Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xrista Aleksandri
She’rlaridan namunalar
She’riyat, mazlumga homiylik qilding, Qaroli bo‘lmading zo‘ravonlarning. Olding panohingga notavonlarni, Zolimlarni esa dushman deb bilding. Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da, O‘lib qolganmishman tushda nogahon. Ko‘ksimda qo‘rg‘oshin, quyosh tig‘ida Tog‘lar orasida yotibman bejon. («Ona tilimga») Nega yig‘layapsan, ayt, qo‘zichog‘im, Nima bo‘ldi? Yomon tush ko‘rdingmi yo? Otang bor, onang bor – suyangan tog‘ing, Boshingda girgitton tevarak dunyo. ...Bola yig‘isida ma’no bor ekan, Tinglasam, shunday der u mitti yurak: «Siz ko‘rgan azob-ku o‘tmishda qolgan, Men uni ertaga tortishim kerak!» («Kenja nevaram Shahrizodga») Nodar Dumbadze (1928 – 1984) Nodar Vladimirovich Dumbadze 1928-yilning 14-iyulida Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tug‗ilgan. Ijodiy faoliyati 459 I. Hikoyalari «Hellados» Asar syujeti. Onasi o‗lib yetim qolgan 13 yoshli Jamolni suxumilik xolasi asrab oladi. Suxumiga kelgan Jamol skripka chalishga qatnaydi, ammo ustozining akvariumdagi baliqlarini boqaman deb o‗ldirib qo‗ygach, uning bu ta‘limi nihoya topadi. Uyga qaytayotganda Venetsian ko‗chasida, Chalbash daryosi bo‗yida yashaydigan 14 yoshli Yanguli bilan uchrashadi. Shu tariqa ular orasida to‗qnashuv boshlanadi. Jamol zo‗ravon Yanguliga bo‗yin egmaydi, Yanguli Jamolning mardligi va jasurligini, qolaversa, onasi yo‗qligini bilgach do‗stlashadi. Yangulining otasi Xrista Aleksandri o‗z yurti Ellada – Gretsiyaga qaytishni xohlaydi, ammo Yanguli Suxumidan – tug‗ilib o‗sgan maskanidan ketishni istamaydi. Otasi uni majburlab olib ketadi. Uch kundan keyin ular chiqqan kemaning halokatga uchragani ma‘lum bo‗ladi, dengiz to‗lqinlari Yangulining jasadini Suxumiga olib kelib tashlaydi. Uning murdasini faqatgina Jamol taniydi: chunki Yangulining ko‗ksida «Hellados» – Ellada yozuvi yozilgan edi. Xulosa. Yanguli hech qayerda o‗qimagan, onasidan go‗dakligidayoq yetim qolgan, otasi bo‗lsa uzzukun tirikchilik tashvishlari bilan band. Bir qaraganda u ko‗cha bolasi. «O‗tganning o‗rog‗ini, ketganning ketmonini olish» uning kasbiga aylanib qolgandek. Yanguli garchi maktab – ustoz ko‗rmagan, ota-ona mehridan to‗la bahramand bo‗lolmagan esa-da, uning tabiatan nozik ko‗ngli, mushohadaga moyil aql-u farosati bor. Jamol Yangulining onasi yo‗qligini bilardi, biroq Kokaning qistovi bilan (qolaversa, bolaligiga borib) uni onasini qo‗shib so‗kishdan o‗zini tutib turolmaydi. Yanguli esa Jamolning onasi o‗lganini eshitiboq o‗z raqibini quchoqlab, undan uzr so‗rashga chog‗lanadi. Yanguli otasining zo‗rligi bilan Vatanini tark etyapti-yu, shu og‗ir holatda ham Jamolning ko‗nglini ko‗tarishni o‗ylaydi: «Jamol, ego agapo imana su! Jamol, oyingni yaxshi ko‗raman!» o Jamol nazarida, Yangulining o‗z to‗dasi oldida so‗zlagan «tarixiy nutqi» maynavozchilikdan boshqa narsa emas. Lekin Yangulining birorta gapi yo‗liga aytilgan emas. U chindan-da o‗zi va to‗dasidagi bolalarni vatanning «hur 460 farzandlari» deb biladi. U rostdan ham Gruziya yerini, dengizini, jamiki daryolarini, oltin-kumushlari-yu o‗tloqlarini o‗ziniki deb hisoblaydi. o Yanguli fojiasida uning otasini ayblashga ham shoshilmaslik kerak. Otani ham tushunish lozim. U ham o‗z Vatanini Yangulidan kam sevmaydi. Faqat uning vatani boshqa – Gretsiya – Ellada! Uni chindan ham o‗zi voyaga yetgan yurtda ajdodlar ruhi chaqirmoqda. U ham bolalikdagi do‗stlariga, xotiralariga, ilk muhabbatiga guvoh bo‗lgan go‗shalarga talpinadi. Uning ham bu sog‗inch-u talpinishlarga haqqi bor. o Hikoyachi Jamol garchi hali yosh, o‗yinqaroq bolaligi o‗tib ketmagan bo‗lsa-da, o‗ziga xos xarakterga ega obrazdir. Uning o‗rnida boshqa bola bo‗lganida, balki, Yangulidan ikki marta kaltak yeganidan keyin bu to‗daga bo‗ysunib ketardi. Jamol bu «to‗da»ga bo‗sh kelishni xohlamadi. Uning shu qat‘iyligi, jasurligi, o‗zini xor qildirib qo‗ymasligi oxir-oqibatda «dushmanlari»ning do‗st bo‗lishiga, Yangulidek «zo‗ravon» e‘tirofini qozonishiga olib keladi. o Asarda Jamolni asrab olgan Nina xola unchalik ko‗p ishtirok etmaydi. Biroq bu zahmatkash ayolning kuyunib gapirishlari, asablari ancha tarang tortib qolganidan seziladiki, uning boshidan ham anchagina issiq-sovuqlar o‗tgan. Jamolning do‗sti Koka, Yanguli to‗dasining bir qancha a‘zolari obrazi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Bularning bari «Hellados» hikoyasida qator betakror inson xarakterlari yaratilganidan yaqqol darak beradi. «Qishloq bolalari» (1958-yili chop etilgan ilk hikoyalar to‗plami) Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling