Dilora ne’matova mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar: ilk natijalar va muammolar


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana27.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1727810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
mustaqil ish

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ushbu mavzu bir nechta nomzodlik
magistrlik, bir nechta bitiruv malakaviy ishlar tayyorlangan va himoya qilingan va 
qilinmoqda. Ammo, ta‘lim sohasining aynan Navoiy viloyati misolida alohida 
tadqiqot ob‘ekti sifatida o‘rganilmagan. 
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Dissertatsiyaning asosiy maqsadi 
mustaqillik yillarida ta‘lim tizimidagi islohotlarni Navoiy viloyati misolida 
o‘rganish va istiqlolgacha bo‘lgan davr bilan qiyosiy tahlil etishdan iboratdir. 
Ushbu masaladan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi: 
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning ta‘lim sohasini isloh
qilish to‘g‘risidagi fikr va g‘oyalarini o‘rganish va yosh avlod ongiga singdirish; 
- CHor Rossiyasi va sovetlar hukmronligi yillarida ta‘lim tizimi va islohotlar 
mohiyatini ochib berish; 
- O‘zbekiston mustaqilligi arafasida ta‘lim muammolari masalalarini tahlil 
qilish; 
- Mutaqillik yillarida ta‘lim va tarbiya sohasidagi islohotlarning mexanizmi va 
istiqbolini o‘rganish; 
- ta‘lim to‘g‘risidagi huquqiy va me‘yoriy hujjatlarning tahil qilish va 
mohiyatini hayotga tadbiq etish; 
- ta‘lim tizimidagi islohotlarda mavjud muammolarni ilmiy jihatdan o‘rganish 
va tahil qilish natijasida olingan xulosalardan kelib chiqib, ilmiy hamda amaliy 
taklif hamda tavsiyalar berish. 
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. O‘zbekistonning istiqlolgacha bo‘lgan va 
istiqlol yillarida ta‘lim tizimidagi islohotlarnining natija va muammolarini Navoiy 
viloyati misolida o‘rganish tadqiqot ob‘ekti sifatida olingan. 


Ta‘lim tizimining tarbiya bilan bog‘liqligi va islohotlarning huquqiy-me‘yoriy 
jihatlarini ilmiylik, xolislik, tarixiylik jihatdan izchil o‘rganish va tahlil qilish 
tadqiqot predmeti qilib olindi. 
Dissertatsiyaning nazariy va uslubiy asoslari. Milliy istiqlol mafkurasining 
asosiy nazariy qoidalari hamda uning ustuvor tamoyillari, ilmiy bilishning xolislik, 
tarixiylik, tizimlilik prinsiplari dissertatsiyaning nazariy-uslubiy asosini tashkil 
etadi. 
Tadqiqotni 
tayyorlashda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
I.A.Karimovning asarlari, ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun, ―Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi‖, O‘zbekistonning yangi tarixini yaratishdagi metodologik, ilmiy-nazariy 
va mafkuraviy ahamiyatga molik g‘oyalari muhim konseptual-metodologik 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling