Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
BADIIY ADABIYOT SAN’AT TURI SIFATIDA
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
70
BADIIY ADABIYOT SAN’AT TURI SIFATIDA Estetik faoliyat haqida. San’at tushunchasi. Amaiiy va ba diiy san’atlar. Badiiy adabiyot - so'z san’ati. Badiiy adabi yotning san’at turlari orasidagi o'rni va o‘ziga xosligi. Ba diiy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan aloqasi. Yuqorida inson ongining rivojlanishi barobarida faoli yatning ham yangi-yangi qirralari ochilib borgani aytildi. Shulardan biri - borliqni go'zallik qonuniyatlari asosida o'zlashtirish va o'zgartirishga qaratilgan estetik faoliyatdir. Avvalo, mazkur faoliyat turining g'oyat qadimiyligi, shuningdek, uning insonga tabiatan xos ruhiy ehtiyoj bi lan bog'liqligini ta’kidlash kerak. Qadim manzilgohlardan topilgan turli ashyolar, g'or devorlariga chizilgan suratlar shunday o'ylashga asos beradi. Negaki, ibtidoiy ajdodlari- miz o'zlari yasagan mehnat qurollari amaliy vazifani baja- rishga yaroqlilikdan tashqari chiroyli bo'lishini ham xohla- ga n la r-ju d a primitiv naqshlar bilan bo'lsa-da bezaganlar. Xuddi shunga o'xshash, turarjoylarining qor-yomg'irdan, shamol-to'polondan ihotalashi, darrandalardan omon saqlashining o'zi kam ko'ringan - ularni ham baholi qudrat bezashga intilganlar. Muhimi - bu ishning anglangan tarz da, ichki ehtiyojni qondirish maqsadida qilingani. Yuqorida dunyoni bilish jarayonida inson unga (undagi konkret nar- sa-hodisaga) muayyan hissiy munosabatda bo'lishi, o'z navbatida, dunyo ham uning hislariga ta’sir qilishini ayt- dik. Ongining o'sishi barobari inson o'ziga nima qanday ta’sir qilishi-yu qanday hislarni qo'zg'ashini anglab borgan. Ya’ni o'shandayoq uning ongida primitiv go'zallik tushun chasi shakllanib, unga ehtiyoji borligini his qila boshlagan. Mazkur ehtiyoj universal xarakterga ega bo'lib, insoniyat- 71 ning tongidan boshlab to buguni qadar mudorn kuchay- sa kuchayib keladiki, asio susaygani yo‘q. Shu bois ham estetik faoliyat inson hayotining barcha nuqtalarida o'zini namoyon qiladi: kundalik turmushda, ish joyida, istirohat- da va b. Aytaylik, hovlisiga gul-u rayhon o'tqazayotgan ayoi, o'ziga oro berayotgan suluv, uyini sarishta qilay deb kuymalanayotgan beka, daraxtlarga shakl berayotgan bog'bon, tabiat manzarasidan zavqlanayotgan sayyoh, o'sha manzarani chizayotgan rassom ... - bularning barida estetik faoliyat unsurlari u yoki bu darajada mavjud. Dey lik, hovlisiga gul-u rayhon ekayotgan ayol am aliy-m ehnat faoliyati bilan mashg'ul, lekin unga estetik faoliyat un surlari aralashgan; tabiat manzarasidan zavqlanayotgan sayyoh obyekt - tabiat manzarasi orqali o'ziga yo'naltiril gan retsepsion-estetik faoliyatda; manzarani chizayotgan rassom esa badiiy ijodga sho'ng'ib ketgan, ranglar vosita sida manzarani ijodiy qayta yaratib, unda qalbini suratlan- tirishga chog'langan... Darvoqe, sanoq oxirida ko'p nuqta qo'yilgani, uni yana davom ettirish mumkin degani, ayon bo'lyaptiki, estetik faoliyat g'oyat serqirra, turli ko'rinish va darajalarda voqe bo'luvchi hodisa ekan. Birgina san’atda estetik faoliyat o'zini to'liq namoyon eta biladiki, shu bois ham u estetik faoliyatning asosi - yadrosi deya ta’riflanadi. Tilimizda faol qo'llanuvchi «san’at» so'zining ma’no ko'lami ancha keng, buni yangi «Izohli lug‘at»da uning beshta ma’nosi izohlanganidan ham bilsa bo'ladi. Darha- qiqat, «rassomlik san’ati», «kulollik san’atini egallamoq», «yuksak san’at bilan ishlangan», «san’atini namoyish et- moq», «harbiy san’atda beqiyos» kabi birikmalarning har birida «san’at» so'zi o'zining turli ma’no qirralarini namo yon etadi. Biroq jonli so'zlashuvda nechog'lik keng ma’no diapazonlarida qo'llanmasin, tabiiyki, bizni uning lug'aviy ma’nosi emas, istilohiy ma’nosi qiziqtiradi. Istilohiy ma’noda san’at deganda insonning go'zallik qonuniyatlari asosida borliqni o'zlashtirish (va o'zgartirish) 72 ga qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda shuning nati- jasi o'laroq vujudga keigan narsalar jami tushuniladi. Isti- lohning mazkur keng ma’nosida go'zallik qonuniyatlari aso sida mahorafva did bilan yaratilgan narsalarning hammasi san’atga aloqador hisoblanadi. Keng ma’nodagi san’at o'z ichida «amaliy» va «badiiy (nafis)» san’at turlariga ajraladi. Amaliy san’at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zardo'zlik, modelyerlik, dizayn kabi qator sohalarni, badiiy san’atlarga rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, kino, teatr kabilarni mansub etamiz. Modomiki keng ma’nodagi «san’at» ichida amaliy va badiiy san’atlar ajratilar ekan, ularning umumlashtiruvchi va farqli jihatlari bo'lishi lozim. Ularni umumlashtiruvchi ji- hat shuki, har ikkisi ham go'zallik qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratiladi. Farqli jihatlariga kelsak, ulardan eng muhimi shuki, amaliy san’at mahsuloti insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilsa, badiiy san’at namunalari uning ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir. Amaliy san’at mahsuloti insonning kundalik turmushda foydaianishini ko'zda tutadi, ayni paytda, unga zavq ham beradi. Masalan, kulol ishlagan piyola qanchalik nafis va go'zal bo'lmasin, biz unda choy (umuman ichimlik) icha- miz. Mohiyat e’tibori bilan nafis ishlangan piyola ham, jo'n piyola ham amaliy foydaliligi jihatidan qiymatda teng. Bi roq nafis ishlangan piyola kishining choy ichishiga vosita bo'lishidan tashqari zavq ham beradi, kayfiyatni ko'taradi. Shunday bo'lsa-da, zavq bag'ishlashlik piyolaning ikkilam- chi funksiyasidir. Demak, amaliy san’at mahsulotining qiy- mati, birinchi navbatda, foydaliligi bilan belgilanadi. Endi qiyos uchun, masalan, qadim yunon haykaltaroshi yaratgan biror-bir haykalni olaylik. Haykalni yaratar ekan, yunon undan amalda foydalanishni ko'zda tutmagan. Aytaylik, u o'zi topingan ma’budlardan birining haykalini yaratishga jazm etdi. Haykaltarosh o'sha ma’budni, avva- 73 lo, o'z tasavvurida yaratdi, ijodiy fantaziyasi quwati bilan tasavvur qila olgani obrazda - qotirib qo'yilgan lahzada ma’budining go'zalligi, qudrati, mehri-yu qahrini ko'ra oldi, undan zavqlandi, hayratlandi, unga topindi va ayni shu holatni toshda yo'nib muhrladi. Haykalni ko'rar ekan, to- moshabin haykaltaroshning yaratish onlaridagi zavqi, hay- ratini o'ziga yuqtiradi, haykaldan boshqa maqsadda foyda- lanishni o'ylamaydi ham. Ko'ramizki, haykal bir odamning zavqi-yu hayratini boshqa birodamga ko'chirdi, uning ruhi- yatiga oziq berdi, xolos. E’tibor berilsa, aytilganlardan amaliy va badiiy san’at- larning yaratilish jarayoni nuqtayi nazaridan ham farq li ekanini ilg'ab olish qiyin emas. Avvalo, agar amaliy san’at namunalari go'zallik qonuniyatlari asosida kechgan mehnat jarayoni mahsuli bo'lsa, badiiy san’at namunalari go'zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyat nati- jasida dunyoga keladi. Shu jihatdan kulol bilan haykalta- rosh faoliyatini qiyoslab ko'rish mumkin. Kulol faoliyati yo'naltirilgan predmet - loyni real o'zgartiradi: avval uni ongida mavjud shakl (kosa, ko'za, lagan)lardan biriga kiri- tadi, naqsh soladi, sirlaydi, pishiradi. Pirovardida nafis bir buyum yaraladi. Undan farqli o'laroq, haykaltarosh faoliya ti yo'naltirilgan predmetni real emas, faqat ongida o'zgar tiradi. Deylik, agar u zamondosh shaxs siymosini gipsdan yasash yo marmardan yo'nishga jazm etsa, uning faoliyati yo'naltirilgan predmet aslo gips yo marmar bo'lagi emas, balki o'sha shaxs bo'ladi. Haykaltarosh o'sha shaxsni atrof licha va chuqur o'rganib, avval tasavvurida uning obrazini - qahramoniga xos eng muhim jihatlarni mujassam etgan siymoni yaratadi, shundan so'ng o'sha siymoni yo'nadi yoki yasaydi. Albatta, u aks ettirgan shaxs qanday bo'lsa, o'shandayligicha qoldi, ya’ni predmetni o'zgartirish ong- dagina amalga oshdi - go'zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyat, boshqacha aytsak, badiiy ijod jarayoni kechdi. Ya’ni bu o'rinda endi yuqorida estetik faoliyatning 74 asosi, uning yadrosi deganimiz tor ma’nodagi san’at - ba diiy san’atga ro'baro' bo'lib turibmiz. Mutaxassis sifatida biz asosan tor ma’nodagi «san’at» tushunchasi bilan ish ko'ramizki, eng awal shuni aniq- lashtirib olish zarur. Nemis faylasufi Gegel san’atni uchta uzv: 1) odatiy mavjudlik bo'lmish asar; 2) uning yaratuvchi- si bo'lmish subyekt; 3) o'sha asarni qabul qiladigan sub- yektlardan tarkib topuvchi hodisa deb biladi.1 Ko'ryapmizki, masalaga tizimli yondashgani uchun ham Gegel san’at ni to'laligicha - qismlardan tarkib topgan butunlik o'laroq qamrab oladiki, biz ham ta’rif berishda shu prinsipga taya- namiz. Xullas, tor ma’noda san’at deyilganda insonning Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling