Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
yosat, huquq kabi sohalar, ayniqsa, faol va samarali ekani-
ni ta’kidlash lozim bo'ladi. Ijtimoiy ong shakllari orasida badiiy adabiyot va san’at borliqni badiiy obrazlar vositasida idrok etishi bilan farqla- nadi. Xususan, badiiy adabiyot so‘z vositasida ish ko'radi. So'z esa universal bilish va ifodalash vositasi sanaladi. So'z vositasida ish ko'rgani uchun ham badiiy adabiyot ning badiiy bilish imkoniyatlari anchagina keng: u jamiyat 51 hayotidagi turfa muammolarni, inson ruhiyatidagi nozik harakat-u evrilishlarni, shaxslararo munosabatlardagi zid- diyat-u chigalliklarni badiiy idrok etadi. Ushbu jarayon- da anglangan va obrazlarda tajassum topgan haqiqatlar o'quvchi ommaning olam va odam haqidagi bilim va tasav- vurlarini boyitadi. Aytilganlardan ayon bo'lyaptiki, adabiyot kishilik jami- yatida salmoqli o'rin tutib, uning joriy holati va taraqqiyo- tiga kuchli ta’sir ko'rsatadi. Shu jihatdan Cho'lponning «Adabiyot yashasa, millat yashar», Abdulla Qahhorning «Adabiyot atomdan kuchli...» degan mashhur gaplariga shunchaki chiroyli lutf deb qaramaslik joiz. Biroq adabiyot ning o‘rni va ahamiyatini anglashga ojiz, uni shunchaki ko'ngil xushi deb biladiganlar hamisha bo'lgan, afsuski, hozir ham yo‘q emas. Shu bois bu masalaga batafsilroq to'xtalish foydadan xoli bo'lmaydi. Badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi o'rnini aniq tasavvur qilish uchun u bajaradigan ijtimoiy funksiyalar (vazifalar) nimalardan iborat ekanligini ko'rib chiqish ke- rak. Badiiy adabiyot zimmasidagi eng muhim va birinchi navbatdagi vazifani qisqa qilib insonni komillikka yetaklash deya ta’riflash mumkinki, uning uddalanishi jamiyatning mukammaiiashuviga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqsak, «badiiy adabiyot dunyoni o'zgartiradi» deyilsa ham aslo mubolag'a emas, ayni haqiqatdir. Zero, badiiy adabiyot insonni o ‘zgartirish orqali dunyoni o'zgartiradi. Ishtibohlar- dan butkul forig' etmoq uchun buning amalga oshish me- xanizmiga bir qur nazar tashlash maqsadga muvofiq: ba diiy adabiyot real voqelikni aks ettiribgina qolmaydi, yo‘q, u ideal asosida fikrlaydi - voqelikni ideal asosida qayta yaratadi, chinakam san’at asaridagi badiiy hukm ideal- dan kelib chiqqan holda chiqariladi. Ideal esa, ma’lumki, o'zida mukammal inson, mukammal jamiyat haqida ming yillar davomida shakllanib kelayotgan tasavvurlar, orzu-in- tilishlarni mujassam etadi. Ijodkor sog'ingan ideal badiiy 52 asar orqali o‘quvchiga, o'quvchilarga ko'chadi va, bilingki, ideal sog'inchini o'ziga yuqtirgan o‘quvchi o'zgargan in- sondir. Insonning o‘zgarishi esa, tabiiyki, jamiyatda, dun- yoda sodir bo'lajak o‘zgarishlarning asosidir. Demak, ba diiy adabiyotning eng muhim vazifalaridan biri jamiyatni shu tarzda mudom idealga yaqinlashtirib, muvofiqlashtirib borish ekan. Mutaxassislar san’at, xususan, badiiy adabiyot haqida so‘z borganda ularning polifunksionalligi, ya’ni ko‘p vazifa bajarishini aytadilar. Yana bir jihati, adabiyotshunoslikka oid manbalarda bu vazifalarning adadi ham, tarkibi ham turlicha. Quyida biz badiiy adabiyot ijtimoiy hayotda baja- ruvchi vazifalar xususida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling