Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
di... va darhol burilib tashqariga qaradi. Boshqa hech narsa
koYinmasdi. Yurak o ‘ynashi bosilmadi. Lablari titramoqqa boshlagan edi... Birdaniga o'rnidan turdi, qizlar yo‘l bo'shat- 106 dilar, ularni oralab o‘tdi...» Zebining ayni paytdagi ruhiy ho- lati undagi fiziologik (yurak o‘ynashi, lab titrashi) o‘zgarishlar va xatti-harakati («birdaniga») orqali ifodaianmoqda. Yurak o'ynashi qiz dilidagi hayajonning g'oyat kuchli ekanidan da- iolat bersa, uning «birdaniga» o'rnidan turib, qizlarni oralab (hech kim va hech narsaning andishasini qilmay) tashqari- ga, maqsad sari yo‘l solgani esa ayni damda «majnuna»ga aylanganidan darakdir. Albatta, bular qiz ko‘nglidagi oniy kechinmalar - sog'lom aqli tezda ularning tanobini tortadi, biroq mazkur vositalar ularni manguga muhrlab qo‘yadi. Shuni ham aytish kerakki, ruhiy tasvirning yuqorida ko‘- rib o‘tilgan ikkita - bevosita va bilvosita ko‘rinishlari bir-bi- rini to'ldiradi, shu bois ham muayyan personaj ruhiyatini tasvirlashda yozuvchi ularning har ikkisidan ham o'rni bi lan unumli foydalanadi. Shuningdek, personaj ruhiyatini ochishda yozuvchi yana tabiat tasviridan yoki boshqa bi ror narsa obrazidan foydalanishi ham mumkin. Masalan, «O'tkan kunlar» romanida A.Qodiriy Kumushning tur- mushga berilish xabarini eshitgan Otabek ruhiyatini «Xo'ja Ma’oz» qabristoni tasviri orqali majozan tasvirlasa, uning Kumush hijronida yashagan paytlardagi ruhiy holatini «Navo» kuyining sharhida umumlashtirib ifodalaydi. Yoki Mingo'rikka qimizga chiqqanida «Otabek tabiatning shu ko'rkam va latif ko'rinishiga maftun bo'lib, biroz yotqan- dan keyin «ul ham bo'lsa edi» deb o'yladi va uzoq tin olib qo'ydiki, bunda personaj ruhiyati tabiatning to'kis va go'zal manzarasi bilan zidlash orqali ochib beriladi. Adabiy asarda xarakter ruhiyatini ochish, umuman, in son obrazini yaratishning muhim vositalaridan yana biri personaj nutqidir. Zamonaviy nasrda dialog salmog'ining ortishi barobarida personaj nutqining obraz yaratishdagi ahamiyati, mavqeyi ham kuchaydi. Mohir yozuvchi per sonaj nutqini individualiashtirish orqali uning shaxsiyati, dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi ruhiyati haqida o'quvchiga ko‘p narsalarni yetkaza oladi. Aytish kerakki, 107 dialoglarda personaj nutqi muallifning qisqa, lo'nda sharh- lari bilan ta’minlanadi. Dialogda muallif remarkasi tarzida beriluvchi personajning yuz-ko‘z ifodasi, mimikasi, unda- gi fiziologik o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar juda katta ahamiyat kasb etadi. Ular personaj nutqini «eshitish» va uning xatti-harakatini «ko‘rib turish» imkonini - sahnaviylik effektini yaratadi, inson obrazining to‘laqonli, jonli chiqi- shini ta’minlaydi. Avvalgi mavzu doirasida badiiy nasrda dialog salmog'ining ortishi milliy teatr san’ati rivoji bilan bog'liq ekanini aytdik. Shuni ham ta’kidlash kerakki, nasr- dagi dialogning ifoda imkoni teatrdagiga qaraganda an- cha kengaygan. Chunki, sahnadagidan farqli o‘laroq, epik asardagi dialog kontekst doirasida tushuniladi, demakki, o'quvchining dialogdagi u yoki bu replika - gap mazmuni- ga ta’sir qilayotgan omillardan xabardorlik darajasi spek- takl tomoshabiniga qaraganda ancha kengdir. Adabiyotshunoslikda inson obrazi bilan bog'liq holda badiiy obrazning yana bir muhim xususiyati - uning o‘z xarakteri mantiqidan kelib chiqqan holda harakatlanishiga alohida diqqat qilinadi. Ehtimol, sizning ham duch kelganin- giz bordir: ba’zan kitobxonlar asarni muhokama qilarkan, «falon qahramon o'lmaganida yaxshi bo'lardi» yoki «falon bilan fiston qahramon bir-biriga yetishsa yaxshi bo'lar- di» qabilida fikr yuritishadi, hatto shu xil istaklarini bildirib asar mualliflariga xat yozganlari ham bor. Bu - badiiyatni, ijod jarayonini yuzaki, jo‘n tushunish natijasi. Gap shun- daki, personaj yozuvchining quli emas, u o'zining xarak- ter mantiqiga muvofiq harakat qiladi. Albatta, personajlar xarakteriga xos asosiy xususiyatlar (parametrlar)ni avval- boshda muallif belgilaydi. Keyin, asar voqealari rivoji davo- mida to'la shakllangan va mustahkamlangan xarakter endi muallif diktatini qabul qilmaydi, o‘z boshicha harakatlana boshlaydi. Adabiyot tarixida buni tasdiqlaydigan ko'plab misollar bor. Aytaylik, Kumushning o‘limi sahnasini yozib bo‘lgach, A.Qodiriy kuyib yig‘laganini xotirlaydilar. Agar ix- 108 tiyor adibning o'zidagina bo'lganida, Kumushni chin dildan suygan A.Qodiriy asariga boshqacha yechim topmasmidi?! Yoki «Kecha»ning boshlanishidayoq Razzoq so'figa nis- batan o‘zining nafratini yashirmagan Cho'lpon suyukli qah- ramoni Zebi fojiasining asosiy sababchisini boshqacharoq harakatlantirgan bo'lmasmidi?! Ehtimol, ijod jarayonida har ikki ulug‘ adibimiz dilida shu xil istak kechgan bo'lishi mumkin, biroq ularning ikkisi ham xarakter mantiqiga, ba diiy haqiqatga zid bormaydilar. Shu bois ham ular yaratgan betakror obrazlar adabiyotimizning nodir namunalari bo‘lib qoldi. Adabiyotshunoslikda badiiy obrazlar turlicha tasnif etila- di, bu turlichalik tasnif uchun qaysi jihat asos qilib olingani bilan bog'liqdir. Jumladan, ijodkor estetik ideali bilan muno- sabatiga ko‘ra Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling