Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
yot, axioq, huquq, siyosat
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
yot, axioq, huquq, siyosat kabilar ijtimoiy ong shakllari
hisoblanadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bir bosqichida bu sohalarning qaysidir bittasi yetakchi mavqe- ga ega bo'lishi, keyin yetakchilik boshqasiga o'tishi mum kin. Masalan, kishilik jamiyatining tongida insonlarning tabiat hodisalarini anglashga intilishi natijasida yuzaga kelgan miflar yetakchi mavqega ega edi (aniqrog'i, miflar u 50 davrda ijtimoiy ongning asosiy shakli edi). Dunyo, inson va boshqa jonzotlarning yaratilishi, hayot va o‘lim sirlari, tabi- at hodisalarining sodir bo'lishi kabi inson bilishga qiziqqan masalalar miflarda o‘z ifodasini topgan. Ya’ni miflar bu murakkab masalalarni obrazli tarzda izchil tushuntirib ber- gan. Albatta, miflar qadim ajdodlarimizning mazkur masa lalar mohiyatiga yetmaganini ko'rsatadi. Biroq, to‘g‘ri yo noto‘g‘riligidan qat’i nazar, miflarda ularning olam va odam haqidagi bilim va tasavvurlari - ijtimoiy ongi akslangani ham shak-shubhasizdir. Keyinroq, antik jamiyatda falsafa- ning yetakchiligi kuzatilsa, o‘rta asrlarga kelib ijtimoiy ong shakllari orasida din yetakchi mavqe egalladi. Zero, o‘rta asrlarda olam va odam mohiyati diniy ta’limotlar asosida tushunildi va tushuntirildi. Insonning dunyo haqidagi bilim- lari chuqurlashuvi XVIII asrga kelib fanning yetakchiligini ta’minladi, endi ilmiy bilishning ahamiyati ortdi. Ijtimoiy ong shakllarining keyingi davrlardagi, xususan, hozirgi holatiga nazar solsak, unda turlichalikka duch ke- lamiz. Zero, hozirda ularning bari parallel holda (umuman insoniyat miqyosida olsak, taraqqiyot darajasining turli- chaligi bois mifologik tafakkurdan tortib to yuksak ilmiy bilishgacha) mavjud. Shunga qaramay, ijtimoiy ongning joriy holati haqida so‘z borganda insoniyatning ilg'orini, rivojlangan jamiyatlarni nazarga olish odat tusiga kirgan va bu, bizningcha, to'g'riroq hamdir. Bu holda hozir bilish jarayonida bir paytning o‘zida ijtimoiy ong shakllaridan bir qanchasi ishtirok etayotganini, ular orasida fan, san’at, si Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling