Tayanch tushunchalar:
estetik faoliyat, san’at, yaratuvchilik faoliyati, amaliy san’atlar,
badiiy (nafis) san’atlar, moddiy ehtiyoj, ma’naviy-ruhiy ehtiyoj,
foydalilik, amaliy faoliyat, ijodiy-ruhiy faoliyat, badiiy ijod, san’at
turlari, obrazlilik, obraz materiali, so‘z san’ati, universal bilish va
ifoda vositasi, ifoda san’atlari, tasviriy san’atlar, san’at asarini qa
bul qilish (retsepsiya), retsipiyent, individual ijod, kollektiv ijod,
«literaturosentrizm», tasvir va ifoda imkoniyatlari, san’atlararo
aloqa va o ‘zaro ta’sir, badiiy sintez.
86
Savol va topshiriqlar:
1. Estetik faoliyat tushunchasiga izoh bering. Estetik faoliyat va
badiiy ijod tushunchaiarining o ‘zaro munosabati qanday?
2. Amaliy va badiiy san’atlarning mushtarak va farqli tomonlarini
tushuntiring. Xususan, amaliy faoliyat o‘zi yo'naltirilgan pred
metni o‘zgartirishi aytiidi. Shu jihatdan qarab haykaltarosh-
likning oadiiy san’at turi ekanini asosiab bering.
3. Badiiy san’at turlarini umumlashtiruvchi va farqlovchi jihatiar
qaysilar?
4. Badiiy adabiyotning o‘ziga xosiigini boshqa san’at turlari, ma
salan, musiqa va rangtasvir bilan qiyoslab tushuntirib bering.
5. Badiiy adabiyotni kino san’ati bilan qiyoslang, o ‘xshash va
farqli tomonlarini ko'rsating. Kino asari tomosha qilinadi,
adabiy asar o'qiladi. Badiiy asarni ikki xil yo‘sinda qabul qilish-
ning farqli tomonlari nimada? Insonning ma’naviy-ruhiy yuk-
salishiga bulardan qaysisi kuchliroq ta’sir ko'rsatishi mumkin?
Nima uchun?
f
87
Do'stlaringiz bilan baham: |