Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

go'zallik qonunlari asosida borliqni badiiy o'zlashtirish (va 
o‘zgartirish)ga qaratilgan ijodiy-ruh iy faoliyati, shu faoli­
yat natijasida yaratilgan qadriyatlar va ularning ijtimoiy 
munosabatlar tizimidagi keyingi hayoti tushuniladi. Avvalo, 
ushbu ta’rif bilan yuqorida keng ma’nodagi san’atga beril- 
gan ta’rif orasidagi farqlarga diqqatni qaratamiz. Ko'rinib 
turibdiki, bu o'rinda gap badiiy, ya’ni san’atga xos obrazlar 
vositasidagi o'zlashtirish (va o'zgartirish) hamda san’at­
ga xos ijodiy-ruhiy faoliyat turi haqida borayotir. Yana bir 
muhim farqli jihati shuki, bunda yaratilgan q a driya tlar-ba­
diiy asarlar retsepsiyasi (ya’ni ularning qabul qilinishi: o'qi- 
lishi, tinglanishi, tomosha qilinishi) ham qamrab olinadi.
Xullas, bundan keyingi o'rinlarda «san’at» istilohi tor 
ma’nosida qo'llanib, bunda badiiy san’at nazarda tutiladi.
San’atning turlari sirasida musiqa, rassomlik, haykalta- 
roshlik, raqs, badiiy adabiyot, teatr, kino kabilar tushuni­
ladi. Modomiki san’atni bu kabi turlarga ajratar ekanmiz, 
ularni umumlashtiruvchi va farqlovchi jihatlar bo'lishi lozim. 
Sanalgan san’at turlarini umumlashtiruvchi jihat obrazlilik, 
ya’ni ular bari badiiy obraz vositasida fikrlaydi. Farqlov­
chi jihatlarga kelsak, bu narsa, birinchi navbatda, obrazni

Гегель. Сочинения. Т.З. Энциклопедия философских наук. - М., 1956. -
С.344.
75


yaratish materialida ko‘rinadi: musiqa ohanglar, rassom- 
lik ranglar, raqs plastik harakatlar, haykaltaroshlik qotgan 
piastika vositasida obraz yaratadi. Badiiy adabiyot so‘z 
vositasida obraz yaratadi, shu bois ham so'z san’ati deb 
yuritiladi.
So'z universal bilish vositasi bo'lganidek, universal ifo- 
da vositasi hamdir: har qanday fikriy faoliyat va his-tuyg'u 
ifodasi so'z vositasida amalga oshadi, amalga osha oladi. 
So'z bilan ish ko'rgani uchun ham badiiy adabiyot boshqa 
san’at turlari orasida tasvir va ifoda imkoniyatlarining keng- 
ligi bilan alohida o'rin va mavqe kasb etadi. Biz ko'pincha 
«rangtasvir tili», «kino tili» kabi tushunchalarga duch ke- 
lamiz. Negaki, boshqa san’at turlarining tili badiiy adabiyot 
tiliga o'girilishi mumkin, boz ustiga, biz boshqa san’at tur­
lariga mansub asarlarni-da so'z vositasida aqliy va hissiy 
mushohada qilamiz, «singdiramiz».
San’at turlari ichida ifodaviy va tasviriy san’atlar farqla- 
nadi, ya’ni ularning ayrimlarida tasvirlash, boshqalarida 
ifodalash ustuvorlik qiladi. Aytaylik, musiqa - ifoda san’ati: 
kompozitor ohanglar orqali kechinmalarini ifodalaydi, shu 
ohanglar tinglovchi ruhiyatida muayyan bir kayfiyatni ho­
sil qiladi. Musiqani tinglarkan, o'sha kayfiyat asosida har 
bir tinglovchi o'ziga xos bir manzara yoki holatni ko'z oldi- 
ga keltira oladi. Ya’ni kompozitor muayyan obyekt (holat, 
voqea, manzara va sh.k.) ta’sirida tug'ilgan kechinmalarni 
ohanglar vositasida ifodaladi - obrazning o'zini tasvirlama- 
di; musiqani tinglash jarayonida buning aksicha jarayon ke- 
chadi: tinglovchi ohanglar orqali hosil qilgani kechinmalar 
asosida o'sha obyektni tasavvur qiladi, ko'z oldiga keltira- 
di. Tasviriy san’at turlari bo'lmish rassomlik bilan haykalta- 
roshlikda esa bu jarayon o'zgacharoq kechadiki, uni quyi- 
dagicha tasavvur qilish mumkin. Deylik, biror manzara, 
holat musavvir qalbini junbishga keltirdi, uning ko'nglida 
muayyan kechinmalar bo'hronini qo'zg'adi. Musavvir o'sha 
o'zini hayratga solgan, zavqlantirgan, ko'nglida kechinma-
76


lar qo‘zg‘agan manzarani rangtasvirda muhrlaydi. Tomo- 
sha qilish jarayonida rangtasvirdagi manzara bizda-da 
o'sha yoki o'shanga yaqin his-tuyg'ularni uyg'otadi, kayfi- 
yatni hosil qiladi. Agar badiiy adabiyotga shu jihatdan na­
zar solsak, uning ko'proq qorishiq hodisa sifatida namoyon 
bo'lishini ko'rish mumkin. Zero, epik asarlarda so'z vosita­
sida tasvirlangan badiiy voqelik muayyan darajada ko'rim- 
lilik (vizuallik) kasb etadi. Shuningdek, masalan, peyzaj 
lirikasida ham tabiat manzarasi musavvirona tasvirlangan 
go'zal namunalar yaratilgan. Shu bilan birga, vizual obraz- 
lari bo'lmagan, muayyan tuyg'u-kechinma tavsiflangan 
yoki ko'ngil holini izhor etuvchi lirik asarlarda ifodaviylik 
xususiyati maksimal namoyon bo'ladi.
San’at turlari orasidagi farq yana ularning retsipiyent 
(o'quvchi, tinglovchi, tomoshabin) tomonidan qabul qilini- 
shidagi o'ziga xoslikda ham ko'zga tashlanadi. Masalan, 
rassom chizgan peyzajni qabul qilish jarayoni bilan epik 
asarda so'z bilan tasvirlangan peyzajning qabul qilinishida- 
gi farqni olaylik. Makonda mavjud bo'lgan rangtasvir asa- 
rini yaxlit holda qabul qilamiz, aniqrog'l, uni avvaliga butu- 
nicha ko‘ramiz-da, so'ng butundan qismlarga (detallarga 
qarab) boramiz. So'z vositasida chizilgan peyzajni qabul 
qilishda esa, aksincha, qismdan butunga qarab boriladi, 
ya’ni avvaliga detallar bilan tartibi bilan tanishamiz-da, 
oxirida ko'z oldimizda yaxlit manzara hosil bo'ladi. Tabiiy­
ki, bu adabiyotning nutq hodisasi ekanligi, nutqning voqe 
bo'lishi uchun esa vaqt talab qilinishi bilan izohlanadi. Yoki 
ayrim san’at turlariga mansub asarlar retsipiyent tomoni­
dan bevosita qabul qilinsa, boshqalarini qabul qilish uchun 
vositachi - ijrochining bo'lishi taqozo etiladi. Masalan, mu­
siqa san’atiga mansub asar. Musiqa asarining yaratuvchi- 
si (kompozitor), asarning o'zi (notalar bilan ifodalangan 
matn), uning ijrochisi va tinglovchi bor. Biroq kompozitor 
bilan tinglovchi orasida bevosita muloqotning imkoni yo'q. 
Demak, musiqani tinglash jarayonini tom ma’noda kom-
77


pozitor bilan tinglovchi orasidagi badiiy muloqot deyish 
qiyin, chunki ijro etilayotgan kuyga qisman ijrochining-da 
talqini qo'shilgan. Bu jihatdan badiiy adabiyotning ustun- 
ligi, birinchidan, o'quvchi badiiy informatsiyani bevosita 
(asarning o‘zi orqali) qabul qila olishi, ikkinchidan, qabul 
qilish jarayonida uning ijodiy-ruhiy faolligi yuqori darajaga 
ko'tarilishida namoyon bo'ladi.
Shu o'rinda har xil san’at turlariga mansub asarlarning 
yaratilish jarayoni bilan bog'liq farqlarga ham to'xtalish 
lozim. Masalan, agar badiiy adabiyotga mansub asar yo- 
zuvchining individual ijodiy faoliyati (kamdan kam hollarda 
hammualliflikda ham yaratiladi, biroq bunga istisno deb 
qarash to'g'riroq) mahsuli bo'lsa, kino asari tom ma’noda 
kollektiv ijod mahsuli sifatida dunyoga keladi. Kino asa- 
rining yaratilishida ssenariy muallifi, sahnalashtiruvchi 
rassom, kompozitor, aktyor, operator kabilarning ijodiy 
mehnati borki, ularning bari bir fokusga - rejissyor nigo- 
higa jamlanadi. Shunga o'xshash hoi teatr san’atida ham 
kuzatiladi. Teatr asari - spektaklning muvaffaqiyati drama- 
turgdan tashqari yana sahna bezakchilari, chiroq ustasi, 
liboslar bo'yicha rassom, rekvizitor, grimchi, aktyor, rejis­
syor kabilarning birgalikdagi ijodiy mehnatiga bog'liqdir. 
Jumla tarkibida dramaturgni biroz ajratib berayotganimiz 
bejiz emas. Zero, haqiqatda bu o'rinda so'z san’ati (sahna- 
ga yo'naltirilgan adabiyot)ning vakili - dramaturg bilan te­
atr san’ati vakili bo'lmish muayyan teatr jamoasi o'rtasida 
ijodiy hamkorlik ham amalga oshadi. Ayrim hollarda bu 
hamkorlik bevosita, ya’ni har ikki tomon ishtirokida kechsa, 
ayrimlarida bavosita amalga oshadi, ya’ni rejissyor drama­
turg bilan asari vositasida hamkorlik qiladi.
San’at turlari orasida badiiy adabiyot yetakchilik mavqe- 
yida turadi. Uning bunday mavqeni egallashi, yuqorida 
aytilganidek, universal bilish va ifoda vositasi bo'lmish so'z 
vositasida ish ko'rishi bilan izohlanadi. Shu bois ham badi­
iy adabiyot «tili» - universal til, tabiiyki, unga barcha san’at
78


turlari «tili»ni o‘girish mumkin dedik. Biroq bu fikrni mutlaq 
tushunish ham xato. Zero, bu holda boshqa san’at turla- 
rining mavjudligi asossizdek, ular umuman keraksizdek 
bo'lib qolur edi. Holbuki, adabiyotning rangtasvir darajasi- 
dagi tasviriylik, musiqa darajasidagi ifodaviylikka erish- 
mog'i dushvordir. Ya’ni bu masalada fikr yuritganda ham 
«o'nta bo'lsa, o'rni boshqa» tamoyiliga tayanish to'g'riroq 
bo'iadi. Shunga qaramay, badiiy tafakkur so'z asosiga qu- 
rilgani sababidan ham badiiy adabiyot belgilovchi san’at 
turi sanaladi: boshqa san’at turlari yaratuvchi obrazlar so'z 
san’atida yaratilgan obrazlar kontekstida qabul qilinadi. 
Mazkur qarash adabiyotni badiiy-estetik tafakkur javhari
- yadrosi o'laroq tushunishga asoslanib, fanda u «litera- 
turosentrizm» deb yuritiladi. Aytish kerakki, adabiyotning 
yetakchiligi san’at hududi bilan cheklanib qolmaydi, balki 
umuman jamiyat madaniy hayotida, millat ijtimoiy tafakku- 
rida ham kuzatiladi. Adabiyot Yevropada oxirgi qariyb uch 
asr, Rossiyada ikki, bizda esa bir asrdan beri ayni maqom- 
da yashab keladi.
Ta’kidlash kerak, san’at turlari ichidagi yetakchilik ma- 
qomi - tarixiy kategoriya, ya’ni unga erishiladi, egalik 
qilinadi va mahrum bo'linadi. Deylik, G'arbda antik davrda 
haykaltaroshlik, Uyg'onish davrida rangtasvir, romantizm 
davrida musiqa va she’riyat yetakchi bo'lsa, XVIII asrga 
kelib bu mavqeni so'z san’ati egallaydi. Ayon bo'lyaptiki, 
adabiyotning bu maqomi ham mangu emas va bu tabiiy 
hamdir. XX asr o'rtalaridan boshlab audiovizual («eshi- 
tish» va «ko'rish»ga asoslangan) informatsiyaning salmo- 
g'i va kishilar hayotidagi o'rni muttasil ortib kelayotgan 
bo'lsa ham, badiiy adabiyot hamon san’atning belgilovchi 
turi bo'lib turgandek. Biroq bu maqomning kun sayin su- 
sayib, yaqin vaqtgacha metin deb bilganimiz adabiyot tur- 
gan asosning nurab borayotganini ko'rmaslik ham mumkin 
emas. Zero, hayotimizga informatsion texnologiyalarning 
shiddat bilan kirib kelishi, mediamadaniyat yutuqlaridan
79


foydalanish imkoniyatlarining ortib borayotgani buni tobo- 
ra ravshan ko‘rsatmoqda. Biroq bundan fojia yasamaslik 
lozim. Aksincha, yangi shart-sharoitlarda rivojlanish im- 
koniyatlarini topib, o‘zligini saqlagan holda o'zgarayotgan 
talab-ehtiyojlarini qondirishga safarbarlik orqali o‘z o'rnini 
qaytadan belgilash talab etiladi.
San’at turlari o‘zaro dialektik aloqada, bir-birining ka- 
mini to'ldirib, boy'b-boyitib yashaydi. Jumladan, adabiyot 
ham boshqa san’at turlari bilan o'zaro tig‘iz aloqada ya­
shaydi va rivojlanadi. Adabiyot san’atning boshqa turlari 
rivojiga, o‘z navbatida, boshqa san’atlar uning taraqqiyo- 
tiga ta’sir ko'rsatadi. Masalan, o‘zbek musavvirlarining 
Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, Oybek kabi so‘z 
san’atkorlari yaratgan asarlarga ishlagan illyustratsiyalari 
milliy rangtasvirda alohida sahifani tashkil etadi. Yoki 
«O'tkan kunlar», «Maysaraning ishi», «Shum bola» kabi 
adabiyotimizning durdona asarlari asosida ishlangan film- 
lar o'zbek kino san’atining o'lmas namunalariga aylangan. 
Shuningdek, ko'plab she’r va dostonlar zamonaviy musiqa 
asarlarining yaratilishiga turtki va asos bo'lgan, qator dos­
tonlar asosida opera, balet asarlari sahnalashfirilgan.
O'z vaqtida Gegel poeziya «har qanday shaklda har 
qanday mazmunni shakllantirish va ifodalashga qodir»1 
deganida, albatta, uning mohiyatida mavjud imkonlarini 
nazarda tutgan. Belinskiy esa so'zning «ham tovush, ham 
manzara, ham aniq-ravshan aytilgan tasavvur» ekanini 
nazarda tutgan holda poeziya o'zida barcha san’atlarning 
unsurlarini mujassam etadi, boshqa san’atlarga berilgan 
barcha vositalardan istaganicha foydalana oladi deb bil­
gan.2 Darhaqiqat, muttasil rivojlanish - yangilanishda 
yasharkan, adabiyot boshqa san’atlarning ifoda imkoniyat- 
larini ijodiy o'zlashtiradi, ularning yordamida olam-u odam 
mohiyatiga chuqurroq kirib borish harakatida bo'ladi. Shu
1 Гегель. Эстетика. В 4-х томах. Т.З. - М.: Искусство, 1971. - С.350.
2 Белинский В.Г. ПСС в 13-ти томах. Т.5. - М., 1954. - С.9.
80


jihatdan qaralsa, adabiyotning taraqqiy darajasi boshqa 
san’atlar taraqqiy darajasi bilan ham bog'liq ekanini ta’kid- 
lash zarur.
Masalan, milliy teatr san’atining rivojlanishi o'zbek ba­
diiy prozasining tasvir va ifoda imkoniyatlarini kengaytir- 
di, nasriy asarlar strukturasini o'zgartirdi. Agar mumtoz 
nasrchilik va xalq qissaiarida rivoya salmoqli o'rin tutgan 
bo'lsa, zamonaviy nasriy asarlarda «sahnaviylik»ning 
kuchaygani, dialoglarning tobora keng o'rin oiib borishi, 
tasvirda «obyektivlik»ka intilishning ortgani kuzatiladiki
bular bevosita teatr san’ati rivoji bilan bog'liqdir. Zero, te­
atr san’ati ham milliy badiiy tafakkurni boyitdi, ham badiiy 
didni yuksaltirdi. Natijada, bir tomondan, nosirlarimiz «di­
alog» vositasida qahramonlar ruhiyatini ochish, hayotiy 
holatning ruhiy asoslarini ko'rsatish kabi yangi badiiy im- 
koniyatlarni o'zlashtirdilar; ikkinchi tomondan, o'quvchilar 
shu xil nasriy asarlarni qabul qilishga tayyorlandilar, epik 
nasriy asar voqealarini go'yo «chetdan» kuzatish (xuddi 
sahna asarlarini tomosha qilgan kabi) orqali estetik zavq 
olish, asarning mazmun-mohiyatini tushunish ko'nikma- 
larini hosil qildilar. Misol uchun «O'tkan kunlar»ning eng 
mashhur epizodlaridan birini olib ko'raylik: «Otabek ga- 
rangsib qolgan, o'zini ovutmoqchi bo'lgan bu olijanob 
go'zalga nima deyishini bilmas, qayerdan so'z boshlash- 
ga hayron edi:
- Kim yig'latdi sizni?
- Yig'labmanmi?
- Ko'zingiz, kiprikingiz...
- O'zi shunaqa...
- Yig'latgan men emasmi?
- Kitobni nega yopdingiz? Ochib o'qing, men eshitay.
- Ota-ona rizoligini bir tomchi ko'z yoshingizga arzit- 
dimmi?
- Men rozi, men ko'ndim, - dedi dafatan Kumush, bu 
so'zni nimadandir qo'rqqandek shoshib aytdi.
81


- Ko'ndingiz... Nega, a?
Otabek taajjub va hayrat ichida edi.
- Negaki, -d e d i Kumush, - men sizga ishonaman...
- Shuning uchun...
- Shuning uchun ko‘ndim...
- Ko'nglingiz farishtalar ko'nglidek.
- Sizning ham ko‘nglingiz...»
Ko'rib turganimizdek, mazkur parchada muallif ish- 
tiroki minimumga keltiriigan, u suhbatni go‘yo chetdan 
kuzatib turibdi. Shunga monand, asarni o'qiyotgan kitob- 
xon ham ushbu epizodni go‘yo «ko'radi», suhbat go‘yo 
uning tasavvuridagi «sahna»da yuz beradi. Dialogda mu- 
aliif sharhlari (personajlarning ruhiy holati, yuz-ko‘z ifoda- 
lari, so'zlash ohangi va sh.k.) ham deyarli yo‘q: yozuvchi 
uiardan eng zarur deb bilganlari - Kumushning roziligini 
«nimadandir qo'rqqanday shoshib» aytganini ta’kidlash 
bilan cheklanadi. Shunga qaramay, kitobxon hayotiy ho­
lat mohiyatidan kelib chiqqan holda suhbatni tasavvurida­
gi sahnada jonlantiradi, qahramonlarning xatti-harakatla- 
rini «ko'radi», gap-so‘zlarini «eshitadi». Albatta, buning 
uchun kitobxonda muayyan tayyorgarlik, o‘qish malakasi 
bo'lishi zarurki, bularning shakllanishida teatrning xizmati 
ulkandir.
Yana bir misol - musiqa. Yaxshi bilasiz, mumtoz shoir- 
larimizning ko'plari musiqa bilan jiddiy shug'ullanganlar, 
uning ham nazariy asoslarini, ham ijro yo'llarini yaxshi 
o'zlashtirganlar. Negaki, ular musiqa bilan she’riyat ifoda- 
viylik jihatidan ham, ritmiklik xususiyati bilan ham bir-biriga 
yaqinligini teran anglaganlar. Darhaqiqat, ozgina bo'lsin 
musiqiy iqtidorga ega kishi maqom ohanglari bilan aru- 
ziy she’rlarning ritmik-intonatsion xususiyatlari orasida­
gi mushtaraklikni osongina ilg'ay oladi. Shu bilan birga, 
taraqqiyot yo'limizga sirtdan qaralgandayoq milliy turmush 
tarzi, hayot ritmi o'zgarishi barobarida milliy musiqamiz 
ritmida ham o'zgarishlar sodir bo'lgani, bu o'zgarishlar


she’riyatda ham aks etganini ko'rish mumkin. Ritmning 
o'z holicha ham muayyan estetik qimmatga ega ekanligi 
e’tiborga olinsa, «bir tilda gapirish» zarurati she’riyatdan 
ritmik o'zgarishiarni taqozo etishi qonuniy hoi ekanligi 
ayon bo'ladi. Zero, aks holda she’riyat yangilangan este­
tik va ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarga javob berolmay qoladi. 
XX asr boshlaridan she’riyatimizda barmoqning yetakchilik 
mavqeyini egallay boshlagani, keyincha erkin she’rlar va 
sarbast she’r shaklining keng ommalashgani buning yorqin 
dalilidir. Mazkur o'zgarishlar natijasida she’riyatimizning 
ritmik-intonatsion imkoniyatlari ortdi, unda ritmik rang-ba- 
ranglik kuchaydi. Eng muhimi, endi ritmik rang-baranglik 
va ritmik evrilishlar bir she’r doirasida ham kuzatila boshla- 
diki, bu mumtoz she’riyatimizga deyarli xos bo'lmagan xu- 
susiyatdir. Umid shuki, bugun adabiyotshunoslik asoslarini 
hijjalab turganlar ichidan musiqani ham, so'zni ham teran 
tushunadigan iqtidorlar yetishar-da, mazkur hodisalarning 
biz kQ' rolmayotgan tomonlarini ochib berishar.
Milliy rangtasvir san’atining, xususan, undagi portret 
va peyzaj janrlarining rivoji va milliy nasrimizdagi pey- 
zaj, portret tasviridagi o'zgarishlar, shuningdek, peyzaj 
she’rlar haqida ham yuqoridagicha fikrlami aytish mumkin. 
Deylik, mumtoz miniatyura san’ati inson tasvirida ayrim 
detallarni (ko'z, qosh, lab, bel, soch va sh.k.) bo'rttirgan 
bo'lsa, mumtoz she’riyatimizda ham xuddi shu hoi kuza- 
tiladi.1 Shunga o'xshash, miniatyurada tabiat tasviri ham 
to'laqonli bo'lmay, yuqori darajada shartlilik kasb etgan. 
Rangtasvir san’atida realistik tamoyillarning kuchayishi, 
to'laqonli portret va peyzajlarning yaratilishi adabiyotdagi 
peyzaj va portretning ham shu yo'nalishda takomillashu- 
viga olib keldi. Misol tariqasida X.Davronning quyidagi 
she’rini olaylik:
1 ^аранг: Куронов С. Шарк мумтоз адабиётида бадиий синтезнинг а^амия- 
ти // Филология масалалари. 2017. №1. - С.25 - 29.
83



Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling