Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
OBRAZLILIK VA BADIIY OBRAZ
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
OBRAZLILIK VA BADIIY OBRAZ
Badiiy obraz vositasida tafakkur qilish (obrazlilik) san’at- ning spetsifik xususiyati sifatida. Badiiy obraz tushun chasi. Badiiy obraz xususiyatlari. Inson obrazi va uni yaratish vositalari. Badiiy obraz turlari. Badiiy obraz vositasida fikrlashi (va ifodalashi) san’at- ning spetsifik, ya’ni tur sifatida belgilovchi xususiyati bo‘lib, u obrazlilik deb yuritiladi. San’atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o'zi anglagan mohiyatni va o'zining ang- lanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma’noda obraz adabiyot va san’atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabi yot va san’atga xos fikrlash tarzi «obrazli tafakkur» deb yuritiladi. Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafak kur tarzining farqi nimada? Oradagi farqni yorqinroq tasav vur etish uchun fandagi va badiiy adabiyotdagi tafakkur tarzini qiyoslab ko'rish mumkin. Misol uchun, bir xil masala yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko'raylik. A.Oripovning mashhur «Ayol» she’rida Ikkinchi jahon uru- shi tufayli eridan yosh beva qoigan, endi umrini farzandiga bag'ishlagani holda sadoqat bilan yashab o'tayotgan ayol haqida so'z boradi. Shoir ko'z oldimizda konkret ayolni gavdalantiradi, uning foje taqdiri, yolg'izlikda kechayotgan mashaqqat-u alam-iztirobga to'liq turmushini bir nechtagi- na yorqin badiiy detal yordamida tasvirlash orqali umuman urush haqida, uning oqibatlari -xalqim iz boshiga keltirgan kulfatlar haqida, og'ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar haqida mushohada yuritadi. 88 Endi xuddi shu she’rdagi masala xususida, masalan, tarixchi yo demograf olim qanday fikr yuritishini kuzata- miz: «Ikkinchi jahon urushining dastlabki kunlaridanoq ... - ... - yillarda tug'ilgan yigitlar frontga to'la safarbar etildi. Sho'ro hukumati urush harakatlarida insonni tejash yo'lini tutmagani tufayli janggohlarda ... nafar yigitlarimiz halok bo'ldi. Buning natijasida urush davri va undan keyingi yil larda jamiyatdagi erkak-ayol nisbatida nomutanosiblik yu zaga keldi: demografik vaziyat tanglashdi. Ko'plab ayollar yolg'iz umrguzaronlik qilishga mahkum bo'ldi. Jamiyatda «yolg'iz ayol» toifasi yuzaga keldi». Ko'rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farq li yo'ldan boradi: uni urush davridagi konkret odam taqdiri emas, urush oqibatlari bilan bog'liq umumlashma faktlar qi- ziqtiradi. Shu bois ham urush dahshatlarini boshdan o'tkaz- gan konkret insonlardan o'zini fikran chetlashtirib - abstrakt tafakkur qiladi, umumlashma tushunchalar asosida fikrlaydi. Ya’ni ofim urushga safarbar etilib qaytmagan falonchi haqida emas, umuman safarbar etilib qaytmaganlar haqida; o'sha falonchining bevasi haqida emas umuman urush tufayli yolg'izlikda umr kechirgan ayollar haqida fikr yuritadi. Ko'ryapmizki, mohiyat e’tibori bilan shoir va olimni o'y- lantirayotgan muammo bitta. Biroq shoir bitta konkret ayol taqdirini badiiy tasvirlash (obrazini yaratish) orqali umum- lashmaga boradi, baski, obraz uning uchun fikrlash shakli, usuli bo'lib qoladi. Ya’ni olim ko'plab faktlarni (konkret ho- disaiar, insonlar va b.) o'rganib, ularning umumiy xususi yatlari asosida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarsa, san’atkor konkret faktni individual tasvirlash orqali umum- lashmaga intiladi. Estetika, san’atshunoslik va adabiyotshunoslik fan- laridagi o'zak tushunchalardan birini anglatuvchi ter- minga rus tilidagi ko'p ma’noli «obraz» so'zining «biror nimaning ongdagi aksi» (keyingi o'rinlarda «biror ni- maning tasviri») ma’nosi asos bo'lib xizmat qilgan. Ter- 89 min sifatida «obraz» falsafa va psixologiyada ham faol qo'llanib, bunda voqelikning, undagi narsa-hodisaning inson ongidagi aksi tushuniladi. Shuni hamisha yodda tutish kerakki, so'zning lug'aviy ma’nosi bilan istiiohiy ma’nosi bir xil bo‘lmaganidek, bitta terminning turli fan iar doirasida ifodalayotgan ma’nolarida ham muayyan farqlar kuzatiladi. Ya’ni lug‘aviy va istilohiy ma’no orasi da mushtarak nuqtalar bo‘lsa-da, muayyan fan doirasida istiloh ostida aniq bitta ma’noni tushunish talab qilinadi. Shuni nazarda tutgan holda eng avval juda muhim bitta aniqlik kiritib oiishimiz zarur. U ham bo‘lsa shuki, garchi ilmiy muomalada ko'pincha «obraz» tarzida qo'llashga odatlangan esak-da, bunda hamisha «badiiy obraz»ni nazarda tutamiz. Zero, yuqorida estetika, san’atshunos- lik va adabiyotshunoslik fanlaridagi o‘zak tushuncha de- ganimiz - «badiiy obraz», faqat qulayligi vajhidan uni qisqa qilib «obraz» deb 0 ‘rganganmiz. Xullas, istiloh ma’nosini aniqlashtirish uchun eng avval «badiiy obraz» tushunchasiga ta’rif berishimiz lozim. Badiiy obraz borliqning (undagi narsa, hodisa va b.) san’atkor ko‘zi bilan ko'rilgan va ideal asosida ijodiy qay ta ishlanib, hissiy idrok etish mumkin bo'lgan shaklda ifodalangan aksidir. Albatta, bu aksda borliqning ko'plab tanish izlarini topamiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning aynan o'zi emas, balki tamoman yangi mavjudlik - badiiy borliqdir. Tushunishimiz osonroq bo'lishi uchun rangtas vir san’atiga, musavvir ijodiga murojaat qilaylik. Musav vir yaratgan peyzaj - tabiat manzarasi tasviri bilan «na- tura» - asarga asos bo'lgan real manzara orasida juda katta tashqi o'xshashlikni topishimiz, hatto «xuddi o'zi-ya» deya hayratlanishimiz mumkin. Ehtimol, kimlar uchundir tomoshabinning bu nav hayrati musavvir ijodiga berilgan yuksak baho bo'lib ko'rinar ham. Biroq haqiqatda bu san’at ni tushunmasligimizdan dalolatdir. Zero, biz real manzara bilan tasvir orasidagi o'xshashlikni ko'roldik, xolos. Tas- 90 virda musavvir ayricha bo'rttirgan ranglarni, ularning qalb kechinmalariga «hamohang» jilosini, bizning nazarimizda ahamiyatsiz ko'ringani uchun e’tibor bermaganimiz, biroq muallif nazarida muhim bo'lgani uchun bo'rttiribroq beril- gan chizgini, naturada bo‘lsa-da asarda aksini topmagan yoki bo‘lmasa-da asarda aks ettirilgan jajji detalni... ilg‘ay olmadik, demak, san’at hodisasiga oshno bo'lolmadik, undan bebahra qoldik. Boshqacha aytsak, biz obrazdagi obyektiv ibtidoni ko'rganimiz holda undagi subyektiv ibti- doni - asarga singdirib yuborilgan muallifni, muallif qalbini ko‘ra olmadik. Modomiki badiiy obrazda faqat obyektiv ibti- donigina ko'rar ekanmiz, demak, asarni ko‘rmagan - badi- iyat hodisasidan chetda qolgan bo'lib chiqamiz. Zero, ba- diiyat ijod va retsepsiya (o'qish, tomosha qilish, tinglash) jarayonlaridagina mavjuddir. Ayon bo'ladiki, haqiqatda badiiy obrazning materiali real voqelikgina emas, ijodkor shaxsiyati hamdir. Ya’ni badiiy obrazda obyektiv va sub Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling