Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
biz kabi
- biz ham dun- yodan uzilgan - shundan boshqani ko'rmaganmiz - che- garalarimiz mustahkam - shu muhitni zo‘r deb yashashga mahkummiz». Diqqat qilinishi kerak nuqta shuki, «hovuz - tilla baliqcha» assotsiatsiyalar zanjiridagi bitta halqaning mazmun-mohiyati (sho'rlik shu yerda yashashga majbur) bir turtki (xuddi biz kabi) o'laroq shoir ongida «biz - muhit» silsilasini harakatga keltiradi. Umid qilamizki, mazkur misol 95 san’atkor narsa-hodisalar mohiyatidagi o'xshashlikni qay yo'sin ilg'ab olishi, umuman, badiiy obraz yaratishida as- sotsiativlikning qanchalar muhimligi haqida muayyan da- rajada tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Yuksak darajadagi assotsiativ tafakkur natijasi o'laroq yaralgan badiiy obraz yakma’no bo'lolmaydi, ko'pma’no- lilik uning tabiatiga xos yana bir xususiyatdir. Zero, badiiy obrazning ko'pma’noliligi, o'z navbatida, uning tabiatiga xos assotsiativlik va tugallanmaganlik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Birinchi holni, ayniqsa, assotsiativlik daraja si yuqori bo'lgan ramziy obrazlar misolida yaqqol ko'rish mumkin. Masalan, Oybekning mashhur «Na’matak» she’ri. She’rda tasvirlangan tabiat manzarasini obraz deb olsak, tabiiyki, uning birinchi ma’nosi tabiat manzarasining o'zi da. Ya’ni go'zal manzara, uning ko'z oldida gavdalanishi- dan olinayotgan zavq va shu asosda tug'ilgan hol-kayfiyat bir she’r uchun, uni tugal lirik asar sanash uchun kifoya qiladi. Holbuki, shoir o'z vaqtida shu manzarada assotsi ativ ravishda istibdod tuzumi sharoitidagi ijodkor taqdirini ham ko'rgan va shu ma’noni obrazda ifodalagan. Shuni- si ham borki, mazkur obrazning ma’no ko'lami shuiarning o'zi bilangina cheklanmaydi: o'quvchi o'z hayotiy tajribasi, she’rni o'qish paytidagi ruhiy holati bilan bog'liq ravishda shu obraz-manzara asosida ulardan tamom boshqa - o'z mazmunini ham shakllantirishi mumkin bo'ladi. Ikkinchi ko'rinishdagi - badiiy obrazning tugallanma- ganligi bilan bog'liq ko'pma’nolilik nafaqat ramziy, bal ki tom ma’nodagi realistik obrazlarga ham xosdir. Faqat bunda endi ko'pma’nolilikning yuzaga kelish mexanizmi o'zgacharoq. Avvalo, tugallanmaganlik tushunchasini izohlab o'tish zarurati bor. Gap shundaki, san’atkor ba diiy obraz orqali ifodalamoqchi bo'lgan fikrni oxirigacha tugal aytmaydi (ya’ni kitobxon og'ziga chaynab solib qo'ymaydi), obrazning ayrim chizgilarini punktirlar (uzuq- uzuq chiziqlar) bilan tortadi - tugallanmaganlik deganimiz 96 shu. Boshqacha aytsak, san’atkor obrazda muayyan im- koniyatlar yaratib q o ‘ya di-da , ularni ro'yobga chiqarishni o'quvchiga qoldiradi. Bu xil imkoniyatlar, ayniqsa, «obyek- tiv tasvir» yo'sinidan borilgan, yozuvchi xolis kuzatuvchi mavqeyida turgan asarlarda kuchli namoyon bo'ladi. Gar- chi asarda tasvirlangan narsa bitta bo‘lsa-da, o'quvchilar- ning ijodiy tasavvur imkoniyatlari, hayotni bilish darajasi, dunyoqarashi farqliligidan konkret obraz ularning ongida turlicha akslanadi, turli xulosalarga olib keladi. Shu bois ham o'quvchilar tasavvurida minglab Otabeg-u Kumush- lar, Qobil bobo-yu Saidalar, Zebi-yu Miryoqublar yashaydi. Badiiy obrazga xos ayni shu xususiyat tufayli ham asarni turli davrlarda turlicha uqish, uning zamiridan yangi-yangi ma’nolarni ochish imkoni yaratiladiki, ayni shu xususiyat chinakam san’at asarini boqiylikka daxidor etadi. Adabiyotshunoslikda «badiiy obraz» atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda «badiiy obraz» deganda borliqning san’atkor ko‘zi biian ko'rilgan va ijodiy qayta ishlangan har qanday aksi (jonivorlar, narsa-buyum- lar, hodisalar, tabiat obrazlari) nazarda tutilsa, tor ma’noda badiiy asardagi inson obrazi tushuniladi. Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabi- yotning markazida inson obrazi turadi. Negaki, borliqning o'zida inson shu xil mavqe egallaydi. Shunday ekan, badiiy adabiyotning borliqni idrok etishida inson obrazining aso- siy vosita bo‘lishi ham tabiiy va qonuniydir. Mazkur fikrni obrazlar tizimidagi darajalanish aniq-ravshan ko‘rinadigan katta epik asarlar misolida tushunish va tushuntirish qulay- roq. Sababi, epik asarlarda boshqa (tabiat, narsa-buyum- lar, jonivorlar, hodisalar va sh.k.) obrazlarning hammasi inson obrazini yorqin tasvirlash, atroflicha ochib berish maqsadiga xizmat qilayotgani yaqqol ko'zga tashlanadi. Misol uchun yana «O'tkan kunlar»ga murojaat etamiz. Yodingizda bo'lsa, adib sanani qayd etiboq, Marg'llonning dongdor karvonsaroyidagi kechki payt uchun odatiy hayot 97 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling