Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Badiiy-konseptual funksiya
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kommunikativ funksiya.
Badiiy-konseptual funksiya. Badiiy adabiyot hayotni,
jamiyatning joriy holatini badiiy tahlil qilish orqali olam va odam haqida yaxlit badiiy hukm - badiiy konsepsiyani ish- lab chiqishga intiladi. Bu jihati bilan badiiy adabiyot falsafa- ga yaqinlashadi. Falsafadan farq qilaroq, olam va odam konsepsiyasini ishlab chiqishda badiiy adabiyot mantiq ka- tegoriyalariga emas, ma’no serqirraligi bilan xarakterlanuv- chi badiiy obrazlarga tayanadi. Jahon falsafiy tafakkuri Dante, Shekspir, Gyote, L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, T.Mann, A.Kamyu singari o'nlab ijodkorlar fikrlari bilan boyigani, o'z vaqtida ulardan turtki va quvvat olgani shubhasizdir. Biz o'zining ko'lamli falsafiy mushohadaga moyilligi bilan tanilgan va e’tirof etilgan ijodkorlardan ayrimlarinigina sa- nadik. Haqiqatda esa badiiy-konseptuallikka intilish iqtidor bilan yozilgan har qanday badiiy asarga xosdir. Xayyom ruboiylarini olasizmi yo hazrat Navoiy dostonlarini, A.Qo- diriy romanlari yo A.Qahhor hikoyalarini, O.Yoqubov nasri yo A.Oripov she’riyatinimi - barida hayot, olam va odam haqidagi g'oyat teran falsafiy o'y-mushohadalarga duch kelasiz, mualliflar mavjudlikning o'tkir masalalari yuzasi- dan chiqargan badiiy hukm-xulosalar bilan o'rtoqlashasiz. Deylik, «O'tkan kunlar»ni mutolaa qilarkan, unda tasvirlan- gan hayotiy holatlar mag'zida «erkin tug'ilgan inson erkin yashashga haqli», «shaxs erkin bo'lmagan jamiyat erkin 54 bo'lolmaydi», «inson qadri va sha’ni benihoya yuksak», «insonlik huquqi daxlsiz», «avval vujudingdagi mustabidni o‘ldir», «boshingga ne kelsa o‘zingdan», «har kimki jafo qiisa, jafo topqusidir» kabi qator fikrlami uqasizki, shular hammasi birikib adibning badiiy falsafasini tashkil qiladi. Kommunikativ funksiya. Badiiy adabiyot shaxslararo, avlodlararo, millatlararo muloqotning amalga oshishi- ga xizmat qiladi. Badiiy asarni yaratish davomida ijodkor tasavvurdagi o'quvchi bilan muloqotga kirishsa, uni o'qish jarayonida o'quvchi ijodkor bilan muloqotga kirishadi. Mu loqot jarayonida keng kitobxonlar ommasiga badiiy infor- matsiya yetkaziladi, bu esa o‘quvchining bilim va tasav- vurlar doirasini kengaytiradi, uning informatsiyaga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. Badiiy adabiyot vositasida amalga oshuvchi muloqot qarshisida davriy yoki hududiy chega- ralar mavjud emas: uning vositasida o'quvchi o'zidan bir necha asrlar ilgari yashagan shaxs bilan ham, o'zidan minglab chaqirim olisda yashovchi shaxs bilan ham mu loqot qila biladi. Shu ma’noda, ko'p mutolaa qilgan hozirgi kitobxon olis ajdodlarining turmushi, fikrlash tarzi, orzu-in- tilishlari bilan ham, olis dengiz ortidagi xalqning turmushi, fikrlash tarzi, orzu-intilishlari bilan ham yaqindan tanish - ularning bari bilan muloqotda bo'lgan. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling