Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Bilish (evristik) funksiyasi


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Bilish (evristik) funksiyasi. Badiiy adabiyot borliqni 
obrazlar vositasida badiiy idrok qilish orqali bizning olam, 
odam, jamiyat haqidagi bilim va tasavvurlarimizni boyitadi. 
«Adabiyot - hayot darsligi» degan gap faqat chiroyli ta’rifgi- 
na erfias, uning zamirida katta haqiqat yotadi. Iste’dod bilan 
yozilgan asar ortida tegramizda yurgan insonlarning fe’l-at- 
vori, ularning ma’naviy-ruhiy evrilishlari sababi-yu voqela- 
nish yo‘sini, shaxslararo munosabatlaridagi chigalliklarning 
asl manshai, jamiyatdagi illatlar ildizlari-yu ularni bartaraf 
etish yo'llari... kabi tanish muammolarni teran mushoha- 
da etayotgan ijodkor turadi, uning olam-u odam haqidagi 
o ‘y - m u lo h a z a la ri 
beixtiyor o‘quvchiga ko'chadi. Shu bois 
badiiy asarlar mutolaasi davomida o‘quvchi inson qalbining 
chuqur puchmoqlariga kirib boradi, uning turfa fe’l-atvori bi­
lan tanishadi, kishilar orasidagi murakkab munosabatlarni 
kuzatadi, ularning tub sabablarini his qiladi. Badiiy adabiyot 
orqali o‘quvchi o'zga insonlar tajribasi bilan o'rtoqlashadi, 
shuning natijasi o‘laroq hayotga, insonlarga o‘zgacharoq 
yondasha boshlaydi, chuqurroq tafakkur qiladi, fikrlash 
doirasi kengayadi. Bu esa, agar inson umrining qisqaligi
uning umri davomida bevosita ko‘rish va his qilish imkoniyati 
cheklangani e’tiborga olinsa, juda katta ahamiyatga molikdir.
53


Zero, badiiy asarni o'qish davomida o'quvchi asar voqeligida 
yashaydi, asar qahramonlarining o'ylarini ongidan, hislarini 
qalbidan kechiradi. Ehtimolki, u o'zining butun hayoti davo­
mida o'sha tasawurdagi olamda ko‘rganidek taqdiriarga 
duch kelmas, unda tasvirlangandek holatlarga tushmas..., 
lekin boshqa olamda, boshqa odamlar orasida yashagani, 
ular ko'rganni ko'rgani, bilganni bilgani, his qilganni his qil- 
gani qolaveradi. Ya’ni badiiy adabiyot bamisoli hayot ichidagi 
yana bir hayot, inson qisqa umri davomida ko'proq ko'rishi, 
his qilishi, anglashi uchun berilgan qo‘shimcha imkoniyat
aytish mumkinki, qo'shimcha «umr»dir.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling