Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
ifodaiash ehtiyoji bo'lib, uni badiiy ijodga turtki beruvchi
yana bir muhim omil deb tushunish kerak. Ta’kidlash joizki, 39 bilish ehtiyoji bilan o‘zni ifodalash ehtiyoji bir-biriga bog'liq holda namoyon bo'ladi. Negaki, san’atkor uchun o'zi ba diiy idrok etolgan haqiqatni o'rtoqlashish ham, qalbini jun- bishga keltirgan his-tuyg'ularni anglash ham zaruratdir. Yuqorida misol qilib keltirilgan har ikki asarda ham bir narsaning mohiyati boshqa narsa orqali anglanayotganiga shohid bo'layotirmiz. Har ikki ijodkor - Oybek ham, A.Qah- hor ham o'zlarini o'ylatgan muammolarni anglash uchun hayotga aynan taqlid qilgani, hayotdan nusxa ko'chirgani yo'q. Zero, bir narsaning mohiyatini ikkinchi narsada ko'rish uchun aqlning o'zi kamlik qiladi, buning uchun ijodkorda, avvalo, san’atkorona nigoh, san’atkorga xos «qalb ko'zi» bo'lishi lozim. Ya’ni adabiyotdagi bilish fandagidek ratsio- nal bilishgina emas, unda aql bilan barobar his, sezgi (in- tuitsiya) kabi unsurlar ishtiroki ham kattadir (shuning uchun aqlli odamlarning bari ham san’atkor bo'lavermaydi, bo'lol- maydi). Sirasi, atrofdagi narsa-hodisalarda ayricha hikmat ko'rishga qobil kuzatuvchan, zukko kishilar ham oz emas. Biroq ularning hammasini ham san’atkor demaymiz, nari borsa «shoirtabiat», «zukko» deya ta’riflaymiz. Ulardan farqli o'laroq, san’atkor narsaning mohiyatini ochuvchi bosh qa narsani ko'ribgina qolmaydi, uni o'zining tuyg'u-fikrlarini ifodalashga muvofiq tarzda qayta yaratadi (odatga ko'ra, bu «tasvirlaydi» degan mohiyatga nomuvofiq so'z bilan atala- di) va mana shu qayta yaratish jarayoni IJODdir. Ruhning alohida va betakror holati bo'lmish ijod onlarida san’atkorga o'zi izlagan mohiyat ayon bo'ladi, ya’ni bilish ehtiyoji ham, ifodalash ehtiyoji ham ijod jarayonida qondiriladi. Modomiki badiiy ijod bilishga qaratilgan jarayon ekan, demak, badiiy adabiyot ham ongga aloqador hodisadir. Faqat bunda bilishning san’atga xos yo'lidan boriladi - adabiyot badiiy obraz vositasida fikrlaydi va ifodalaydi. Shunga binoan, adabiyot ikkiyoqlama hodisa, u san’atga ham, ijtimoiy ongga ham birdek aloqadordir. 40 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling