Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
ong (dunyoqarash), estetika va axloq jihatlarini birlashti-
radi, ular esa mos ravishda haqiqat, go'zallik va ezgulik tushunchalarini uyg'unlikda namoyon etadi. Ta’kidlash ke- rakki, bu o'rinda uyg'unlik - belgilovchi shart, u buzilgan taqdirda ideal parokandaga uchraydi, yo'qlikka yuz tutadi. Kishilik jamiyati turli qarashlarga ega bo'lgan kishilar- dan tarkib topganidek, turli mafkuraga ega guruhlardan ham tashkil topadi. Bu mafkuralarning har biri konkret ijti- moiy-siyosiy maqsadlarni ko'zda tutadi. Mavjud mafkuralar ichida kishilik jamiyati taraqqiyotiga xizmat qiladiganlari bi lan bir qatorda buning ziddiga ishlaydiganlari ham bo'ladi. Shunday ekan, san’at va adabiyot bu mafkuralarning faqat umuminsoniy qadriyatlarga muvofiqlarinigina o'ziga sing- diradi. Deylik, XX asr vabosi sanalmish fashizm mafkurasi insoniyat dushmani ekanligi hammaga ayon. Shu bois ham haqiqiy san’at asarlarida bu mafkura o'zining to'liq aksini topmaydi, topganlari esa tor doiralar (ya’ni shu mafkura kishilari) uchungina bo'lib qoladi. Fashistlar Germaniyasi- dan chinakam iste’dodlarning chiqib ketib, boshqa yurt- larda umr kechirgani ham buning yorqin dalilidir. Yovuzlik bilan oshno tutingan mafkura insoniyatga, baski, san’at ga yot hodisadir. Xalqimizning tinchini buzayotgan, yur- timizning taraqqiy sari, chin ma’nodagi hurlik va farovonlik sari odimlayotgan yo'lida to'g'anoq bo'lishga intilayotgan diniy ekstremistlarda ham mafkura bor, biroq bu mafku ra umuminsoniy qadriyatlarga ziddir. Zero, o'zgalarning umriga zomin bo'lish, erkini bo'g'ish evaziga bo'lsa-da maqsadga yetishni oqlagan mafkura ezgulikdan, insoniy- 63 likdan butkul yiroq tushadi. San’atning injaligini ko'ringki, umuminsoniy qadriyatlarga zid mafkuraning badiiyat bo- bida biror arzigulik mahsul berishi ham mahol - bunday mafkura asl badiiy qadriyatlar yaratishga ojizdir. Adabiyot va mafkura munosabati qanday bo'lishini qu- yidagicha izohlash mumkin: ijodkor muayyan mafkura- ga moyil bo'lgani holda uning estetik ideali umuminso niy qadriyatlar asosiga qurilgan, demakki, bu idealda ko'hna zamonlardan beri ajdodlarimiz intilib yashayotgan ezgu maqsadlar o'zining quyuqlashgan ifodasini topgan. Muayyan mafkura ko'zlagan maqsad ancha yaqin, ya’ni unga ma’lum vaqt ichida yetishish ko'zda tutiladi. Agar asar konkret mafkuranigina targ'ib etishga xizmat qilgudek bo'lsa, uning umri o'sha maqsadga yetilgunga qadar bo'ladi, xolos. Holbuki, chinakam badiiy asar mangulikka bo'ylashmog'i lozim, u vaqt e’tibori bilan chegaralangan maqsadlar doirasida qolib ketolmaydi. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, ijodkorning mafkuraga munosabati erkin bo'lmog'i kerak, ya’ni u muayyan mafku ra doirasida shaxsligini namoyon eta bilmog'l zarurdir. Ik kinchi tomoni, estetik idealda konkret mafkuraga nisbatan umuminsoniy qadriyatlar salmoqliroq bo'lishi lozim, shun- dagina badiiy asar o'tkinchi hodisa bo'lib qolmaydi - davrga tobe bo'lmagan, unga nisbatan daxlsiz hodisaga aylanadi. Zero, asar mazmunining u yaratilgan konkret ijtimoiy-siyo- siy holatga qaratilgan aktual qatlami vaqt o'tishi bilan bari- bir tushib qoladi, asarni yuzada tutib qoladigan tub estetik qatlam esa umuminsoniy qadriyatlar bilan hamohangdir. Mafkura jamiyatning muayyan yo'nalishda izchil rivojla- nishida, uning kuchlarini birlashtirib, aniq bir maqsad sari yo'naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham mustaqillikka erishgan O'zbekiston sharoitida milliy mafku- rani ishlab chiqish va ommalashtirish masalasiga davlat si- yosati maqomidagi tadbir, kun tartibidagi eng dolzarb vazi- fa deb qaraldi. Zero, milliy mafkura O'zbekistonning buyuk 64 kelajagini yaratish, dunyo sahnasida buyuk ajdodlarimiz va buyuk kelajagimizga munosib o'rinni egallashimizda hal qiluvchi omillardan biridir. Shunday ekan, milliy mafkurani ishlab chiqish va ommalashtirish ishida faol qatnashishga badiiy adabiyot ham burchlidir. Ta’kidlash joizki, sho'ro zamonida kommunistik mafku raga xizmat qilgan ijodkorlar va ular yaratgan asarlarning taqdiridan har kim o'zicha saboq chiqardi, ayrim kishilar- da adabiyot va mafkura munosabati masalasida biryoq- lama xulosalar paydo bo'lib ulgurdi. Hozirda «Adabiyot mafkuradan xoli bo'lishi kerak», «Adabiyot mafkuraga xiz mat qilmasligi kerak» qabilidagi sirtdan jozibali va shak- siz to'g'ridek ko'rinadigan, haqiqatda esa xato to'xtamga kelgan, shunday fikrlarni olg'a suruvchilar yo'q emas. Biz- ningcha, bu xil fikrlarning paydo bo'lishiga sabab mafku ra bilan adabiyotning «sovetcha» andozadagidan bosh- qacha, to'g'ri asosdagi munosabati ham mavjud bo'lishi mumkinligini tasavvur qilolmaslikdan boshqa narsa emas. Holbuki, adabiyot bilan mafkura orasida tabiiy, hech bir zo'rlashsiz - ijodkorning o'z g'oyaviy-estetik qarashlari, vij- don amri bilan bog'liq munosabat ham bo'lishi mumkin va shunday bo'lishi kerak. Yuqorida aytganimizdek, mafkura jamiyatni muayyan maqsadga safarbar etadi. Xo'sh, jamiyatimizning bugungi mafkurasi - milliy mafkuramiz qanday maqsadni ko'zlay- di? Yaxshi ma’lumki, bu mafkura jamiyatimizni Buyuk O'zbekistonni yaratish maqsadiga boshlaydi. O'sha qu- rilajak buyuk kelajakda insonning erkin, hur va farovon yashashi, o'zidagi aqliy, ruhiy va jismoniy imkoniyatlarni to'la ro'yobga chiqarishi, komillik sari intilishiga sharoit yaratiladi. Zero, siyosiyroq tilda O'zbekistonni iqtisodiy ji- hatdan yuksak rivojlangan huquqiy-demokratik davlatga aylantiramiz degani, sodda tilga aylantirilsa, shunday ja- rang topadi. Xo'sh, ayni maqsad qaysi jihatlari bilan kishini qoniqtirmasligi mumkin? Yoki qaysi jihatlari bilan u badiiy 65 adabiyot va san’atning chin mohiyati bo'lmish umumin soniy qadriyatlarga, ezgulik, insonparvarlik tamoyillariga zid ekan? Bizningcha, jamiyatimiz ko'zlayotgan maqsad hech bir san’atkorni vijdoniga, idealiga zid borishga majbur qilmaydi. Aksincha, bular o'zini chinakam san’atkor va shu yurt farzandi deb bilgan har bir ijodkorning ideali bo'lishga arzigulik emasmi?! Shunday, bugungi kunda jamiyatimiz, uning ilg'or vakillari ko'zlagan maqsad umuminsoniy qadri yatlarga, ezgulik va insonparvarlik tamoyillariga har jihat- dan mosdir. Shu bois ham biz milliy mafkurani shakllanti- rish va ommalashtirish ishida badiiy adabiyot faol bo'lishi kerak, bunga u burchli deya baralla aytamiz. Masalaning ikkinchi muhim tomoni - shu burchni qay yo'sin o'tashi. Adabiyotni mafkuradan xoli ko'rishni istovchilar, bizningcha, ayni shu masalada to'g'ri tasav- vurga ega emas. Nazarimizda, ular «xizmat qilish» bi lan «yugurdaklik qilish», «shotirlik qilish» tushunchalari- ni farqlay bilmaydilar. Endi o'rtaga bir savol tashlaylik: sho'ro davrida o'zini kommunistik mafkura xizmatchisi deb bilgan ijodkorlar haqiqatan ham mafkuraga xizmat qilganmi yoki o'sha mafkura soyasida davr-u davron sur- gan nomenklaturaga yugurdaklik qilganmi? Bu savolga javob berish uchun ijodkor bilan mafkura munosabati qanday bo'lmog'i lozim degan masalani oydinlashtirib olaylik. Avvaio, chinakam san’atkor jamiyatning ilg'or qis- mida bo'lishi zarur va tabiiy ham, chunki и ideal qo‘ynida Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling