Dilnavoz Yusupova
ziddiyatli voqealar, asar qahramonlarining chuqur ruhiy iztiroblari tasviri
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
ziddiyatli voqealar, asar qahramonlarining chuqur ruhiy iztiroblari tasviri,
qahramonlar ruhiyatining tabiat tasviri bilan bog‘liq bayoni, qahramonlar hayrati aks etgan misralar, lirik chekinish paytida mazkur variatsiyaga murojaat qilingan. 11.7. «Sab’ayi sayyor» dostonining tuzilishi, hikoyatlar tahlili 227 Alisher Navoiy «Xamsa»sining to‗rtinchi dostoni «Sab‘ayi sayyor» deb atalib, 1484- yili yozib tugallangan. Asarning bosh qahramoni Bahrom bo‗lib, tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (420 – 438-yillarda podsholik qilgan) bilan bog‗liq. Bu hukmdor qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga nihoyatda o‗ch bo‗lganligi uchun xalq orasida Bahrom Go‗r (qulon) laqabi bilan shuhrat topgan. Sharq mamlakatlarida Mars (Mirrix) yulduzi Bahrom deb atalib, jang-u jadallar homiysi sifatida keladi. Bahrom timsoli dastlab forsiy adabiyotda Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»sida tasvirlangan. «Shohnoma»da Bahrom Go‗r haqidagi voqea dostonning faqat bir faslini tashkil etib, unda Bahromning tug‗ilishi, taxtga chiqishi, mamlakatni idora qilish tadbirlari, ov vaqtida o‗z kanizagi Ozoda bilan to‗qnashuviga doir voqealar tasvirlangan. «Shohnoma»dagi Bahrom Go‗r va uning kanizagi orasidagi bu to‗qnashuv lavhasi Nizomiy tomonidan qayta ishlanib, mashhur «Haft paykar» dostoni vujudga keladi. Nizomiy Bahromning kanizak bilan bog‗liq hikoyasini qoliplovchi hikoya qilib olib, unga 7 hikoyat kiritadi. Nizomiy asaridan 200 yil o‗tgach Xusrav Dehlaviy unga javob tarzida «Hasht behisht» dostonini yaratib, 7 hikoyatni hind eposidan oladi. Turkiy tilda birinchi bo‗lib bu mavzuni Alisher Navoiy qalamga oladi va o‗z dostonini «Sab‘ayi sayyor» deb ataydi. «Sab‘ayi sayyor» dostoni 38 bob, 5009 baytdan iborat, shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi. Doston muqaddimasi an‘anaviy hamd bilan boshlanadi. Navoiy Allohni olamning yaratuvchisi sifatida madh etar ekan, dostonning mazmuni taqozosi bilan birinchi bobdayoq yetti raqamiga alohida e‘tibor qaratib, iltizom (bir so‗zni biror parchaning barcha misra yoki baytlarida qo‗llab shu so‗zning muhimligini ta‘kidlash) badiiy san‘ati vositasida falakning yetti qavat ekanligi, yetti gumbazdan tashkil topgani, yer yuzi yetti iqlimga bo‗lingani, yetti ko‗k, yetti yulduz kabilar haqida fikr yuritadi. Dostonning 2-bobi munojot bo‗lib, bunda buyuk shoirning Yaratuvchiga murojaati, najot umidi, tavba va iltijolari o‗z ifodasini topgan: Qodiro, ul zaif-u osiymen Ki, boshimdin ayoq maosiymen. 228 3-bob Muhammad (s.a.v.) madhiga, 4-bob me‘roj tuni ta‘rifiga bag‗ishlanadi. 5-bob so‗z ta‘rifida. Navoiy bu bobda so‗zga yuksak baho berar ekan, shunday yozadi: So‘z kelib avval-u, jahon so‘ngra, Ne jahon, kavn ila makon so‘ngra... 6-bob ulug‗ salaflar – Nizomiy va Dehlaviy madhiga bag‗ishlangan. Shoir dastlab badiiy adabiyotdagi ikki adabiy tur, ya‘ni nazm va nasr ta‘rifiga to‗xtalib, ularni bir-biriga qiyoslaydi va nazmning nasrdan ustunligini isbotlar ekan, she‘riy asarlarda chiroyli, ta‘sirli ibora va badiiy san‘atlarni ko‗plab qo‗llash va injuni ipga tergandek misralar tizish mumkin, nasr esa sochib yuborilgan javohirdek go‗zallikdan mahrum deb yozadi. Shuningdek, nazm shakllari orasida masnaviyga alohida to‗xtalib, uni «vase‘ maydon» (keng maydon) deb ataydi: Masnaviykim, burun dedim oni, So‘zda keldi vase’ maydoni. Navoiy bu ikki xamsanavisni shatranj o‗yinidagi oq ot-u (Nizomiy) qora filga (Dehlaviy), o‗zini oddiy piyodaga nisbat beradi. Dostonning 7-bobi «hazrat shayxulislom mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy» madhiga bag‗ishlangan bo‗lib, Jomiyning bu sohalarda yaratgan asarlari devonlari va dostonlarining nomlarini keltiradi. 8-bob salaflarning nuqsonlari haqida bo‗lib, shoir bob sarlavhasida ustozlar asarlariga mulohaza bildirayotgani uchun uzr so‗raydi. Navoiy bu bobda doston yaratishdan oldin tush ko‗rganini, tushida 7 gumbaz, 7 gumbaz ichida 7 xil rangdagi mutasaddiyni ko‗rganini, shu yerda 7 kun yurib 7 afsona tinglaganini, bir mo‗ysafid unga avvalgi dostonlardagi qusurlarni tuzatishni so‗raganini, uyqudan uyg‗ongach muabbir (tush ta‘birchisi) aytgan dalillardan so‗ng doston yozishga kirishganini aytadi. Shundan 229 so‗ng o‗zigacha yozilgan Bahrom haqidagi dostonlarni sinchiklab o‗qib chiqqanini ta‘kidlab, ustozlarning hurmatini o‗z o‗rniga qo‗ygan holda ularga uchta e‘tiroz bildiradi: Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling