Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
- Bu sahifa navigatsiya:
- , yotning ijtimoiy ong shakllari orasidagi o ‘rni. A dabiyot ning ijtimoiy funksiyalari.
ADABIYOT IJTIMOIY ONG
SOHASI SIFATIDA Adabiyotning ijtim oiyligi m asalasidagi bahslar va uni yu- zaga keltirgan sharoit haqida. Adabiyotning ijtim oiy tabi- atini belgiiovchi omiliar. ijtimoiy dardning shaxsiylanishi. Ijtim oiy ong tushunchasi. Ijtim oiy ong shakllari. Adabi- , yotning ijtimoiy ong shakllari orasidagi o ‘rni. A dabiyot ning ijtimoiy funksiyalari. Sarlavhaga chiqarganimiz mavzuni ham umumiydan - adabiyotning ijtimoiy tabiati masalasidan boshlab yori- tish maqsadga muvofiq. Sababi, adabiyotni ijtimoiy ong sohajsi o'laroq tushunish hozir ko‘pchilikda e’tiroz uyg'ota- diki, buning omillarini yaqin o'tmishimizdan qidirish lozim. 0 ‘tgan asrning 90-yillariga kelib adabiyotshunos- ligimizda «Adabiyot ijtimoiy boMishi kerakmi yoki yo‘qmi?» degan masala g'oyat dolzarblashdi. Bu sho'ro davrida o'ta yalang'och ijtimoiylashgan adabiyotga, uni omma- ni kommunistik ruhda tarbiyalash va sh.k. maqsadlarga bo'ysundirish amaliyotiga aks ta’sirning namoyoni edi. Darhaqiqat, sho'ro davrida adabiyotga ommaga muayyan g'oyalarni singdirish vositasi, mafkura xizmatchisi deb qa- raldi. Tabiiyki, adib-u shoirlarga munosabat, ijodiy uyush- malar ishini tashkil qilish, adabiyotni ilmiy o'rganish, o'qi- tish, targ'ib etish ishlari, bir so'z bilan aytganda, adabiy siyosat ayni qarashdan kelib chiqar edi. Ijodiy uyushmalar, ilmiy va ta’lim muassasalari, matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan ushbu siyosat oqibatida, ta’bir joiz bo'lsa, «rasmiy adabiyot» paydo bo'ldi. Tasvirda, talqin va bahoda hokim mafkura qoliplaridan chiqmagan bu adabiyot ijodiy ruhdan mosuvo bo'lib, hayotdan tobo- 41 ra uzoqlashib bordi, ijodiy individuallikdan mahrumlik uni birxillikka, tussiziikka mahkum etdi. Tabiiyki, chinakam iste’dodning bunday biqiq sharoitga ko'nishi amrimahol. Shuning natijasi o‘laroq o‘tgan asrning 60-yillaridan «ras- miy adabiyot»dan farqli ruhdagi adabiyot ham oyoqqa tura boshladi. Albatta, risoladagidek sharoit bo'lganida, bu ikkisining orasida g‘oyaviy-estetik kurash kechishi lozim edi. Sho'ro sharoitida bunday bo'lmadi: «rasmiy adabiyot» muxolifini mutlaqo nazariga ilmasdan har turli imtiyozlardan foydalanisbda davom etdi; muxolifning ku- rashi esa kichik adabiy davralar, talabalar yotoqxonalari- yu pivoxonalar doirasidan chiqmadi. Ya’ni taraqqiyotning muhim omili bo'lmish «eski» va «yangi» kurashi rostma- na harakatga kelmadiki, bu sho'ro davridagi sharoit riso ladagidek emasligi, undagi turg'unlikning dalilidir. Ikkinchi yoqdan, ayni hoi jamiyatimiz tub o'zgarishlar davriga kir- ganida ushbu kurashning o‘ta keskin kechishiga sabab bo'ldi. Negaki, fikrni bo'g'ib turgan to'g'on buzilgan, endi oqim har neni oqizishga qodir qudrat kasb etgandi. 0 ‘z qudratiga maftun bu oqim «eski»ga oid neki bo'lsa barini tag-tomiri bilan qo'porib tashlashga jazm etdi. Jumladan, sho'ro davrida adabiyotning mafkura xizmatchisiga aylan- tirilganiga qarshi o'laroq endi uning mafkuraga aloqadorli- gi mutlaqo rad etila boshladi; adabiyotni «sof san’at» deb tushunish, unda faqat san’at hodisasinigina ko'rish; «ada biyot - ko'ngil ishi» deya uning ijtimoiy tabiatini tamom inkor qiiish tamoyillari kuchaydi. Ya’ni kurash qizig'ida sho'rocha biryoqlamalikni inkor qilib, uning o'miga bosh- qacha biryoqlamalik yoqlana boshlandi. Zero, adabiyot- da faqat vositani ko'ruvchilarga qarshi o'laroq unda «sof san’abnigina ko'rish, uni ko'ngil hodisasi sanagan holda ongga aloqador tomonlariga ko'z yumish yoki uning indi vidual ijod mahsuli ekanini ro'kach qilib ijtimoiy tabiatini inkor etish - bular bari yana biryoqlamalik, bir qutbdan ik- kinchisiga sakrashdan boshqa narsa emas. 42 Adabiyotning ijtimoiy tabiatini uning predmetidan kelib chiqqan holda asoslash quiay. Adabiyotshunoslikka oid asarlarda, darsliklarda «badiiy adabiyotning predmeti - in son» deb ko'rsatiladi. Biroq mazkurfikrni tortushunish, uni mutlaqlashtirish unchalik to‘g‘ri bo'lmaydi. Chunki adabiyot insonni alohida (izolyatsiya qilingan) holda emas, balki jamiyat, tabiat (bir so'z bilan aytganda, borliq) bilan birlik- da, uzviy aloqada o'rganadi. Zero, insonning o'zini ular dan xoli, izolyatsiya qilingan holda tasavvur etib bo'lmaydi, inson tabiatan ijtimoiy hodisadir. Modomiki adabiyotning predmeti ham, yaratuvchisi ham inson ekan, uning ijtimoiy bo'lmasligi mumkin emas. Nima uchun asar yoziladi, nima uchun ijodkor asarni yozishga kirishadi? Axir kundalik tur- mushda duch kelgan odamlar, hodisalar uning qalb qozoni- da, aql-idrokida qaynamadimi, uni yozmasa bo'lmaydigan holatga keltirib, qo'liga qalam olishga majbur qilmadimi? Shunday. Ya’ni asarni yozish ehtiyoji ijodkorning voqelik bi lan munosabati natijasi o'laroq yuzaga keldi. Demak, gene- tik jihatdan, xohlasak-xohlamasak, adabiyot ijtimoiy hodisa ekan. Biroq yaratilishi jihatidan, dunyoga nuqtayi nazar, u tufayli paydo bo'lgan hissiyotlar, fikrlar nuqtayi nazaridan u tom ma’noda shaxsiy hodisadir. Ma’lum bo'ladiki, badiiy asarda ijtimoiylik va shaxsiy- lik qorishiq holda namoyon bo'lar ekan, faqat bu o'rinda ularning nisbati har bir konkret asarda turlicha bo'lishini, turlicha aks etishini e’tiborda tutish lozim. Deylik, ijtimoiy lik darajasi epik va lirik asarlarda jiddiy farqlanadi, hatto ba’zan lirik asarda ijtimoiylikdan asar ham yo'qday ko'ri- nadi. Ayrimlar, xususan, «sof san’at» tarafdorlari ayni shu holni mutlaqlashtirmoqchi bo'ladilar: she’riyat - ko'ngilda- gi his-tuyg'uiar izhori, ular esa tom ma’noda shaxsiy, bas, qanday qilib she’riyatda ijtimoiylik haqida gapirish mum kin?! Bir qarashda bunday e’tiroz o'rinlidek ko'rinadi. Biroq, boshqa tomondan qarasak, inson ko'nglidagi tuyg'ularning o'zi kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy emasmi? Xuddi shun- 43 day. Zero, bu tuyg'ular: xursandlik, xafalik, quvonch, sevgi, nafrat, sog'inch, alam va boshqalar - bari insonning atro- fidagi odamlar bilan munosabati natijasida tug'ilgan. Hatto biz intim (ya’ni o‘ta shaxsiy) deb ataydigan hislar ham kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy. Shu ma’noda ishqiy lirikani ijti moiy mavzudagi lirikaga qarshi qo'yish mantiqqa xilof: ular tasnifda o‘zaro zidlik hosil qilmaydi, aksincha, asli, bitta qatorda turadi. Yana bir jihati, she’rda lirik subyekt (alohi da shaxs)ning oniy lahzalardagi hol-kayfiyati aks etadi va ayni hoi she’rda shaxsiylik ustuvor degan tasavvur hosil qiladi. Bunday tasavvur hosil bo'lishining sababi esa liri- kaning tasvir yo'sini - voqelikni ko'ngil prizmasidan o‘tka- zib, maksimal darajada shaxsiylantirib aks ettirishi bilan izohlanadi. Misol tariqasida A.Oripovning quyidagi she’rini ko'rib o'tamiz: Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling