Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Tarbiyaviy (didaktik) funksiya
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompensatorlik funksiyasi.
Tarbiyaviy (didaktik) funksiya. Badiiy adabiyot shaxs-
ni aqlan va ruhan kamolga yetkazadi, jamiyatning ma’nan tozarishi va yuksalishiga xizmat qiladi. E’tibor berilsa, de- yarli barcha milliy adabiyotlar taraqqiyotining ilk bosqichla- rida didaktik funksiya oldingi planda turgani ko'riladi. Ada biyotning tarbiyaviy ahamiyatiga juda qadim davrlardan ayricha e’tibor berib kelinishi bejiz emas. Xususan, qadimgi yunon faylasufi Aflotunning «Davlat» asarida adabiyotning tarbiyaviy imkonlaridan qanday foydalanish kerak, kimga, nimani va qanday o'qitish kerak degan masala keng qo'yil- gan. Sharq xalqlarida ham yosh avlodni tarbiyalashda badiiy adabiyotdan unumli foydalanilgan. Shu bois Sharq 55 mumtoz adabiyotida «Guliston», «Bo'ston», «Qutadg'u bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Qobusnoma» singari didaktik asarlar yaratilgan. To‘g‘ri, adabiyot taraqqiyotining keyin gi bosqichlarida sof didaktik xarakterdagi asarlar salmog'i kamayib boradi, hatto oshkor didaktikaga berilgan asarlar badiiy mukammallikdan yiroq tushadi deb hisoblanadi ham. Shunga qaramay, badiiy adabiyotning ommaga didaktik ta’siri hali-hanuz juda kuchli, uning bu boradagi imkoniyat- lariga ehtiyoj ham mudom kuchayib boradi. O'z navbatida, chinakam san’at asarida ijodkor hamisha ezgulik, go'zallik, adolat singari umuminsoniy qadriyatlar tomonida turib fikr yuritadi, ayni shu narsa badiiy asarda hamma vaqt didaktik potensial mavjud bo'lishini, badiiy adabiyotning hamisha tarbiyaviy funksiya bajarishini ta’min etadi. Kompensatorlik funksiyasi. Badiiy adabiyotda inson o'z hayotida ko'rmaganini ko'radi, undan o'ziga yetish- mayotgan narsalarni topadi va shu asosda ruhiy qoniqish hosil qiladi. Bu jarayonning asosi shuki, badiiy asar mu- tolaasi davomida o'quvchi irreal olamda - badiiy reallikda yashaydi: o'sha irreal olamda real hayotida ko'nglidan ke- chirmagan hislarni kechiradi, umri davomida tushmagan vaziyatlarda yashaydi. Ya’ni kompensatorlik funksiyasi- ni badiiy adabiyotga yuqorida berganimiz «qo'shimcha umr» ta’rifi bilan bog'liq tushunish o'ng'ay. Masalan, kishi hayoti davomida hech sevmagan yo sevilmagan bo'lishi mumkin, biroq badiiy asar voqeligida yasharkan, u qahra mon bilan birga ishqqa mubtalo yoxud buyuk bir sevgiga sazovor bo'la oladi; adabiyot irreal olamda qashshoqqa g'aniy, qo'rqoqqa botir, baxtsizga baxtiyor bo'lib yashab ko'rish imkonini yaratadi. Ushbu aytganlarimiz - tom ma’nodagi kompensatsiya, ya’ni so'z borayotgan funksi- yaning inson hayotida ko'rmaganlari uchun «qo'shimcha umr» o'laroq o'ziga xos tovon tarzida amalga oshishiga misol. Bundan tashqari, mutaxassislar badiiy adabiyotning o'quvchini turmush tashvishlaridan chalg'itishi (masalan, 56 sarguzasht-detektiv asar mutolaasiga berilib tashvishlarini ma’lum muddat unutish) yoki ruhiy taskin berishini (masa lan, asarda tasvirlangan baxtsizga qarab «undan ko'ra yaxshiroq ahvoldaman-ku» tarzida o'ylash) ham kompen satorlik funksiyasining ko'rinishlari deb qaraydilar. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling