Dilshod Mirzayev Murojaat: (97) 135 36 37
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
15.10.2022 DTM online Javobsiz
Dilshod Mirzayev
Murojaat: (97) 135 36 37 17. Quyidagi so’zlarning qaysi birining izohi to’g’ri berilmagan? A) istiloh- bosib olish, zabt etish B) ko’lanka-soya C) javraqi- yoqimsiz gaplarni ko’p gapiradigan D) intiqom- qasos, o’ch 28. Nuqtalar o’rniga jarangsiz, chuqur til orqa undoshi yoziladigan ot so’z turkumiga mansub so’zlar qatorini belgilang. A) tannar…, ..iyobon B) ..aridor, ..ovuz C) ..ovur, …ovuz D) muta..ssis, fa..riy 29. Qaysi gap tarkibida sodda yasama so’zlardan faqat yasama fe’lning qatnashishi kuzatiladi? A) Ko’m-ko’k osmonda suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovullardi. B) Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o’xshar, buning ham to’rtdan birini ayvon egallagan edi. C) Usta qarigina, burni cho’tirroq, juda so’zamol, mahmadona kishi. D) Chollar kulgidan qotib qoldilar, ularning burushgan yuzlari ruhlanib, ko’zlarini kulgi namladi. 30. Qaysi qatorda takroriy sifat hol vazifasini bajarib kelgan? A) Oyi-i-i!!! U boshidan hushini uchib borayotganini elas-elas his qilib o’ziini yerga otdi. B) Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go’shtlardan kabob pishiryapti. C) Ko’ngliga tugib qo’ygan gaplarni qisqa-qisqa aytdi-yu, o’sha zahoti chiqib ketdi. D) Shoxlar qurib, ulardan yakkam-dukkam yaproqlargina qolardi. 31. Uning metinday tanasiga chinorlar ham havas qilishida, bu yigit alpday tik turganida quyoshni ham o’zining zabardast gavdasi bilan to’sib qo’ya olishida, butun vujudida kuch va g’ayrat olovday lovullab turishida, so’zi va qarashlarida, qilayotgan mehnatida keskir qilichday irodaning kuchi yaqqol sezilib turishida. Shoir o’z qahramoniga bergan barcha ta’riflarini jamlab, uni Sharqning buyuk afsonaviy qahramoni «Rustam kabi zo’r edi», – deydi. Ushbu ma‟lumot qaysi qahramon haqida? A) Baxtiyor ( Oygul bilan Baxtiyor ) B) Gans ( Botir tikuvchi ) C) Kenja Botir ( Uch og’a-ini botirlar ) D) Qosim cho’loq ( Fonarchi ota ) 32. Darhaqiqat, shoirning yuragi sof tuyg’ulardan oziqlanadi. Ushbu gap haqidagi xato hukmni aniqlang. A) gapda faqat ochiq bo’g’indan iborat fonetik hodisaga uchragan so’z qatnashgan. B) gapda faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan bir bo’g’inli so’z qatnashgan. C) harf birikmasi qatnashgan so’z faqat yopiq bo’g’indan iborat. D) vergul bilan ajratilgan so’zning ochiq va yopiq bo’g’inlarining miqdori bir xil hisoblanadi. 33. Qaysi javobdagi gapda fonetik hodisaga uchragan qator undoshli so’z qatnashgan? A) Ba’zan qurbaqalarning qurullashi quloqqa chalinardi, ba’zan itning akillashi eshitilardi. B) Insonning haqiqiy qadr-qimmati shundaki, uni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo’ladilar. C) U beg’ubor yaylov havosida ulg’aygan kamgap va qaysargina bir bola edi. D) Qo’llarining keskin harakati bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling