Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
yektiv ptidolar uyg‘un mujassam topadi. Shu vajdan ham
bir xil mavzuni qalamga olgan ikki yozuvchi, bitta narsani ng suratini chizgan ikki rassom tomonidan yaratilgan obra zlar bir xil bo'lmaydi, bo'lolmaydi. Badiiy obrazning xususiyatlari haqida so'z ketganda, birinchi galda, uning individuailashtiriigan umumlashma si fatida namoyon bo'lishi xususida to'xtalish zarur. Ma’lum- ki, voqelikdagi har bir narsa-hodisada turga xos umumiy xususiyatlar bilan birga uning o'zigagina xos xususiyatlar mujassamdir. Yuqorida obrazli va abstrakt tafakkur haqi da fikr yuritganimizda bunga qisqacha to'xtalib o'tdik. Gap shundaki, abstrakt tafakkur narsa-hodisaning umumiy xu- susiyatlariga, obrazli tafakkur esa individual xususiyatlari- ga tayangan holda fikrlaydi. Deylik, fan umuman odam haqida (masalan, biolog umuman odamning fiziologik xu susiyatlari haqida) so'z yuritishi mumkin, biroq san’at hech vaqt umuman odam obrazini yaratmaydi, yarata olmaydi. Mazkur ikkita - «umuman odam» va «konkret odam» tu- 91 shunchalari orasidagi farqni tasavvur etmoq uchun, masa lan, kiyim do‘konidagi maneken bilan konkret odamning haykalini qiyoslab ko'rish mumkin. San’at hamisha kon kret bir odamning obrazini yaratadi, shunga ko'ra konkret- lilik badiiy obrazning muhim spetsifik xususiyatlaridan biri sanaladi. Shu joyda yana A.Oripovning «Ayol» she’riga qaytsak. Hech shubhasiz, she’rdagi ayol obrazi o'zida katta badiiy umumlashmani tashiydi, shu bilan birga, u o'quvchi ko'z o'ngida konkret bir inson sifatida gavdalanadi. Negaki, she’rdagi «o'n to'qqiz yoshida beva» qolgan, «qurigan ko'ksida yolg'iz belanchak», «qaqragan lablarda olovli na- fas», «muzdayin bolishdagi parishon sochlar», «botayot- gan kunga mung'ayib termulgancha o'tayotgan umr» kabi detallar ayni shunga - ayolni konkret tasvirlashga xizmat qiladi. Ya’ni konkretlilik predmetning individual xususiyatla- rini tasvirlash orqali ta’min etiladi. Qizig'i, san’atkor umumlashmaga ham obrazning muayyan individual xususiyatlarini bo'rtiq, ya’ni ta’kid- labroq, ko'zga tashlanadigan qilib tasvirlash orqali erishadi. Masalan, A.Qahhorning «O'g'ri» hikoyasida Qobil boboning amin huzuriga kelganini eslang. Yozuv chi amin haqida «og'zini ochmasdan qattiq kekirdi, ke- yin bag'baqasini osiltirib kuldi», «chinchalog'ini ikkinchi bo'g'inigacha burniga tiqib kuidi» qabilidagi individual belgilarni bo'rtiq tasvirlaydi. Ayni shu individual belgilar- ning bo'rttirilishi hisobiga adib katta badiiy umumlash maga erishadi: zamona amaldorlariga xos bo'lgan qo'l ostidagi fuqaro taqdiriga befarqlikni ko'rsatadi. Ya’ni amin obrazi ko'z oldimizda individual xususiyatlariga ega bo'lgan konkret inson sifatida gavdalanadi va ayni shu individuallashtirish hisobiga obraz umumlashmalilik kasb etadi. Ko'rinadiki, shu tariqa badiiy obrazda bir paytning o'zida bir-biriga zid ikki jihat (individuallik va umumiylik) uyg'un tajassumini topadi. 92 Badiiy obraz o'zida aql va hisni uyg'un birlashtiradiki, shu bois u ratsional va emotsional birlik sifatida tushuni- ladi. Badiiy obrazdagi ratsional jihat shuki, u - dunyoni bilish vositasi, uning yordamida ijodkor o'zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi. Masalan, Cho'lponni Turkistonning tarixiy taraqqiyoti masalalari, yurtining ertasi haqidagi o'ylar tashvishlantirgan, o'ylatgan. O'zini qiyna gan muammolarni Cho'lpon «Kecha» romanidagi qator obrazlar vositasida badiiy tadqiq etadi, asardagi obrazlar tizimi vositasida o'zining bu muammo yuzasidan fikri (tu gal bir qarash, tizim holidagi xulosalari)ni shakllantiradi va ayni shu obrazlar orqali o‘zi anglagan haqiqatni badiiy kon sepsiya tarzida ifoda etadi. Ayni paytda, asarda yaratilgan obrazlarda adibning hissiy munosabati ham o'z aksini top- gan. Ijodkorning hissiy munosabati badiiy konsepsiyaning shakllantirilishida ham, uning o'quvchiga yetkazilishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, obrazlar tizimidagi har bir konkret obrazning hissiy tonalligi turlicha bo'lib, bu narsa birinchi galda muallifning ijodiy niyati bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, «Kecha» romanining boshlanishidanoq Cho'lpon Zebiga bir turli, Razzoq so'figa yana bir turli, Akbaraliga esa boshqa bir turli munosabatda bo'ladi. Vo- qealar rivojlanib borgani sari muallifning ularga hissiy mu- nosabatida ham muayyan o'zgarishlar kuzatiladi. Aytaylik, adibning asar boshlanishidagi Zebiga nisbatan shaydolik to'la mehri susayib (adib xarakter mohiyatini xolis idrok etib boradi), Razzoq so'figa yoki Akbaraliga nisbatan mazax- li nafrati qisman achinishga aylanib boradi (adib ularning taqdiridagi fojelikni kashf etadi). Ya’ni adibning o'zi xarak ter mohiyatiga kirgani sari qahramonlariga nisbatan hissiy munosabatida o'zgarish yuzaga keladi. Hissiy munosa- batdagi o'zgarish o'qish jarayonida kitobxonga ham o'tadi va ayni shu narsa uning asar mazmunini adib istaganidek tushunishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Ko'rinadiki, badiiy obrazdagi ratsional va emotsional jihatlarning uyg'unligi 93 asar badiiy konsepsiyasining shakllantirilishida ham, ifo- dalanishida ham birdek muhim ahamiyatga ega ekan. Badiiy obrazga xos muhim xususiyatlardan yana biri me- taforiklik sanaladl. Faqat bu o'rinda «metaforiklik»ni birmun- cha keng ma’noda tushunish, uni «o'xshashlik» tushun- chasining o‘zi bilangina bog'lab qo'ymaslik lozim bo‘ladi. Ya’ni «metaforiklik» deganda badiiy obrazning bir narsa mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochishga intilishi, san’at- ga xos fikrlash yo'sini tushuniladi. Chinakam san’atkor nigo- hi mohiyatga qaratilgan bo‘lib, u voqelikdagi narsa-hodi- salarning barchamizga ko'rinib turgan tashqi o‘xshashligi emas, bizning nigohimizdan yashirin ichki o'xshashligiga tayangan holda fikrlaydi. San’atkor biz uchun kutilmagan ichki o'xshashlikni inkishof etadiki, natijada o'sha biz bilgan narsa-hodisa ko‘z oldimizda butkul yangicha bir tarzda su- ratlanadi, o‘zining bizga noayon qirralarini namoyon etadi. Masalan, musawir ijodi haqida, rangtasvir san’atining o‘zi- ga xosligi haqida hammamiz ham ma’lum bir tasawurga egamiz. Shoir Xurshid Davron esa bu haqda yozadi: M usawir bo ‘Imoq ersang, Tilingni sug'urib ol Va yaradan to‘kilgan Qon rangiga quloq sol. Albatta, rangtasvirda rangiarning «gapirishi» hamma- mizga ma’lum, biroq ayni shu fikrning «gapirayotgan qon rangi» obrazi orqali berilishi - kashfiyot, metaforik fikrlash natijasi va xuddi shu narsa bizni hayratga soladi, shuurimiz- da muqim o'rinlashadi. Mohiyatga nazar tashlagan san’at kor biqiq muhit qobig'ida yashayotgan odam bilan sassiq hovuzdagi tilla baliqcha yoxud o'zida cheksiz kuch-qudrat sezgani holda maqsaddan mosuvo yashayotgan odam bilan bemaqsad uchib yurgan burgut orasida (A.Oripov), turg'unlikning biqiq muhitida yashayotgan ziyoli bilan bir 94 izdan beto'xtov yurayotgan tramvay (A.A’zam) yoxud qa- tag'on sharoitida ijod qilayotgan shoir bilan vahshiy qoya- lar orasida quyoshga oppoq gul uzatgancha nafis chayqa- layotgan na’matak (Oybek) orasida o‘xshashliklar topadi, birining mohiyatini ikkinchisi orqali ochib beradi. Badiiy obrazning metaforiklik bilan chambarchas bog'liq yana bir muhim xususiyati assotsiativlik hisoblanadi. Asli- da, assotsiativlik - umuman inson tafakkuriga xos xususi- yat. Zero, tashqi olam ta’sirida ongimizda biror narsaning aksi paydo bo'lishi hamono u bilan bog'liq assotsiatsiyalar ham uyg'onadi. Masalan, «qish» deyilishi bilan xayolimiz- da assotsiativ tarzda «qor», «sovuq», «po'stin», «chana» kabi u bilan bog'liq tushunchalar uyg'onadi. Umuman ta- fakkurga xos bu xususiyat obrazli tafakkurda yuksak da- rajada namoyon bo'ladi deyishimizning sababi shundaki, reallikda ko'rilgan bir narsa san’atkor xayolida butunlay boshqa bir narsani, u bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bo‘lma- gan narsani uyg'otishi mumkin. Jumladan, yuqorida ko‘rib o'tilgan misollarda metaforiklik assotsiatsiyalar asosida yuzaga chiqqan. Masalan, sassiq hovuzdagi baliq assot siativ tarzda biqiq muhitdagi inson bilan mazmuniy bog‘la- nadi. Tasawur qilingki, shoirning nigohi suvi aynigan- roq hovuzchadagi mitti baliqchaga tushdi, shu manzara uyg'otishi mumkin bo'lgan assotsiatsiyalarni taxminlab ko'ramiz: «hovuz - chor tarafi devor bilan chegaralan- gan - toza suvdan uzilgan - tilla bo‘lsa-da, sassiq suvda yashaydi - u shundan boshqani ko'rmagan - sho‘r!:k shu yerda yashashga majbur - xuddi Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling