Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

ijo b iy v

salbiy 
obrazlar, ijodiy metodga ko'ra 
realistik, romantik, syurrealistik 
va b., yaratilish usuliga 
ko'ra 
fpntastik, g ro te s k v
a b., xarakter xususiyati va estetik 
belgisiga ko'ra 
tragik, satirik, yum oristik 
obrazlar farqlana- 
veradi. Ko'pincha badiiy obrazning predmetli tomoni - tas- 
vir planidan kelib chiqib 
inson obrazi, jo nivo rlar obrazi, ta­
biat obrazi, narsa-buyum lar obrazi 
tarzidagi atamalar ham 
ishlatiladi. Shuningdek, murakkablik darajasiga ko'ra badi­
iy obrazlarni 
elem entar obraz, detal-obraz, peyzaj (inter- 
ye r va natyurmort), inson obrazi, obrazli gipertizim  
tarzida 
beshta (A.I.Nikolayev) yoki ko'lamlilik jihatidan darajala- 
gan holda 
megaobraz, makroobraz, m ikroobraz 
(I.Kovalik, 
M.Kotsyubinskaya) tarzida uchta turga ajratish ham e’ti- 
borga molik va, albatta, ilmiy muomalada bu kabi tasniflar, 
atamalar ham o'rni bilan kerak. Biroq hozirda mavjud tas- 
niflarning hech biri badiiy obrazlarni to'la qamrab ololmay- 
di. Shu bois badiiy obrazlarni kengroq ko'lamda qamrov- 
chi tasniflardan birini asos qilib olgan holda boshqalarini 
ham e’tiborda tutish maqsadga muvofiq. Tizimli yondashuv 
asosida amalga oshirilgan shunday tasniflardan biri badiiy 
obrazlarni: 1) predmetlilik darajasi; 2) umumlashtirish da-
109


rajasi; 3) tasvir va ifoda planlari munosabati (strukturasi)ga 
ko‘ra guruhlashni (M.Epshteyn) ko'zda tutadi.
Obrazning predmetlilik darajasi deganda o'sha obraz 
tasvirlayotgan narsaning ko'lami nazarda tutiladi. Bu ji- 
hatdan badiiy reallik to'rtta sathdan tarkib topadi: 1) detal- 
obrazlar; 2) voqea-hodisalar obrazi; 3) xarakter va sharoit; 
4) dunyo va taqdir obrazi (badiiy reallik).
Detal-obrazlar (tafsilotlar, narsa-buyumlar, portret, pey­
zaj) o'zlarining statik holatdaligi bilan farqlanadi. Detal obraz­
lar zaminida badiiy reallikning ikkinchi qatlami - ichki yoki 
tashqi harakatdan tarkib topuvchi voqea-hodisalar obrazi 
o'sib chiqadi. Uchinchi qatlamni shu harakat ortida turib uni 
yurgizayotgan «xarakter va sharoit» tashkil qiladi. Xarakter 
va sharoit oldingilarini birlashtirgan holda «dunyo va taqdir» 
obrazini yuzaga keltiradi. Ayon bo'ldiki, badiiy reallik go'yo 
g'ishtchalar singari butunni tashkil qilishga xizmat qiluvchi 
unsurlardan tashkil topadi va bu unsurlar o'zaro predmetlilik 
darajasi, tasvir ko'lami jihatidan farqlanadi.
Umumlashtirish darajasiga ko'ra badiiy obrazlar ikki ji- 
hatdan tasnif etiladi. Birinchisi ko'proq inson obraziga tat- 
biqan bo'lib, bunda individual obraz, xarakter va tipik obraz 
(yoki f/p) ajratiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bularning orasi- 
dagi farq doim ham yaqqol ko'zga tashlanavermaydi, ya’ni 
bu tasnifda muayyan darajada shartlilik saqlanib qoladi. In­
dividual obraz deganda o'zigagina xos bo'lgan fe’l-atvori, 
gap-so'zlari, betakror xarakter xususiyatlari bilan namoyon 
bo'luvchi obrazlar tushuniladi (mas., «O'tmishdan ertak- 
lar»dagi Babar, «Mening o'g'rigina bolam» hikoyasidagi 
Roqiya bibi). Xarakter deganda muayyan davr va muhit 
kishilariga xos eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar 
bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o'zida 
uyg'un mujassam etgan obraz nazarda tutiladi. Tipik obraz 
deyilganda esa muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit, davr va 
muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o'zida namo­
yon etgan obraz nazarda tutiladi.
110


Umumlashtirish darajasiga ko‘ra ikkinchi jih a t- muayyan 
darajada turg‘un shaklni olgan holda adabiy-badiiy jara- 
yonda takrorlanishi nuqtayi nazaridan badiiy obrazning 
motiv, topos, arxetip deb yuritiluvchi ko rinishlari ajratila- 
di. Agar yuqorida ko'rib o'tganimiz individual, xarakterli 
va tipik obrazlar bir asar doirasi bilan cheklansa, keyingi 
uchalasi adabiy-madaniy an’anaga ko‘ra muayyan turg'un 
shaklga aylanib, asardan asarga, davrdan davrga ko'chib 
yurish xususiyatiga ega.
Motiv (motiv-obraz) shakliy va mazmuniy jihatlardan 
muayyan turg‘unlik kasb etgan, bir yoki bir necha ijodkor- 
ning asarlarida qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilish- 
larini namoyon etib turuvchi obrazdir. Masalan, Cho'lpon 
qo‘llagan ma’nosi nuqtayi nazaridan «уо‘1» obrazi motiv 
sanalishi mumkin: ayni shu obraz uning ham she’riy, ham 
nasriy asarlarida tez-tez takrorlanadi. Yoki Cho'lpon ijodi- 
ga xos bo'lgan «yulduz», «yo‘lchi» motivlari 20 - 30-yillar 
she’ri/atida, xususan, A.Fitrat, Oybek va U.Nosir asarlari­
da ham tez-tez uchraydi. Shuningdek, bu davr she’riyatida 
yana «dengiz», «qush», «parvoz», «tutqun qush» kabi po- 
etik obrazlar ham motiv sanaladiki, ular, ta’bir joiz bo'lsa, 
davr she’riyati «badiiy leksikasi»ni tashkil qiladi.
Topos motivga nisbatan kengroq tushuncha bolib, u umu- 
man milliy madaniyatda, katta bir adabiy davr mobaynida 
takrorlanuvchi obraz sanaladi. Shu jihatdan o'zbek mumtoz 
she’riyatidagi payg'ambarlar obrazlari, gul va bulbul, sham 
va parvona kabi qator takrorlanuvchi obrazlar topos sanalishi 
mumkin. Jumladan, Cho'lpon ijodi uchun motiv deb olgani- 
miz «уо‘1» ham mumtoz she’riyatimiz doirasida topos o‘la- 
roq keng tarqalganki, bunda Haqni izlab boriladigan «уо‘1» 
nazarda tutiladi. Ya’ni «уо‘1» tabiiy ravishda «yolchi» va 
«ko'zlangan manzil»ni ham taqozo etadi, bu esa tasawuf- 
dagi «tariqat», «solik», «Haq» tushunchalari bilan uyg'undir.
Arxetip deganda inson tafakkuri, ijodiy tasavvuriga xos 
bo'lgan turg‘un «sxema»lar, konstruksiyalar, qoliplar tu-
111


shunilib, ularning izlarini eng qadimgi davrlardan boshlab 
to hozirgi adabiyotgacha ko'rish mumkin bo'ladi. Arxetip 
konstruksiya va sxemalardan o'ziga xos «syujet va syujet 
holatlari» jamg'armasi hosil bo'ladiki, ularasardan asarga, 
davrdan davrga ko'chib yuradi. Masalan, «bulbul - gul -
chaqirtikanak» arxetipik sxemasi xalq og'zaki ijodiga man­
sub ertak va dostonlarda («Tohir - Zuhra - Qorabotir»), 
mumtoz she’riyat («oshiq - yor - ag'yor») dostonchilikda 
(Farhod - Shirin - Xisrav), hozirgi adabiyotda («Otabek -
Kumush - Homid», «Zebi - Olmasjon -Akbarali», «Yo'lchi
- Gulnor - Mirzakarimboy») turlicha taiqinlarini topganini 
ko'rish mumkin.
Badiiy obraz tasvirlayotgan narsa bilan ifodalayotgan 
narsa har vaqt ham ustma-ust tushmaydi. Shundan kelib 
chiqib ifoda va tasvir planiari munosabatiga ko'ra 
avtologik, 
m etalogik 
va 
superlogik 
obrazlar farqlanadi. Avtologik 
obrazlar tasvirlayotgan va ifodalayotgan narsalar bir-biriga 
mos tushadi. Metalogik obrazlar tasvirlayotgan va ifoda­
layotgan narsalar esa bir-biriga mos emas, lekin ular orasi­
da ma’lum bir munosabat (o'xshashlik, aloqadorlik, qism 
va butun aloqasi, vazifadoshlik va b.) mavjudki, ifodalana- 
yotgan narsa shu munosabat asosida anglashiladi. Misol 
tariqasida Faxriyorning quyidagi she’rini olaylik:
Devorga o s ig liq qilich 
zanglarini to ‘ka boshladi.
Yaraqlay boshladi to ‘satdan 
yarim oy shaklida.
Lekin devor qizil edi.
Ushbu she’r 1988-yilda yozilgan bo'lib, «Arafa» deb 
nomlanadi. Agar yozilgan vaqti va nomlanishi e’tiborga 
olinsa, she’rdagi obrazlar zamiridagi ma’no anglashiladi. 
Bu o'rinda «qilich» aloqadorlik asosida «jang, kurash»
112


ma’nolarini beradi. Lekin qilich «zanglagan», ya’ni uzoq 
vaqt o‘z vazifasini bajarmagan, devorda osig'liq turgan. 
Qilichning «yarim oy» shaklida yaraqlay boshlagani - is- 
tiqlol arafasida milliy ozodiik sog‘inchi kuchaygani va shu 
yolda kurash masalasi kun tartibiga qo‘yila boshlagani- 
ni ifoda etadi. Nihoyat, qilich yaraqlay boshlagani bilan, 
«devor qizil», ya’ni hanuz «qizil imperiya» hukmron. Ko'rib 
turganimizdek, she’rdagi obrazlar ifodalayotgan ma’no- 
ning voqelanish mexanizmi ko‘chimlardagi kabi. Biroq 
ularni oddiygina ko‘chim deb tushunmaslik kerak. She’rda 
«zanglarini to'kib yarim oy shaklida yaraqlay boshlagan 
qilich» va «qizil devor» obrazlari yaratilgan, ya’ni bular 
ko'chim emas, metalogik obrazlardir.
Superlogik obrazlarda esa ifoda va tasvir planlari bir- 
biriga mos emas, ayni paytda, ular orasida muayyan 
munosabat ham kuzatilmaydi. Ya’ni bunday obrazlar ifo­
dalayotgan narsa shartli ravishda, ma’lum bir kontekst 
doiragidagina anglashiladi. Eng muhimi, ularda tasvirla- 
nayotgan narsa o‘zining bevosita ma’nosiga ham, ko‘ch- 
ma ma’nosiga ham ega bo‘laveradi. Masalan, Oybekning 
«Na’matak» she’ridagi «na’matak», «vahshiy qoyalar», 
«bir savat oq gul», «quyosh» obrazlari o‘z holicha o‘quvchi 
ko‘z oldida tabiat manzarasini namoyon etadi. Ayni payt­
da, shu obrazlarning o‘zi, agar she’r yozilgan davr sharoiti 
va Oybek biografiyasi kontekstida olinsa, mustabid tuzum 
sharoitidagi san’atkor qismatini ifoda etadi.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling