Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Bilish (evristik) funksiyasi
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Bilish (evristik) funksiyasi. Badiiy adabiyot borliqni
obrazlar vositasida badiiy idrok qilish orqali bizning olam, odam, jamiyat haqidagi bilim va tasavvurlarimizni boyitadi. «Adabiyot - hayot darsligi» degan gap faqat chiroyli ta’rifgi- na erfias, uning zamirida katta haqiqat yotadi. Iste’dod bilan yozilgan asar ortida tegramizda yurgan insonlarning fe’l-at- vori, ularning ma’naviy-ruhiy evrilishlari sababi-yu voqela- nish yo‘sini, shaxslararo munosabatlaridagi chigalliklarning asl manshai, jamiyatdagi illatlar ildizlari-yu ularni bartaraf etish yo'llari... kabi tanish muammolarni teran mushoha- da etayotgan ijodkor turadi, uning olam-u odam haqidagi o ‘y - m u lo h a z a la ri beixtiyor o‘quvchiga ko'chadi. Shu bois badiiy asarlar mutolaasi davomida o‘quvchi inson qalbining chuqur puchmoqlariga kirib boradi, uning turfa fe’l-atvori bi lan tanishadi, kishilar orasidagi murakkab munosabatlarni kuzatadi, ularning tub sabablarini his qiladi. Badiiy adabiyot orqali o‘quvchi o'zga insonlar tajribasi bilan o'rtoqlashadi, shuning natijasi o‘laroq hayotga, insonlarga o‘zgacharoq yondasha boshlaydi, chuqurroq tafakkur qiladi, fikrlash doirasi kengayadi. Bu esa, agar inson umrining qisqaligi, uning umri davomida bevosita ko‘rish va his qilish imkoniyati cheklangani e’tiborga olinsa, juda katta ahamiyatga molikdir. 53 Zero, badiiy asarni o'qish davomida o'quvchi asar voqeligida yashaydi, asar qahramonlarining o'ylarini ongidan, hislarini qalbidan kechiradi. Ehtimolki, u o'zining butun hayoti davo mida o'sha tasawurdagi olamda ko‘rganidek taqdiriarga duch kelmas, unda tasvirlangandek holatlarga tushmas..., lekin boshqa olamda, boshqa odamlar orasida yashagani, ular ko'rganni ko'rgani, bilganni bilgani, his qilganni his qil- gani qolaveradi. Ya’ni badiiy adabiyot bamisoli hayot ichidagi yana bir hayot, inson qisqa umri davomida ko'proq ko'rishi, his qilishi, anglashi uchun berilgan qo‘shimcha imkoniyat, aytish mumkinki, qo'shimcha «umr»dir. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling