Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Badiiy bashorat. Badiiy adabiyotning bashoratchilik
funksiyasi xalq og'zaki ijodidagi ertaklardayoq namoyon bo'ladi. Xususan, ertaklardagi «uchar gilam»lar, «oynayi jahonnamo»lar aviatsiya va televideniye paydo bo'lishi- dan ancha ilgari bashorat qilingan edi. Insonning bugungi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ertangi istiqbolidan bashorat qilish yozma adabiyotda, xususan, fantastik va ilmiy-fantastik asarlarda ham kuzatiladi. Masalan, J.Vern- ning «Yerdan Oyga» (1865), «Oy atrofida» (1869) asar- larida insonning Oyga sayohati, «20000 lye suv ostida» (1870) romanida uning dengiz qa’riga sayohat qilishi tas virlangan. Holbuki, mazkur asarlar yozilgan paytda insoni- yat haii bularga qodir emasdi. Albatta, aytiiganlar - ko'zga yaqqol tashlanadigan, shu bois ham badiiy bashorat haqida gap borsayoq yod- ga keladigan misollar. Biroq badiiy bashorat funksiyasini tor tushunish, uni birgina fantaziya - inson taxayyul im- koniyatlarining cheksizligi bilangina bog'lab qo'yish to'g'ri bo'lmaydi. Zero, badiiy adabiyot kishilik jamiyatining «er- ta»si haqidagi fikr-xulosasini «kecha» yoki «bugun»ning badiiy tahlili asosida aytadi. Jamiyatdagi joriy holat, un- dagi rivojlanish tamoyillarining badiiy tadqiqi bunga ye- tarli asos beradi. Masalan, nemis adibi L.Feyxtvangerni olaylik. Adib 1933-yilda, Germaniyada fashistlar diktatu- rasi o'matilgach, xorijga chiqib ketgan. Ya’ni Feyxtvanger fashistlarni hokimiyat tepasiga keltirgan shart-sharoitlarni, siyosiy jarayonni hamda buning natijasida yuzaga kel gan ijtimoiy-siyosiy holatni juda yaxshi bilgan. Yozuvchi o'zining «Soxta Neron» (1936) romanida ayni shu jara- yonlarni metaforik tarzda badiiy tadqiq etadi va mustabid 57 tuzumning muqarrar halokatini bashorat qiladi, buni badiiy asoslab beradi. Shunga o‘xshash, A.Qodiriy « 0 ‘tkan kun- lar»da yurtimizning yaqin o‘tmishini badiiy tahlil qilib, «qip- choq - qorachopon» mojarolari Chor istibdodiga yo‘l och- ganidek, yurtning «qizil»lar va «oq»larga bo‘linishi «qizil istibdod»ga yo‘l ochishini bashorat qilgan, yurtdoshlarini bundan ogoh etishga intilgan edi. Sanalganlardan tashqari manbalarda badiiy adabiyot ning estetik (go‘zallik tuyg'usini rivojiantirish, badiiy did- ni tarbiyalash), suggestiv (alohida shaxs yoki ommaga muayyan fikr-qarashlarni singdirish va ularga ishontirish), gedonistik (o‘quvchiga zavq va huzur bag‘ishlash) kabi yana bir qator funksiyalari ham tilga olinadi. Albatta, ular- dan ayrimlari biz tavsiflagan funksiyalarga yaqin (mas., kompensatorlik va suggestiv) yoki ularning bir qirrasi bilan tutashadi (mas., didaktik va estetik). Yuqorida aytganimiz manbalarda funksiyalar adadi va tarkibi masalasidagi turli- chalik shu bilan izohlanadi: mutaxassislardan biri alohida tasnif etgan funksiyani ikkinchisi boshqa funksiya tarkibi- da, uning bir uzvi, qirrasi o‘laroq qabul qiladi. Sirasi, bu un- chalik muhim ham emas. Muhimi adabiyotning shunchaki ko‘ngilxushlik bo‘lmay, jamiyatning ma’naviy tozarishl va taraqqiy etishida katta ahamiyatga ega hodisa ekanini barchaning birdek anglashidadir. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling