Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Tarbiyaviy (didaktik) funksiya


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Tarbiyaviy (didaktik) funksiya. Badiiy adabiyot shaxs- 
ni aqlan va ruhan kamolga yetkazadi, jamiyatning ma’nan 
tozarishi va yuksalishiga xizmat qiladi. E’tibor berilsa, de- 
yarli barcha milliy adabiyotlar taraqqiyotining ilk bosqichla- 
rida didaktik funksiya oldingi planda turgani ko'riladi. Ada­
biyotning tarbiyaviy ahamiyatiga juda qadim davrlardan 
ayricha e’tibor berib kelinishi bejiz emas. Xususan, qadimgi 
yunon faylasufi Aflotunning «Davlat» asarida adabiyotning 
tarbiyaviy imkonlaridan qanday foydalanish kerak, kimga, 
nimani va qanday o'qitish kerak degan masala keng qo'yil- 
gan. Sharq xalqlarida ham yosh avlodni tarbiyalashda 
badiiy adabiyotdan unumli foydalanilgan. Shu bois Sharq
55


mumtoz adabiyotida «Guliston», «Bo'ston», «Qutadg'u 
bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Qobusnoma» singari didaktik 
asarlar yaratilgan. To‘g‘ri, adabiyot taraqqiyotining keyin­
gi bosqichlarida sof didaktik xarakterdagi asarlar salmog'i 
kamayib boradi, hatto oshkor didaktikaga berilgan asarlar 
badiiy mukammallikdan yiroq tushadi deb hisoblanadi ham. 
Shunga qaramay, badiiy adabiyotning ommaga didaktik 
ta’siri hali-hanuz juda kuchli, uning bu boradagi imkoniyat- 
lariga ehtiyoj ham mudom kuchayib boradi. O'z navbatida, 
chinakam san’at asarida ijodkor hamisha ezgulik, go'zallik, 
adolat singari umuminsoniy qadriyatlar tomonida turib fikr 
yuritadi, ayni shu narsa badiiy asarda hamma vaqt didaktik 
potensial mavjud bo'lishini, badiiy adabiyotning hamisha 
tarbiyaviy funksiya bajarishini ta’min etadi.
Kompensatorlik funksiyasi. Badiiy adabiyotda inson 
o'z hayotida ko'rmaganini ko'radi, undan o'ziga yetish- 
mayotgan narsalarni topadi va shu asosda ruhiy qoniqish 
hosil qiladi. Bu jarayonning asosi shuki, badiiy asar mu- 
tolaasi davomida o'quvchi irreal olamda - badiiy reallikda 
yashaydi: o'sha irreal olamda real hayotida ko'nglidan ke- 
chirmagan hislarni kechiradi, umri davomida tushmagan 
vaziyatlarda yashaydi. Ya’ni kompensatorlik funksiyasi- 
ni badiiy adabiyotga yuqorida berganimiz «qo'shimcha 
umr» ta’rifi bilan bog'liq tushunish o'ng'ay. Masalan, kishi 
hayoti davomida hech sevmagan yo sevilmagan bo'lishi 
mumkin, biroq badiiy asar voqeligida yasharkan, u qahra­
mon bilan birga ishqqa mubtalo yoxud buyuk bir sevgiga 
sazovor bo'la oladi; adabiyot irreal olamda qashshoqqa 
g'aniy, qo'rqoqqa botir, baxtsizga baxtiyor bo'lib yashab 
ko'rish imkonini yaratadi. Ushbu aytganlarimiz - tom 
ma’nodagi kompensatsiya, ya’ni so'z borayotgan funksi- 
yaning inson hayotida ko'rmaganlari uchun «qo'shimcha 
umr» o'laroq o'ziga xos tovon tarzida amalga oshishiga 
misol. Bundan tashqari, mutaxassislar badiiy adabiyotning 
o'quvchini turmush tashvishlaridan chalg'itishi (masalan,
56


sarguzasht-detektiv asar mutolaasiga berilib tashvishlarini 
ma’lum muddat unutish) yoki ruhiy taskin berishini (masa­
lan, asarda tasvirlangan baxtsizga qarab «undan ko'ra 
yaxshiroq ahvoldaman-ku» tarzida o'ylash) ham kompen­
satorlik funksiyasining ko'rinishlari deb qaraydilar.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling