Dilora ne’matova mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar: ilk natijalar va muammolar


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana27.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1727810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
mustaqil ish

Mavzuning dolzarbligi. Jahon tarixiy tajribasining guvohlik berishicha 
birorta ham xalq va millat ta‘lim tarbiyaga e‘tiborsiz taraqqiyotga erisha olmagan. 
Bugungi kunda ma‘naviyatga, ta‘lim – tarbiyaga, milliy kadrlar tayyorlashga 
birinchi darajali ahamiyat bermaydigan jamiyat, davlat, xalq va millat ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy muammolarni bartaraf etolmaydi. Xalqi ma‘naviy, ma‘rifiy 
jihatdan yetuk bo‘lmagan mamlakat tabiiy - iqtisodiy boyliklariga behisob, harbiy 
jixatdan qudratli bo‘lgan taqdirda ham buyuk davlat bo‘la olmaydi. 
El – yurtiga, Vataniga sadoqatli, iymon – e‘tiqodli, mard va jasur, malakasi 
yetuk, ma‘naviyati yuksak insonlar, barkamol avlod har qaysi davlatning qudratli 
salohiyat manbasidir. Ana shunday noyob hislat va fazilatlarga ega bo‘lgan 
insonlarni, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazgan xalq, albatta kelajakka 
ochiq ko‘z, katta ishonch, umid va ixlos bilan qaray oladi. Ko‘rinib turganidek, 
mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti taqdirini ham ma‘naviy jihatdan yetuk insonlar 
hal qiladi. 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ta‘lim sohasidagi o‘zgarishlari 
jamiyatimiz xayotining barcha soxalaridagi kabi istiqlol yillarida olamshumul 
axamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar amalga oshirildi.. YOsh mustaqil 
davlatimizning kelajak taraqqiyoti albatta uning intelktual saloxiyatli va ma‘naviy 
yetuk yoshlariga bog‘liq.Ushbu xolat mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq 
xukumatimiz va prezidentimizning doimiy e‘tiboridagi masala bo‘lib kelmoqda.
Prezidentimiz I.Karimov ―YUksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖ asarida: 
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydibu 
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”
1
, - deb ta‘kidlaydi. 
Mamlakatimizda buyuk kelajak qurishda ta‘lim – tarbiya soxasiga aloxida 
e‘tibor qaratilmoqda. Uning natijasida O‘zbekistonda ta‘lim soxasida jahon 
andozasidagi kadrlarni yetishtirib berishga qaratilgan ta‘lim tizimi ishlab chiqilib 
xayotga joriy qilindi.Bunda ―Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonun‖ va ―Kadrlar tayyorlash 
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б.62 


milliy dasturi‖ning eslashni o‘zi kifoyadir. Mamlaktimiz xayoti uchun muxim 
bo‘lgan mazkur dasturlarni qabul qilinishi xozirgi kunda ta‘lim – tarbiya soxasida 
erishgan yutuqlarmiz uchun asos bo‘ldi. Endilikdagi vazifa O‘zbekiston ta‘limi 
sohasidagi islohotlarga asos bo‘lgan me‘yoriy hujjatlarning mohiyatini anglash
ta‘limning istiqlol yillari va istiqlolgacha bo‘lgan davrdagi holatini tavirlash hamda 
tahlil qilish masalalari mavzuning dolzzarbligidan dalolat beradi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling