Dilshod Mirzayev Murojaat: (97) 135 36 37
Asosiy Ona tili va adabiyot
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
15.10.2022 DTM online Javobsiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dilshod Mirzayev Murojaat: (97) 135 36 37
Asosiy Ona tili va adabiyot
11. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasidagi so’z imlosida xatolik kuzatiladi? A) Yangi uy bilan mukofatlanganlar quvonchi cheksiz. B) yaxshilik va farovonlikning ildizi ilm bilan rivojlanadi. C) Yot illaylarni jamiyatimizdan tak-tugi bilan sug’urib tashlaymiz. D) Do’stim, ta’magirlik har qanday insonni qabohat sari yetaklaydi. 12. Qaysi gapdagi undalma tarkibida 4 ta til oldi jarangli undosh qatnashgan? A) Yosh do‘stim, o‘qituvchi ham xuddi onadek mehribon, ulug‘. B) Botir bo‘ling, bolalarim, dushmanga aslo bo‘yin egmang. C) Ey farzand, qancha notiq bo‘lsang ham, o‘zingni bilganlardan pastroq tutgil. D) O, gul bahor, sen ochil, sochil, madh etayin men yoza-yoza. 13. Qaysi javobda ergash gap qismida imloviy jihatdan xato yozilgan ega qatnashgan? A) Agar do‘stingga tushgan xafv seni ham tahlikaga solmasa, sen chinakam do‘st emassan. B) Podshox asirni afv etibdi, bu esa uning vaziriga yoqmabdi. C) Bu savollardan shu ma’lum bo‘ldiki, aybnoma uydurma emas ekan. D) Kimki astoydil harakat qilsa, muvafaqiyat uni, albatta, topib keladi. 14. Qaysi javobda ot turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan? Dilshod Mirzayev Murojaat: (97) 135 36 37 A) yod В) xam C) bob D) ahil 15. Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashmagan? A) Chiroyli, do‘mboq bola eshik oldida yotsirab turardi. B) Mahalladagi o‘rtoqlarim bilan bolalikdagi sho‘xliklarimizni eslab maza qildik. C) Faqat bir tilim handalak yedi-yu, issiq-issiq choy ichdi. D) Inson sog‘ligi hamma narsadan qimmat turadi. 16. Bilimli kishi zarur gapni so'zlaydi, keraksizini aslo gapirmaydi. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Yasama so‘zlar 2 o‘rinda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan. B) Yasama so‘zning yasama so‘zga boglanishi kuzatiladi. C) Yasama so‘zlar 2 o‘rinda kesim vazifasida kelgan. D) Yasama so‘zning aniqlovchi vazifasida kelishi kuzatiladi. 17. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan? A) yugurib, harsillab, shoshib B) arang, mardlarcha, jim C) dir-dir, kuyinib, yumshoq D) olg‘a, qiynalib, ko‘p 18. Qaysi qatorda ravish qo‘llanmagan? A) Bir yil avval o‘g‘lining og‘zidan birdan shu gap chiqib ketdi. B) O‘sha voqeadan so‘ng biz ahil, ajralmas do‘stlar bo‘lib qoldik. C) Xabar etgach, kampir darrov kalishini kiyib yo‘lga otlandi. D) Toshmurod haqiqatan ham anchagacha o‘zini ko‘rsatmadi. 19. Qaysi gapda maqsad ravishdoshi qatnashgan? A) Xola, ukam qani, olib ketgani keldim. B) Tong otgach, yo‘lga tushdik. C) Bo‘ladigan savdoning tezroq bo‘lgani yaxshi. D) Har kimning o‘qigani o‘ziga foyda. 20. Bostirib kelayotgan qo‘shinni to‘xtatish, mag‘lubiyatni zafarga aylantirish va mamlakatni qutqarib qolish uchun goho o‘rnida aytilgan birgina so‘z ham kifoya bo‘lgan. Ushbu gapda majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan aniqlovchi qaysi gap bo‘lagini aniqlab kelgan? A) to‘ldiruvchini B) egani C) aniqlovchini D) kesimni 21. Tiniq osmon o’zining bor go’zalligi va malohatini cheksiz balandliklardan ulug’vorlik bilan bizga ko’z-ko’z qilib turar edi. Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so’zlar sonini aniqlang. A) 6 B) 5 C) 4 D) 3 22. Hayot go‘zal, hayot maroqli, Shuning uchun erka ko‘ngil shod. Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Otdan yasalgan sifat ishtirok etgan. B) Faqat oddiy darajadagi sifatlar ishtirok etgan. C) Egani aniqlab kelgan nisbiy sifat ishtirok etgan. D) Tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan. 23. Tarkibida ham vazifadosh ko‘makchi, ham sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang. A) Hasharchilar tushlikdan keyin yana dalaga qarab yo‘l oldilar. B) Majlis boshlanishidan avval ma’ruzasini yana bir bor diqqat bilan o‘qidi. C) Ustoz bir necha soniyalik sukutdan so‘ng do‘sti tomon yuzlanib gap boshladi. D) Axir baliq ham suvga intiladi, ko‘kat yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi. 24. Qaysi gapda hokim qismi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan to‘ldiruvchili birikma qatnashgan? A) Ko‘p o‘ylaydigan odam iloji boricha kam so‘z ishlatib, ko‘proq fikr berishga intilib gapiradi. B) Tilning sofligi, ma’no aniqligi, o‘tkirligi uchun kurash - madaniyat quroli uchun kurashdir. C) O‘rnida aytilgan ezgu fikr dunyoni harakatlantiruvchi kuchdir. D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasi ekanligi shubhasizdir. 25. Qaysi javobdagi tasviriy ifodaning izohi to‘g‘ri emas? A) oq oltin - pilla B) charm qo‘lqop ustalari - bokschilar C) yaylov bahodirlari - cho‘ponlar D) hayvonlar podshosi – sher 26. Quyida berilganlardan qaysilari shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan asosdan yasalgan shakldosh yasama so‘zlar sanaladi? 1) bo‘sha; 2) oqish; 3) yozmoq; 4) toza; 5) kechik; 6) chopmoq. A) 1, 2, 5 B) 1, 5 C) 3, 4, 6 D) 2, 3, 4, 5 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling