Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Bu turmish, bu hokimiyat, cheki ko'rinmagan bu q oron gl- 
liq... uning uchun sira qiziqariiq emasiar. ul y o ‘q e d i- tin c h  
edi, ul keldi - tinchimadi, ul yana y o ‘q bo'lsa, ehtimol, yana 
tinchir edi. 
Mana shuning uchun ham ul bezraygan edi. 
Faqat... faqat shu turmishdagi biravgina uning ko'nglidan 
tezroq yuvilmas va yuvilishi ham qiyindek... Nihoyat, bun­
dan ham qutilg‘andek bo'ldi. Ammo... ammo 
s o ‘ng nafasida 
uning bilan vidolashsa, b o ‘g ‘z ig ‘a xanjar botar ekan, uning 
yuziga qarabqina k o ‘zi nursizlansa... 
Uning hamma orzu- 
si shu edi hozir». Adib muqarrar o'limga yuzlanib turgan 
mahkumning karaxt-loqayd holatini, dilini birdaniga qopla- 
gan zulumotda ishq sham’ining zaifgina nuri qolgani-yu 
jon berarda ma’shuqasini yana bir ko'rish yagona ilinjiga 
aylanganini ishonarli va ta’sirli ifodalay olgan. E’tibor be- 
rilsa, kursiv bilan ajratilgan qismlar o'ziniki bo'lmagan avtor 
gapi shaklida, ya’ni aslida Otabekning ongida kechayotgan 
o‘ylar-u faqat muailif tilidan berilayotganini payqash qiyin 
emas. Boshqacha aytsak, personajning maqomi tasvir 
obyektidan o'y-fikrlar subyektiga (va aksincha) o'zgarib 
turadiki, bunday evrilishlar o'quvchi diqqatini tortib, qizi- 
qishini oshiradi.
Zamonaviy adabiyotda personajning o'ylarini «ichki mo­
nolog» shaklida berish keng ommalashgan. Mohiyatan u 
personajning moddiylashmagan, o'ziga qaratilgan va faqat 
ichidagina kechuvchi nutqi bo'lib, shartli ravishda uning 
ongida kechayotgan fikrlash (his qilish) jarayoni deb qabul
104


qiiinadi. Shartli deyilishiga sabab shuki, ichki monolog gram- 
matik jihatdan tartibga solinadi, unda mantiqiy izchillik kuza- 
tiladi. Aslida esa inson ongidagi o'ylov (his etish) jarayoni 
bunday batartib kechmaydi: unga ziddiyatlar, paradokslar, 
chalg‘ishlar, uzilishlar ham xosdir. Ichki monolog vositasi- 
da personaj yuz berayotgan voqealarni mushohada qiladi, 
o'zini taftish qiladi, izhor etadi, iqror qiladi va sh.k. Masalan, 
Akbarali mingboshining dunyo ahvoloti haqida ilk o’ylovi 
«Shu qironlarning bir-biri bilan urushgani yomon bo'ldi... 
Ko‘p odam qirildi deydi noyib to‘ra. Mening mirzam Sokolov 
ham daraksiz ketdi. Uch oydan beri daragi yo'q. Yurt ham 
samovarday ichidangina asta-asta qaynab yotibdi. Bir to- 
shadi bu! Yomon toshadi lekin...» qabilidagi tashvish bilan 
boshlanadi. Akbarali yurtda katta silkinishlar yetilayotganini 
ich-ichidan his etib, mol-u joni tashvishini qiladi, shunday 
qaltis vaqtda Miryoqub sayohatga ketib qolganidan jahlla- 
nadi. Xullas, ichki monolog shaklida berilgan mingboshining 
tashvishli o'ylari Cho‘lpon chizayotgan davr polotnosidagi 
muhim chizgilardan biriga aylanadi.
Yoki Zebi mingboshiga taslim bo‘lgach, puxta o'ylangan 
rejalari ko‘z oldida bir-bir barbod bo'layotgan Poshsha- 
xonning muhokamasi «Nima bo‘ldi? Zebixonni keltirdik: 
qancha qiyinchiliklardan so‘ng uning qaysarligini sindirib, 
qo'ziday yuvosh va muloyim qilib mingboshiga topshirdik. 
Mingboshi endi undan xursand: Zebixonning ham xafa 
bo‘lgani ma’lum emas...» degan afsus va qoniqmaslik to‘la 
o‘ylar bilan boshlanadi. Ayni muhokama Poshshaxonni 
keyingi qadam - Zebini zaharlash rejasini tuzish va pishi- 
tishga, amaliy harakatga undaydi. Ichki monolog Posh- 
shaxonning xatti-harakatlarini ruhiy jihatdan asoslash bilan 
birga o‘quvchining syujetda va personajlar taqdirida kes- 
kin o’zgarish yasagan voqeaning tub omillarini anglashiga 
zamin hozirlaydi.
Realistik adabiyot, tabiiyki, ichki monologni ongda ke- 
chuvchi haqiqiy jarayonlarga yaqinlashtirishga intildi. 0 ‘y-
105


lov jarayonini tartibga solishda yaqqol soxtaiiklardan voz 
kechib, uning murakkab tomonlari ham aks etishi uchun 
ichki monologga o'rni bilan grammatik va mantiqiy jihat- 
dan izchil tartibga solinmagan unsurlarni ham kiritdi. Re- 
alistik adabiyotning buyuk namoyandalari - L.N.Tolstoy va 
F.M.Dostoyevskiy asarlarida ichki monolog go‘yo personaj 
ongida yozuvchi aralashuvisiz kechayotgan jarayon tasvi- 
ri kabi berilib, ong va ongosti qatlamlari faoliyatini butun 
murakkabligi, ziddiyatlari bilan tasvirlashga harakat kuzati- 
ladi. Ularning tajribalari butkul erkin kechuvchi psixikjara- 
yonni tasvirlash yoki shunday effekt hosil qilishga intilishni 
kuchaytirdiki, natijada XIX - XX asrlar chegarasida ruhiy 
tasvirning «ong oqimi» shakli vujudga keldi. Albatta, «ong 
oqimi» adabiyotni inson ruhiyatini tasvirlash bobida bir 
pog‘ona yuksaltirgani, uning bu boradagi imkonlarini ken- 
gaytirgani shubhasiz. Biroq ruhiy jarayonlarni asliga tola 
muvofiq tasvirlash naturaiizmdan boshqa narsa emas. 
Ikkinchidan, adabiyot inson ongidagi psixik jarayonlar­
ni qayd etuvchi mashina emas, ya’ni bunday yondashuv 
ijodiylikni o'ldirishi ham bor gap. Nihoyat, uning maqbul 
tomonlari hozirda badiiy tafakkurga singib ketganki, ular 
ruhiyat tasvirining badiiyat talablariga muvofiq asliga ya- 
qinlashtirilishida muhim ahamiyatga egadir.
Asarda personaj ruhiyatining uning xatti-harakatlari
gap-so‘zlari, yuz-ko‘z ifodalari (mimikasi), undagi fiziologik 
o'zgarishlarni ko‘rsatish orqali ochib berilishi bilvosita psi­
xologik tasvirdir. Masalan, qishloq sayohatiga borgan Zebi 
o‘zi sezmagan holda 0 ‘lmasjonga ko'ngil qo'ygani yodin- 
gizda bolsa kerak. Ittifoqo qizlar suhbatida safardosh yigit 
tilga olinadi: «Zebi sekingina bo‘ynini cho‘zib, gapga quloq 
soldi. U faqat Qumrining so'zini - «bittasi o'zimizning ara- 
vakash...» degan so‘nggi so'zini eshitib oldi. Yuragi o'yna- 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling