kabi savollarga javob topish zarurat edi. Albatta, u kuzatish orqali savollariga qisman javob topishi mumkin, lekin bular ehtiyojni qondirish uchun kam: bilish yo'lida izlanayotgan tafakkur Poseydon - den giz xudosini yaratadi. Endi qadim yunon biladiki, dengizning egasi - Poseydon, uning jahli chiqsa, to'fonlar qo‘zg‘oladi. Bas, undan tilab, unga atab qurbonliklar keltirib - ko nglini olibgina dengizda tirikchilik qilish va omon qolish mumkin. Albatta, siz-u biz uchun bu shunchaki cho‘pchak yo obrazli tafakkur mahsuli, qadim yunon uchun esa bu ayni ha qiq a t- bilim. Zero, ayni shu bilim uning uchun dengiz bilan bog'liq narsa-hodisalarni amaliy faoliyat predmetiga aylantiradi, shu bilimga tayangan holda u dengizda amaliy faoliyat yuritadi. Albatta, hozirgi insonning tafakkur darajasi ham, ada biyot va san’atning rivojlanish darajasi ham ulardan ko'z ilg'amas darajada uzoqlashdi. Lekin badiiy ijodga turtki beradigan birlamchi omil hamon bilish ehtiyoji bo'lib qol- 37 di. To‘g‘ri, keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda doim ham ijodkorning biiishga intilayotgani asotirlardagi kabi ravshan sezilmasligi mumkin, lekin ularning yaratilishiga bevosita mana shu ehtiyoj turtki bergan. Deylik, bir ijodkorni jami- yatning mavjud holati yoki rivojlanish tamoyillarini bilish (ko'proq romanlarda), boshqa birovini o'zni anglash orqa li Haqni tanish (tasavvuf she’riyati), tag'in birini qalbidagi kechinmalarini (ya’ni o'zini) anglash va shunga o'xshash umumiy nomi BILISH ataluvchi ehtiyoj ijodga undaydi. Faqat shunisi borki, asarda ijodkor biron-bir muammoni badiiy idrok etishga harakat qilayotgani doim ham ravshan sezilmaydi. Sababi, asarda tasvirlanayotgan narsa bilan idrok etilayotgan narsa boshqa-boshqa bo'lishi, ijodkor o‘zi anglagan haqiqatni o'zgacha yo'sinlarda ifodalashi ham mumkin. Deylik, ijodkor o‘zi anchadan beri yecholmay ke- layotgan, anglashga intilayotgan masalaning yechimini tabiat manzarasida, hayotdagi biron-bir holatda, hodisa va sh.k.lar- da ko'rdi. Bunday holatda ijodkor asarda o‘sha narsa (man- zara, holat, hodisa va sh.k.)ni aks ettirishning o‘zi bilanoq ehtiyojni qondirishi mumkin. Shu jihatdan qarasak, qatag'on yillarida insonning qadrsizlangani, butun boshli jamiyatning totalitar tuzum oldidagi ojizligi-yu kishilarning o'zgalar fojiasi- ga shunchaki tomoshabin bo'lib qolayotgani haqida o'ylagan va bundan azob chekkan A.Gahhor « 0 ‘g‘ri»da tasvirlangan voqeada, mustabid tuzum sharoitidagi ijodkor qismatini Oy- bek «Na’matak»dagi manzarada ko'rgan bo'lsa ne ajab?! Aytmoqchimizki, shu asarlarni yaratish bilan har ikki ijodkor ruhiyatida paydo bo'lgan bilish ehtiyoji qondirildi. Zero, ijod onlarida har ikkisi ham o'zini o'ylatgan masalani o‘zicha hal qildi, muayyan bir to'xtamga keldi. Albatta, bu asarlarni har birimiz o'zimizcha tushunamiz, sababki, mualliflar angiaganlarini ochiq ifodalagan emaslar, bas, biz ulardagi obrazlar tilini o'zimizcha mantiq tiliga ko'chi- ramiz - anglaymiz, shunga haqlimiz. Xuddi shuningdek, ijodkor ham badiiy bilish jarayonida o'zi anglagan haqiqat- 38 ni ochiqdan ochiq ifodalashga burchli emas. Boz ustiga, ochiqdan ochiq ifodalash «nasihatgo'ylik», g'ashga tegadi- gan «aqllilik» tomon tortib ketishi mumkin. Shuning uchun ham, masalan, « 0 ‘g‘ri»da A.Qahhor «xolis kuzatuvchi» mavqeyida turadi: qalbini junbishga solgan voqeaning, holat- ning suratini chizish bilan kifoyalanadi. Mahorat bilan tasvir- langan holat tasavvurida jonlangan onlarda (hikoyani o‘qish jarayonida) o'quvchi adibning (ijod onlaridagi) his-tuyg‘ularini qalbdan kechiradi. Biroq yozuvchi ijod onlarida qay bir mu- ammoni badiiy idrok etishga intilganini o‘quvchilarning harrt- masi ham ilg‘ab ololmaydi. Buning hech bir ajabianarli joyi ham yo‘q: badiiy asar arifmetik, fizik va boshqa sh.k. masala emaski, unda konkret shartlar ko‘rsatib qo‘yilsa. Shunga qa ramay, matnda doim aks etmagani holda ham bilish ehtiyo ji badiiy ijodga turtki beruvchi asosiy omil bo'lib qolaveradi. Boshqa bir muhim tomoni shuki, har ikki adib o'zlari yaratgan badiiy obrazlar vositasida bilibgina qolmadi, ikkisi ham b'zlarining orzu-armonlarini, his-tuyg‘ularini, bir so‘z bilan aytganda, o‘z idealidan kelib chiqqan g‘oyaviy-hissiy munosabatini (va shu yo'sin bilvosita o‘z idealini) ifodaladi. Xuddi shu nuqtada insonga xos tabiiy ehtiyojlardan yana biriga to'xtalish joiz. Inson dunyoni bilishga intilarkan, unga (konkret narsa-hodisaga) muayyan hissiy munosabatda bo'ladi, o‘z navbatida, dunyo uning hislariga ta’sir qiladi. Ikkinchi tomondan, ijtimoiy maxluq sifatida inson muloqot ehtiyojini, o‘z hislarini ifodalash, kimgadir yorilish ehtiyojini ham tuyadi. Ya’ni bu ehtiyoj ahamiyati jihatidan yashash va nasi qoldirish uchun tabiatni o'zgartirish ehtiyojidan aslo kam bolmagan tabiiy ehtiyojdir. Shu bois ham inson o'zining tabiat bilan munosabatlari natijasi o'laroq yuza- ga kelgan eng ibtidoiy hislari (qo‘rquv, sevinch)ni ham, jinsdoshlari bilan munosabati natijasida tug‘ilgan hislarini ham ifodalashga intilgan. Umumlashtirib aytsak, bu o'zni Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling