Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Badiiy-konseptual funksiya


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Badiiy-konseptual funksiya. Badiiy adabiyot hayotni
jamiyatning joriy holatini badiiy tahlil qilish orqali olam va 
odam haqida yaxlit badiiy hukm - badiiy konsepsiyani ish- 
lab chiqishga intiladi. Bu jihati bilan badiiy adabiyot falsafa- 
ga yaqinlashadi. Falsafadan farq qilaroq, olam va odam 
konsepsiyasini ishlab chiqishda badiiy adabiyot mantiq ka- 
tegoriyalariga emas, ma’no serqirraligi bilan xarakterlanuv- 
chi badiiy obrazlarga tayanadi. Jahon falsafiy tafakkuri 
Dante, Shekspir, Gyote, L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, T.Mann, 
A.Kamyu singari o'nlab ijodkorlar fikrlari bilan boyigani, 
o'z vaqtida ulardan turtki va quvvat olgani shubhasizdir. 
Biz o'zining ko'lamli falsafiy mushohadaga moyilligi bilan 
tanilgan va e’tirof etilgan ijodkorlardan ayrimlarinigina sa- 
nadik. Haqiqatda esa badiiy-konseptuallikka intilish iqtidor 
bilan yozilgan har qanday badiiy asarga xosdir. Xayyom 
ruboiylarini olasizmi yo hazrat Navoiy dostonlarini, A.Qo- 
diriy romanlari yo A.Qahhor hikoyalarini, O.Yoqubov nasri 
yo A.Oripov she’riyatinimi - barida hayot, olam va odam 
haqidagi g'oyat teran falsafiy o'y-mushohadalarga duch 
kelasiz, mualliflar mavjudlikning o'tkir masalalari yuzasi- 
dan chiqargan badiiy hukm-xulosalar bilan o'rtoqlashasiz. 
Deylik, «O'tkan kunlar»ni mutolaa qilarkan, unda tasvirlan- 
gan hayotiy holatlar mag'zida «erkin tug'ilgan inson erkin 
yashashga haqli», «shaxs erkin bo'lmagan jamiyat erkin
54


bo'lolmaydi», «inson qadri va sha’ni benihoya yuksak», 
«insonlik huquqi daxlsiz», «avval vujudingdagi mustabidni 
o‘ldir», «boshingga ne kelsa o‘zingdan», «har kimki jafo 
qiisa, jafo topqusidir» kabi qator fikrlami uqasizki, shular 
hammasi birikib adibning badiiy falsafasini tashkil qiladi.
Kommunikativ funksiya. Badiiy adabiyot shaxslararo, 
avlodlararo, millatlararo muloqotning amalga oshishi- 
ga xizmat qiladi. Badiiy asarni yaratish davomida ijodkor 
tasavvurdagi o'quvchi bilan muloqotga kirishsa, uni o'qish 
jarayonida o'quvchi ijodkor bilan muloqotga kirishadi. Mu­
loqot jarayonida keng kitobxonlar ommasiga badiiy infor- 
matsiya yetkaziladi, bu esa o‘quvchining bilim va tasav- 
vurlar doirasini kengaytiradi, uning informatsiyaga bo'lgan 
ehtiyojini qondiradi. Badiiy adabiyot vositasida amalga 
oshuvchi muloqot qarshisida davriy yoki hududiy chega- 
ralar mavjud emas: uning vositasida o'quvchi o'zidan bir 
necha asrlar ilgari yashagan shaxs bilan ham, o'zidan 
minglab chaqirim olisda yashovchi shaxs bilan ham mu­
loqot qila biladi. Shu ma’noda, ko'p mutolaa qilgan hozirgi 
kitobxon olis ajdodlarining turmushi, fikrlash tarzi, orzu-in- 
tilishlari bilan ham, olis dengiz ortidagi xalqning turmushi, 
fikrlash tarzi, orzu-intilishlari bilan ham yaqindan tanish -
ularning bari bilan muloqotda bo'lgan.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling